Kontakt ma’lumotlar Ma’ruzachi: I f. d. Ashurali Xudoynazarov


Download 79.18 Kb.
bet5/5
Sana27.03.2023
Hajmi79.18 Kb.
#1300775
1   2   3   4   5
Bog'liq
decision making - udea syllabus -uzb- f 81078 s ntb

Akademik qoidalar


Agar siz bakalavriat darajasi talabasi bo’lsangiz quyidagi havola orqali www.udea.uz universitetning tartib qoidalari bilan tanishib chiqishingiz mumkin.
Agar siz magistratura darajasi talabasi bo’lsangiz quyidagi havola orqali www.udea.uz universitetning tartib qoidalari bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

Akademik halollik qoidalari


Raqamli Iqtisodiyot va Agrotexnologiyalar universiteti akademik mukammallikka intiladi. Biz akademik va intellektual nopoklikning barcha shakllarini, shu jumladan aldash, plagiat va akademik nopoklikning boshqa barcha shakllarini rad etish orqali akademik tozalik va halollikni saqlashga intilamiz.
Universitetda akademik nopoklik qabul qilinmaydi va bunday holatlar aniqlanganda intizomiy javobgarlikka tortilinadi. Talabalar o'qituvchilar bilan qayta izohlash, iqtibos keltirish va iqtiboslarni formatlash bo'yicha konsultasiyalarni o’tkazish tavsiya etiladi. Universitet o'qituvchilar va talabalarga o'quv jarayonlarida yordam berish maqsadida Turnitin.com kabi elektron ma'lumotlar bazalaridan foydalanish huquqini o'zida saqlab qoladi.
Akademik tartib qoidalarni quyidagi havolada topishingiz mumkin: www.udea.uz

Etika qoidalari


Raqamli Iqtisodiyot va Agrotexnologiyalar universitetining etika qoidalari bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin: www.udea.uz

Muhim akademik resurslar


Talabalar Universitet Axborot-resurs markazi kutubxonasidagi Akademik resurlardan foydalanishlari mumkin. Elektron resurslardan esa quyidagi havola orqali foydalanish mumkin: www.udea.uz

Talabalar uchun ko’rsatmalar to’plami


Talabalar uchun ko’rsatmalar to’plami bilan yaqindan tanishib chiqish tavsiya etiladi. Sizga tegishli boʻlishi mumkin bo’lgan tartib-qoidalar va ushbu modulni muvaffaqiyatli o’zlashtirishingizga taʼsir qilishi mumkin bo’lgan holatlar to’plamda izohlangan bo’lishi mumkin.
To’plamda xulq-atvor kodeksi, maxfiylik, texnologiyalardan foydalanish, kommunikatsiya manbalari va boshqalar ko’plam holatlar bayon qilingan. To’plamni quyidagi manzildan topishingiz mumkin: www.udea.uz
Jinsiy tajovuz, zo'ravonlik, ta’qib va boshqa jinsiy huquqbuzarliklar
Raqamli Iqtisodiyot va Agrotexnologiyalar universiteti jamiyatda jinsiy tajovuz, zo'ravonlik, ta’qib va boshqa jinsiy huquqbuzarliklarni sodir etilishini oldini olish uchun barcha sa'y-harakatlarni amalga oshiradi va bunday xatti-harakatlar sodir bo'lganda jabrlanganlarga yordam ko'rsatishga intiladi. Jinsiy tajovuz, zo'ravonlik, ta’qib va boshqa jinsiy huquqbuzarliklarga oid universitet siyosat bilan tanishish uchun quyidagi manzilga tashrif buyuring: www.udea.uz
Modulga baho berish
Ushbu modul oxirida siz ushbu modulga tegishli o'z tajribangiz haqida fikr bildirish imkoniyatiga ega bo'lasiz. Sizning fikringiz universitet, o'qituvchingiz va ushbu modulni taklif qilayotgan bo'lim uchun juda qimmatlidir. Iltimos, halol va puxta o'ylangan fikr va baholaringizni bering, chunki bu universitetga barcha talabalar uchun eng yaxshi tajribani taqdim etishda ko’mak beradi.
Download 79.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling