Tuproqni epidemiologik ahmiyati va uni gigiyenik baholash
Tuproqning fizik-mexanik xossalari
Download 22.04 Kb.
|
Shodiya 13- mavzu (4)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.TUPROQNING EPIDEMIOLOGIK AHAMIYATI.
Tuproqning fizik-mexanik xossalari
Tuproqning fizik-mexanik xossalari qatoriga uning donadorligi, g’ovakliligi, o’zida nam va suvni tutish xususiyati, kapillyarliligi, namligi, suv o’tkazuvchanligi kabilar kiradi va ular tuproqning boshqa xossalarini belgilab beradi. Bu xususiyatlar esa turli xildagi ob‘ektlar, chunonchi turar-joy binolari, davolash profilaktika muassasalari, maktabgacha va maktab muassasalari, korxonalarni qurish uchun yer-joy tanlash, aholi yashash joylarini chiqindilardan tozalash va obodonlashtirish ishlarida ahamiyatga egadir. Yirik donador tuproq yuqori g’ovakli bo’ladi, shuning uchun bunday tuproqda aeratsiya jarayoni juda yaxshi ketadi, natijada bunday tuproq muhiti tez quriydi, tuproqqa tushgan organik va anorganik iflosliklarning o’z o’zidan tozalanish jarayoni jadallikda boradi. Kichik zarrachali tuproqda esa yuqoridagilarning aksi bo’lib, bunday tuproq muhiti o’zida namni ko’p va uzoq muddatlarda ushlaydi, o’zidan suvni kam va juda sekin o’tkazadi, yuqori kapillyarlilikka ega, shuning uchun gigienik nuqtai-nazardan bunday tuproq nomuvofiq hisoblanadi. Bunday tuproqli joylarga turar-joy va jamoat hamda ma‘muriy binolar qurilgan bo’lsa, binolarning erto’lalari va birinchi qavatdagi xonalar doim zax va namligi yuqori bo’ladi, natijada xonalarning mikroiqlim sharoitlari gigienik talablarga javob bermaydi, yashash sharoitlari keskin yomonlashadi. Bunday tuproqli sharoitda o’z-o’zidan tozalanish jarayoni juda yomon va sekinlik bilan boradi. 1.TUPROQNING EPIDEMIOLOGIK AHAMIYATI. Tuproq muhitida doimo turli xildagi mikroorganizmlarning bo’lishi tabiiy bir holdir. Ifloslanmagan tuproq tarkibida asosan saprofit mikroorganizmlar bo’lib, ular organik va anorganik birikmalarning parchalanishida ishtirok etadi. Biroq tuproq muhiti insonlarning chiqindilari - najas, peshob, xo’jalikda hosil bo’ladigan qattiq va suyuq chiqindilar, uy hayvonlarning axlatlari kabilar bilan ifloslanishi mumkin. Natijada bunday tuproq tarkibida patogen mikroorganizmlar paydo bo’ladi, inson organizmi uchun xavf-xatar tug‗dirishi mumkin. Qoida bo’yicha pathogen mikroorganizmlar tuproqning yuza qismida hayot kechiradi (1-20 sm). Bunday kasallik chaqiruvchi mikroorganizmlar tuproq muhitida ancha uzoq muddatlargacha hayot kechirishi va o’zining virulentligini saqlab qolishi mumkin. Tuproq tarkibida bo‗ladigan patogen mikroblar suv bilan yuvilib, suv havzalarini ifloslaydi, ifloslangan tuproqli sharoitda etishtirilgan sabzovot va mevalararni ifloslaydi va natijada odam organizmiga tushib, turli kasalliklarni keltirib chiqaradi. Tuproq muhiti turli kasalliklarning tarqalishida insonlarning u bilan bevosita aloqasi yoki bilvosita aloqalarning tutgan o’rni ham kattadir. Bundan tashqari, tuproq muhiti turli gelmentlar va ularning tuxumlari bilan ifloslanishi mumkin, shu bilan bir qatorda ayrim turdagi gelmentlar o’zlarining yashash va rivojlanish bosqichlarini tuproq muhitida o‗tkazadi. Gelment tuxumlari tuproq tarkibida juda uzoq muddatlargacha saqlanishi va o’rtacha 14 oygacha o’zlarining invasion xususiyatlarini saqlashlari mumkin. Bunday sharoitda shu tuproqda etishtirilgan sabzavot va mevalar yuvilmasdan iste‘mol qilinganda, yoki shunday ifloslangan tuproqli joylarda bolalarning o’ynashi orqali ular odam organizmiga o’tadi, natijada gelmentoz kasalliklarini ko’payishiga sababchi bo’ladi. 2.TUPROQNI GIGIYENIK BAHOLASH Tuproqni sanitariya tomondan baholash uning fizik, kimyoviy, bakteriologik va gelmintologik xossalarini tekshirishlar asosida o’tkaziladi. Qurilish uchun tuprog’i toza, organik moddalar bilan ifloslanmagan, yer osti suvlari chuqur joylashgan (poydevorgacha 1 m qolsin) joy ajratiladi. Tuproq va suvni sanitariya jihatdan baholashda ichak tayoqchasi bilan ifloslanganligini ifodalovchi miqdor belgisini koli titr va koli indeks joriy qilingan (jadval). Tuproqda gijja tuxumlari bo’lishi ham ifloslikdan darak beradi. 1 kg tuproqda 100 dan ortiq gelmint tuxumi bo’lsa juda iflos, 10-100 gacha o’rtacha, 1-10 sal iflos, bo’lmasa toza deyiladi (jadval). Har xil kasallik mikroblari bilan ifloslanishi oldini olish agrotexnik va sanitariya tadbir choralarga bog’liq. Almashlab ekishni joriy etish, tuproqni to’g’ri ishlash mineral va organik o’g’itlardan to’g’ri foydalanish zarur. Yerni quritish, haydash, kanallar o’tkazish. Tuproqda yuqumli va gelmintozlar bo’lgan yerlarda kuyidagitadbirlar o’tkazish zarur: ifloslangan yerni o’rash va o’sgan o’simliklardan foydalanmaslik, kasal mollarni ajratish yoki shu kasalliklarni yuqtiradigan hayvonlarni emlash, epizootik tadbirlarni reja asosida bajarish, ilgari mollarni o’ligi kumilgan yerlarni tartibga keltirish, yaylovlarni biologik degelmintizasiya (zagonlarga bo’lish) va boshqa ishlarni bajarish kerak. Tuproqni organik chiqindilar va tuproq infeksiyasini qo’zg’atuvchi mikroblar bilan ifloslanishidan qo’riqlashning asosiy tadbirlari – aholi yashaydigan punktlari va chorvachilik fermalarini har xil chiqindilardan tozalashni uyushtirish, go’ngxonalarni jihozlash, yerlarni sug’orish va shimdirishdan to’g’ri foydalanish, hojatxona, yuvindi chuqurlari axlatxonani to’g’ri qurish, go’sht kombinatlari, biotermik quduqlar veterinariya-sanitariya qoidalariga va talablariga qattiq rioya qilishdir. Tuproqni patogen mikroblar va gelmintlarni bo’g’imlari bilan ifloslanishida shu kasallik bilan kasallangan hayvonlarning tezagi eng xavflidir. Shuning uchun bu hayvonlarning go’ngi ma’lumdarajada biotermik usulda zararsizlantirilgandan so’ng dalaga chiqariladi. Mabodo, go’ngda spora hosil qiladigan mikroblar bo’lsa, u holda go’ng ko’ydiriladi. Ba’zan xavfli kasalliklar bilan o’lgan mollarni o’ligi yotgan yerlar ham zararsizlantirishga to’g’ri keladi. Bunda tuproqning tuzilishi, ko’rinishi va mikroorganizmlarning turiga qarab har xil dezinfeksiya qiladigan dorilar ishlatiladi. Qum, qumloq va boshqa yumshoq tuproqlar patogen mikroblar bilan ifloslangan bo’lsa 4% formaldegid, 10% - issiq sernokarbol aralashmasi yoki NaOH (1m2 10 l), 25% xlorli ohak aralashtiriladi. Bunda tuproq 25 sm chuqurlikda chopilib aralashtiriladi (1 m2 5 kg). Tuproq ko’ydirgi, qorason va boshqa kasalliklar sporalari bilan ifloslangan bo’lsa etilen oksid va bromli etil, bromli metil aralashmasi bilan zararsizlantiriladi. Bu dorilar 2 m chuqurlikgacha o’tadi. Katta mollarni o’ligini yo’qotishda maxsus avtomashinalardan foydalaniladi. Avtomashina yoki aravalar suyuqlik oqmaydigan, mahkam yopiladigan tushirish va ortishga oson qilib jihozlanadi. Yashiklarni ichki devorlari va taglari dezinfeksiya qilishga oson bo’lishi uchun ruxlanadi yoki metall tunuka bilan qoplanadi. Yashiklarni uzunligi 2,5 m; kengligi 1,7-1,75 m va chuqurligi 0,85 m bo’lib, orqa va yon tomonlaridan tashlanadigan bo’ladi. O’lik yotgan yerning ustki qatlami 25-50 sm olinib, o’lik bilan olib ketiladi, qolgan yer esa 10% xlorli ohak aralashmasi bilan dezifeksiya qilinadi. Har safar o’lik tashilgandan keyin avtomashina, arava, asboblar, anjomlar, maxsus kiyimlar qunt bilan dezinfeksiya qilinadi va tozalanadi. O’liklarni yorish va terisini ishlash chiqindi zavodlarning xonalarida yoki biotermik quduqni oldida betonlangan joyda bajariladi. Kasallikni turiga qarab o’liklar va suyim chiqindilari biotermik quduqda zararsizlantiriladi yoki chiqindi zavodlarida maxsus usullarda hayvonat olamidan olinadigan ozuqalar tayyorlanadi ayrim zooantroponoz kasalliklarda butunlay ko’ydiriladi. Biotermik quduq – hayvonlarni o’ligini yuqotish uchun quritiladi. Buning uchun aholi yashash joyidan, fermalar, yaylov, daryo, kul va ariqlardan 1-2 km uzoqlikdan joy tanlanadi 200-500 m2 yerning atrofi devor bilan uralib yagona kirish darvozasi quriladi. Devorning ichki tomonidan eni 1 m va chuqurligi 1,4 m ariq qaziladi. Quduqning eni 3 m, chuqurligi 9-12 m bo’lib va ichki devori tubi suv o’tkazmaydigan qatlam bilan ishlab chiqiladi. Quduqning labi yerdan 20 sm balandlikga ko’tariladi. Og’zi 2 qavat: oralig’i 30 sm qilib qopqoq qilinadi. Bu oraliq qish paytida poxol, eski paxta yoki jandalar bilan tuldiriladi. Quduqning havosini almashlab turish uchun 25x25 sm o’lchamli taxtadan surg’ichli truba qilinadi. Quduqga juda xavfli kasalliklardan o’lgan hayvonlarning o’ligidan boshqa hammasi tashlanishi mumkin. aerob sharoitda o’liklar 4-5 oy davomida chiriydi. Bunda termofil bakteriyalar rivojlanishi natijasida harorat 60-700С ko’tariladi va oqibatda patogen mikrofloralar halok bo’ladi. O’liklarni ko’ydirish – xavfli yuqumli kasalliklardan (ko’ydirgi, qoraСOn, quturish va boshqalar) o’lgan hayvonlarning o’ligi butunlay terisi shilinmay, ajratgan suyuqliklari bilan birga ko’ydiriladi. Chiqindi zavodlarida turli kasalliklardan o’lgan hayvonlardan go’sht - suyak uni, qon uni, baliq uni va boshqalar olinadi. XULOSA VA TAKLIFLAR - Yerdan oqilona, samarali va belgilangan maqsadda foydalanishni ta’minlash. Qishloq xo’jaligi uchun mo’ljallangan yerlarning, eng avvalo sug’oriladigan yerlarning aloxida muxofaza etilishini kengaytirib har tomonlama yaxshilash, hosildorligini va iqtisodiy samaradorligini oshirish. - Tuproqning biologik faolligi, turli tuproq-iqlim va agrotsenoz sharoitida uning hayvonot olamini o’rganish va muqobillashtirish. Tuproq unumdorligini tiklash va oshirish biologik usulini ishlab chiqish. - Sug’oriladigan yerlarda bio xilma-xillik hosil qilish maqsadida oraliq va takroriy ekinlarni (iloji boricha sho’rga chidamli) ko’p miqdorda yetishtirib, chorva mollarini ko’paytirish natijasida hudud yerlarini organik o’g’it-gung bilan yetarli miqdorda ta’minlashga yordam beradi. - Strukturasiz og’ir tuproqlar noqulay fizik va fizik-mexanik xossalarga ega. Suv o’tkazuvchanligi past, yengli changlanib ketadi, qatqaloq hosil bo’ladi, zichligi yuqori, yopishqoqligi va ko’pincha havo, issiqlik rejimlarining noqulay bo’lishi bilan ajralib turadi. Bu tuproqlar ham qumli va qumloq tuproqlar singari qishloq xo’jaligida foydalanish uchun uncha qulay emas. Strukturali va kam strukturali yengil qumoq va o’rta qumoq tuproqlar qator maqbul xossalari bilan xarakterlanib, dehqonchilik uchun qulaydir. - O’rganilgan tuproqlarning barchasida quyi qatlamlar yuza qatlamlarga nisbatan ancha zich ekanligi ko’rinadi, ya’ni profil bo’ylab tuproq zichligi ortib boradi. Tuproqlardan foydalanish nuqtai nazaridan ko’radigan bo’lsak, qo’riq tuproqlarning yuza qatlamlari g’ovakligi bilan ajralib turadi. Bu tuproqlarda yuza qatlamining zichligi 1,33-1,47 g/sm3ni tashkil qiladi. Yuvib keltirilgan tuproqlarning zichligi eroziyalangan tuproqlar zichligidan kichik -Tuproqlarning g’ovakligi ularning zichligiga mos ravishda o’zgaradi. Profil bo’ylab kuchayib boradigan noqulay sharoitlar g’ovaklikning kamayishiga olib keladi, deya umumiy xulosa qilish mumkin. - Sug’orish va sho’r yuvish ishlarini to’g’ri tashkil etish. - Kollektor-drenajlar faoliyatini yaxshilash. - Qishloq xo’jalik mashinalaridan to’g’ri foydalanish. Adabiyotlar: Suvonqulov Yu.A. «Qishloq xo’jalik hayvonlari gigiyenasi» Toshkent, 1994 2.Bahodirov M. Tuproq va uning unumdorligini oshirish yo’llari. Toshkent. 1957 yil. 82-88 betlar. 3.Kochish I.I., Kolyujnыy N.S., Volchkova L.A., Nesterov V.V. «Zoogigiyena», Moskva, 2008 4. M.A.Rish, R.A. Daminov, D.V. Abdullayev "Biogeoximicheskoye rayonirovaniye i endemicheskiye zabolevaniya s/x jivotnыx O’zbekistana" Toshkent, Fan, 1980. Download 22.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling