University of Digital Economics and Agrotechnology • Tashkent, Uzbekistan
Raqamli Iqtisodiyot va Agrotexnologiyalar Universiteti • Toshkent, O’zbekiston
Qarorlar qabul qilishda miqdoriy usullar
2022/2023 o’quv yili, 1-Semestr, 6 kredit, 48 kontakt soat, 72 mustaqil ta’lim soatlari
Kontakt ma’lumotlar Email: a.khudaynazarov@udea.uz Dushanba va seshanba kunlari soat 12.00 dan 15.00 gacha maslahatga kelish mumkin. Kursning qisqacha tavsifi
Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti eng avvalo boshqaruv sohasi rivojlanishi, uning zamonaviy usullarining ishlab chiqarishga izchil tatbiq etilishi bilan bogʼliq. Boshqaruv sohasining rivojlanishi esa qarorlar qabul qilishda zamonaviy miqdoriy usullardan foydalanish ko’lamidan bog’liq. Qarorlar qabul qilishning uslubiy asoslari mavjud boʼlib, bu fan sifatida “Qarorlar qabul qilishda miqdoriy usullar” deb ataladi. Bu fan barcha fanlar, shu jumladan, iqtisodiy fanlar sohasida ilmiy izlanishlar olib borishni oʼz oldiga maqsad qilib qoʼygan iqtisodchi mutaxassislarni ilmiy tadqiqotlar olib borishga tayyorlash, taʼlim olish va kasb egallashlari uchun zaruriy bilimlar beradi. Mazkur oʼquv kursida ilmiy tadqiqotning miqdoriy masalalari bilan bir qatorda iqtisodiyot va bank-moliya sohasidagi boshqaruv qarorlarini qabul qilish miqdiriy usullariga alohida eʼtibor beriladi.
Ushbu modulni tugatgandan soʼng talabalar quyidagi bilimlarga ega boʼlishadi: - iqtisodiy munosabatlarni tadqiq etish uslubiyoti va modellarini chuqur bilish, tadqiqot natijalarini umumlashtirish asosida ilmiy xulosalarni shakllantira olish kabi bilimga ega boʼlish; - ijtimoiy-iqtisodiy tadqiqotlar oʼtkazish, iqtisodiy muammolarni tahlil qilish asosida ularni bartaraf etish yuzasidan ilmiy yechimlar, xulosa va takliflarni shakllantirish, iqtisodiy-statistik tahlillar oʼtkazish koʼnikmalariga ega boʼlish;
Do'stlaringiz bilan baham: |