Tuproqni epidemiologik ahmiyati va uni gigiyenik baholash


Download 22.04 Kb.
bet1/2
Sana02.05.2023
Hajmi22.04 Kb.
#1423289
  1   2
Bog'liq
Shodiya 13- mavzu (4)


TUPROQNI EPIDEMIOLOGIK AHMIYATI VA UNI GIGIYENIK BAHOLASH
Reja:
I.Kirish.
Tuproqning mexanik tarkibi.
II.Asosiy qism:
1.Tuproqning epidemiologik ahamiyati
2.Tuproqni gigiyenik baholash
III.Xulosa
IV.Adabiyotlar ro’yxati

Kirish.
Tuproq tashqi muhitning eng muhim elementlaridan biri bo’lib, inson organizmida, insonning hayoti va mehnat faoliyatida u muhim o’rinni egallaydi. Tuproq murakkab ko’rinishdagi mineral va organik moddalar majmuasidan tashkil topgan bo’lib, o’z tarkibida juda ko’p miqdorda mikroorganizmlarni tutishi mumkin. U er qobig’ining yuqori qatlami hisoblanib, tabiatda sodir bo’lib turadigan bir qator jarayonlar ta‘sirida hosil bo’lib turadi. Tuproqning mineral komponentlari tabiatdagi fizikaviy omillar ta‘sirida er qobig’ining qattiq qatlamlarining emirilishi va maydalanishidan hosil bo’ladi. Organik tarkibi esa, o’simlik va hayvonot dunyosining olishi va chirishi tufayli yuzaga keladi. Tuproq tarkibida juda katta miqdorlarda turli xildagi mikroorganizmlar bo’ladi va ular tuproqning hosil bo’lishida faol ishtirok etadi, tuproq tarkibiga kiruvchi mineral va organik moddalarning chirishi parchalanishida ishtirok etadi. Tarkibida mineral va organik moddalarning miqdori zarrachalarning katta-kichikligiga qarab, quyidagi tuproq turlarini ajratish mumkin: loy, loyli, qumli, qumloq, qora tuproq turlari. Inson tuproq muhiti bilan bevosita aloqada bo’lmaydi, ammo bilvosita aloqasi muntazam ravishda kuzatilib turadi. Inson faoliyatidagi aloqa havo muhiti, suv muhiti va oziq-ovqat mahsulotlari bilan bo’ladigan aloqasi orqali kuzatiladi.
Inson faoliyatidagi tuproq bilan bo’ladigan bilvosita aloqasini turar-joy binolari va boshqa inshootlarni qurish, aholi yashash-joylarini obodonlashtirish, ularni sanitar nuqtayi-nazardan chiqindilardan tozalash, qishloq xo’jaligidagi mehnat jarayonlari orqali ko’rinishi mumkin. Shuning uchun odam organizmi, qanday tuproq, uning xususiyatlari va xossalariga qarab turli ta‘sirlarga uchrashi mumkin. Tuproqning ayrim muhim xususiyatlarini ko’rib chiqamiz, chunki bu xususiyatlar muhim gigienik ahamiyatga egadir.

Download 22.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling