1. Virtual mashinaga ta’rif bering va uning asosiy vazifalarini tushuntiring


RAID texnologiyasi va uning asosiy xususiyatlarini ayting?


Download 59.43 Kb.
bet6/11
Sana22.12.2022
Hajmi59.43 Kb.
#1041251
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kiber 1

11. RAID texnologiyasi va uning asosiy xususiyatlarini ayting?
Ko’plab tashkilotlar muhim ma’lumotlarini RAID texnologiyasiga asosan zaxira nusxalashni amalga oshiradilar. RAID texnologiyasida ma’lumotlar bir qancha disklarning turli sohalarida saqlagani bois, IO (kirish/ chiqish) amallarini bajarishni osonlashtiradi. RAID texnologiyasi ko’plab qattiq disklarni bitta mantiqiy disk sifatida o’rnatish orqali ishlaydi. Ushbu texnologiya disklar massivi bo’ylab bir xil ma’lumotni muvozanatlashgan shaklda saqlash imkoniyati beradi. Ushbu texnologiya odatda serverlarda ma’lumotni saqlashga mo’ljallangan. Shaxsiy kompyuterlar serverlarga qaraganda ixcham bo’lgani bois ularda ushbu texnologiyadan foydalanish zaruriyati mavjud emas.
Xatoga bardoshlilik: bu xususiyat agar disk ishlashdan to’xtasa, boshqa disklar normal ishlashini davom ettiradi. - Unumdorlik: RAID ko’plab disklar bo’ylab o’qish va yozishda yuqori unumdorlik darajasini qayd qiladi. - Kompetensiya: bu saqlanayotgan ma’lumot hajmi orqali aniqlanadi. Disklarni ma’lumotlarni saqlash imkoniyati mos RAID sathini tanlashga asoslanadi. Saqlash hajmi individual RAID disklar o’lchamini bir xil bo’lishini talab etmaydi
12.Zaxiralash turlari va ularning afzallik/ kamchiliklarini ayting
Tashkilot o’zining moliyaviy ahvoli va AT infratuzilmasidan kelib chiqqan holda zaxira nusxalash usulini tanlashi mumkin. Ma’lumotlarni zaxira nusxalashning turli usullari mavjud: Issiq zaxiralash. Ma’lumotlarni zaxira nusxalashning mazkur usuli amalga keng tarqalgan bo’lib, dinamik yoki aktiv zaxira nusxalash usuli deb ham ataladi. Ushbu usulda foydalanuvchi tizimni boshqarayotgan vaqtda ham zaxira nusxalash jarayoni amalga oshirilishi mumkin. Mazkur zaxiralash usulini amalga oshirish tizimni harakatsiz vaqtini kamaytiradi. Biroq, zaxiralash davomida ma’lumotga bo’lgan o’zgarish yakuniy zaxira nusxasida ta’sir qilmaydi. Shuningdek, zaxiralash amalga oshirilgani bois, tizimni ishlash jarayoni sekinlashadi va ushbu jarayonni amalga oshirish qimmat hisoblanadi. Sovuq zaxiralash. Ushbu zaxiralash usuli offlayn zaxiralash ham deb atalib, tizim ishlamay turganda yoki foydalanuvchi tomonidan boshqarilmagan vaqtda amalga oshiriladi. Ushbu usul zaxiralashning xavfsiz usuli hisoblanib, ma’lumotni nusxalashda turli xavflardan himoyalaydi. Ushbu jarayon issiq zaxiralash usuli kabi qimmat emas. Iliq zaxiralash. Ushbu zaxiralashda tizim yangilanishi davomiy yangilanishni qabul qilish uchun tarmoqga bog’lanish amalga oshiradi. Bu xususiyat ma’lumotni akslantirish yoki nusxalash holatlarida muhim hisoblanadi. Ushbu usulda ma’lumotni zaxiralash uzoq vaqt oladi va jarayon biror vaqt interval bilan amalga oshiriladi.

Download 59.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling