Masofadan o'qitish nima?


Download 89 Kb.
bet1/2
Sana02.03.2023
Hajmi89 Kb.
#1243452
  1   2
Bog'liq
masofaviy oqitish


Masofadan o'qitish nima?
Masofadan o'qitish bu Internet tarmog'i orqali sizga qulay bo'lgan vaqtda o'qishdir. Masofadan o'qitishning tarkibiy belgilari: o'qituvchi, o'quvchi, kommunikatsiyadir

Masofadan o'qitish uslubiy materiallari quyidagilardir:
- Darslik
- Audio va video darsliklar
- On-line darslar (Internet sahifa)
- Elektron kutubxonalar
- Testlar
- Multimedia - elektron darsliklar.
Hozirgi kunda respublikamizda ham masofadan o'qitish uslubiy materiallari ayrim fanlarni o'qitishda foydalanilmoqda va yaxshi natijalar bermoqda. Elektron kutubxonalar, elektron darsliklar, on-layn darsliklar rasmga kirmoqda. Misol sifatida quyidagi darslik bilan tanishib chiqishingiz mumkin.
Bu "Zamonaviy informatsion texnologiyalar" kursi bo'lib, u bilan Internet orqali tanishib chiqish mumkin.
Multimedia darslik o'zida ko'pgina ma'lumotlarni mujassamlash bilan birga, bu ma'lumotlarni ekranda namoyish etadi, hamda ovoz yordamida izohlaydi. Multimedia darslikning hususiyati u voqea va ma'lumotlarni yaqqol aks ettiradi. Ya'ni multimedia voqea va ma'lumotlarni hayotiylashtiradi. Bu matn, videotasvir, multiplikatsiya, ovoz va musiqa yordamida amalga oshiriladi.
Masofadan o'qitishda virtual kutubxonalar, sputnik orqali videokonferensiyalar, darslar, Internet yordamida muloqot va informatsiya olish imkoniyatlari paydo bo'ldi. Bu esa o'quvchi uchun maxsus o'qish doirasini berdi. O'quvchining fanni o'zlashtirish tezligi va sifati keskin yaxshilandi.
Masofadan o'qitish qanday amalga oshiriladi. Dunyoda ko'pgina universitetlarda va o'quv markazlarida bu usul mavjud. Kerakli manzilni Internetdan topishingiz mumkin.
Manzilga kirib bu o'qish talabasi bo'lish uchun maxsus shaklni to'ldirishingiz zarur. Odatda avval kursning va o'qish tartibi tavsifi bilan tanishib chiqish mumkin. Keyin shakldagi satrlarni to'ldirib, kredit kartochkangiz raqamini kiritishingiz zarur.
Kursga kirish tartibi turlicha, bu mutaxassislarga bog'liq.
O'qish tartibi quyidagicha: o'qituvchi kurs bilan tanishtiradi va topshiriqlar beradi. Siz ko'rsatilgan manbalar bilan ishlab topshiriqlarni bajarasiz va o'qituvchiga yuborasiz. O'qituvchi uni tekshirib, javobni sizga qaytaradi. Zarur holda ko'rsatmalar beradi. Shu tartibda kurs mavzulari o'rganilib chiqiladi. Muzokara asosan elektron pochta orqali amalga oshiriladi. Telefon tarmog'idan ham ba'zan foydalaniladi. Bosma o'quv materiallari pochta orqali yuboriladi. O'qish jarayonida talaba darsliklardan, elektron forumlardan, videokonferensiyalardan foydalanadi.
Bunda o'qish individual shaklda olib boriladi va o'qituvchi o'quvchining qobiliyati va hususiyatlarini hisobga olgan holda o'qitadi. Bu individuallik o'quvchida qiziqish uyg'otadi va uni o'qishda aktivlikka rag'batlantiradi.
Ta'lim tizimining asosini yuqori sifatli va yuqori texnologiyali muhit tashkil etadi. Uning yaratilishi va rivojlanishi texnik jihatdan murakkab sanalsada, ammo bunday muhit ta'lim tizimini takomillashtirishga, ta'limda axborot texnologiyalarini tub ma'noda joriy etishga xizmat qiladi.
O`zbekiston Respublikasi pedagogika ta'lim muassasalarining yagona axborot makoni ta'lim jarayoni qatnashchilarini samarali o`zaro aloqasini ta'minlovchi, turli axborot resurslariga kirish imkoniyatini beruvchi, axborot va zamonaviy ta'lim texnologiyalarini rivojlantirishuvchi sifatida axborot-ta'lim sharoitlarining ochiq tizimini yaratadi.
An'anaviy va elektron shakldagi o`quv materiallari yagona ta'lim muhitining tarkibiy qismi sifatida bir-birlarini to`ldirishlari muhim sanaladi. Yangi axborot texnologiyalarining imkoniyatlaridan foydalanish ayrim pedagogik muammolarni yechishdagi muammolarni bartaraf etishga xizmat qiladi.
Yagona axborot makonini pedagogik ta'lim muhitining birligini pedagogik ta'lim sifatini, uning rivojlanishini, ilmiy-pedagogik salohiyatdan samarali foydalanishni tashkil etish sharoitini yaratuvchi sifatida qarash mumkin.
Yagona axborot portalning yaratilishi kelajakda quyidagi ijobiy natijalarga olib kelishi maqsad qilingan:
 Respublika pedagogika ta'lim muassasalarining yagona axborot muhiti yaratiladi;
 yagona kutubxona muxitini shakllantiradi (elekron kutubxonani yaratilishi, elektron darsliklar va noan'anaviy axborot tashuvchilar fondining shakllanishi, yagona ma'lumotlar bazasini yaratilishi v h.);
 pedagogik ta'lim soxasida yagona telekommunikatsiya tarmog`i muhiti shakllantiriladi;
 yangi axborot-ta'lim muhitini shakllantiradi, ta'limda axborot va kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning ijtimoiy-psixologik asoslarini yaratadi;
 yangi axborot madaniyatiga ega pedagogik kadrlarini shakllantirish orqali pedagogik ta'lim sifatini oshiradi;
 yangi ta'lim texnologiyalarining ilmiy va metodik ta'minoti tizimini yaratadi;
 ta'lim axborotlariga, axborot resurslariga ommaviy tashrifni ta'minlashi, hujjatlarni uzatish, hisobga olish mexanizmini tizimlashtirishi, respublikada pedagogik ta'limning holati bo`yicha axborotlarni jamoatchilik uchun ochiqligini amalga oshiriladi;
 masofaviy ta'lim tizimi rivojlantiriladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, pedagogika ta'lim muassasalarining yagona axborot makonini joriy etilishi pedagogik ta'limning sifatini va axborot ta'minotini rivojlanishiga yaxshi sharoit yaratadi. Hozirda portalda pedagogika ta'lim yo`nalishlari bo`yicha davlat ta'lim standartlari, o`quv rejalari, o`quv dasturlari, darsliklar, o`quv qo`llanmalar, ma'ruzalar matnlari, nomzodlik, doktorlik dissertatsiyalari, avtoreferatlar, "Pedagogik ta'lim" jurnalining elektron versiyalari joylashtirilgan elektron kutubxona va masofaviy kurslar va testlar, elektron konferentsiyalar, har bir pedagogik OTM haqida ma'lumotlar va pedagogika OTMlari bitiruvchilari, pedagogika sohasidagi yangiliklar haqidagi ma'lumotlar joylashtirildi.

Download 89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling