1. Virtual mashinaga ta’rif bering va uning asosiy vazifalarini tushuntiring


Tizimlarning umumiy arxitekturasi


Download 59.43 Kb.
bet5/11
Sana22.12.2022
Hajmi59.43 Kb.
#1041251
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kiber 1

9.Tizimlarning umumiy arxitekturasi. Tizim arxitekturasi yoki tizimlarning arxitekturasi – bu tizimning tuzilishi, o’ziga xos xususiyatlari va boshqa qarashlarini belgilaydigan konseptual model.
Tizimlar arxitekturasi - bu murakkab tizimlarni tavsiflash va loyihalashda konseptual va amaliy qiyinchiliklarga yechimdir.
Arxitektura - bu tizimning tuzilishi va hatti-harakatlari to’g’risida fikr yuritishni qo’llab quvvatlash maqsadida tashkil qilingan tizimning rasmiy tavsifi.
Tizim arxitekturasi butun tizimni amalga oshirishda birgalikda ishlaydigan tizim tarkibiy qismlaridan va ishlab chiqilgan qismtizimlardan iborat bo’lishi mumkin. Tizim arxitekturasini tavsiflash uchun olib borilgan harakatlar arxitekturani tavsiflash tillari deb nomlanadi.
Tizim arxitekturalarining bir nechta turlari mavjud bo’lib, ular quyidagilar:
- qurilma arxitekturasi;
- dasturiy ta’minot arxitekturasi;
- korxona arxitekturasi;
- hamkor tizimlar arxitekturasi (Internet, aqlli transport tizimlari va havo hujumidan mudofaa tizimlari kabi);
- ishlab chiqarish tizimlari arxitekturasi;
- strategik tizimlar arxitekturasi.
10. Zaxira nusxalash nima va uning turlarini sanang.
Ma’lumotlarni zaxira nusxalash – muhim bo’lgan axborotni nusxalash yoki
saqlash jarayoni bo’lib, bu ma’lumot yo’qolgan vaqtda qayta tiklash imkoniyatini
beradi. Ma’lumotlarni zaxira nusxalashdan asosiy maqsad quyidagilar:
− zarar yetkazilgandan keyin tizimni normal ish holatiga qaytarish uchun;
− tizimda saqlanuvchi muhim ma’lumotni yo’qolishidan so’ng uni qayta
tiklash uchun.Ma’lumotlarni yo’qolishiga quyidagilar sababchi bo’lishi mumkin:
- Inson xatosi: qasddan yoki tasodifiy ma’lumotni o’chirib yuborilishi,
ma’lumotlarni saqlash vositasini to’g’ri joylashtirilmagani yoki ma’lumotlar
bazasini xatolik bilan boshqarilganligi.
- G’arazli hatti-harakatlar: tashkilotdagi muhim ma’lumotlarni
modifikasiyalanishi yoki o’g’irlanishi.
- Tabiiy sabablar: quvvat o’chishi, dasturiy ta’minot to’satdan o’zgarishi yoki
qurilmani to’satdan zararlanishi.
- Tabiy ofatlar: zilzila, yong’in va hak.
Zaxiralashni quyidagi turlari mavjud:
1.Ichki (onsite) zaxiralash.
2.Tashqi (offsite) zaxiralash.
3.Bulutli tizimda zaxiralash.
4.To’liq zaxiralash
5.O’sib boruvchi zaxiralash
6.Differensial zaxiralash

Download 59.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling