MAXSUS TA’LIM O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA VAZIRLIGI
SAMARQAND DAVLAT ARXITEKTURA VA QURILISH INSTITUTI QURILISH FAKULTETI
Ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi
O'ZBEKISTONNI RIVOJLANTIRISH STRATEGIYASI. FUQAROLIK JAMIYATI FANIDAN
MUSTAQIL ISHI
Bajardi: 205-BvaIQ talabasi
Jabborov N
Qabul qildi: Azimov Sh
SAMARQAND – 2021
MAVZU: FUQAROLIK JAMIYATI IJTIMOIY TUZILMASIDA MULKDORLAR SINFINING O’RNI
.REJA:
1. Harakatlar strategiyasining ikkinchi ustuvor yo’nalishi
2. Sud hokimiyatining mustaqilligini ta’minlash
3. Kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
4. Xulosa
5. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1.
21 aprel kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan "Harakatlar sarhisobi: 2017 yil 1-chorak yakunlari" anjumanida bir qator vazirlik va idoralar vakillari shu kunga qadar o‘z yo‘nalishlarida Strategiya bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobot berishdi. Xususan Qonun ustuvorligini ta'minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish yo‘nalishida qanday ishlar amalga oshirilgani ma'lum qilindi:
Qonun hujjatlarini tarqatish tizimi tubdan takomillashtirildi;
Sud tizimini yanada isloh etish orqali bir qator muhim qonun hujjatilari qabul qilindi. Xususan, sudyalik lavozimida bo‘lishning ilk marotaba 5 yillik, navbatdagi 10 yillik muddatga va sudyalik lavozimida bo‘lishning muddatsiz davriga muayyan tartibda tayinlanishi yoki saylanishi belgilandi;
Sud hokimiyati mustaqilligining konstitutsiyaviy tamoyilga rioya etilishini ta'minlashga ko‘maklashadigan Sudyalar oliy kengashi tashkil etildi. Sudlarni yanada ixtisoslashtirish, sud apparatini mustahkamlash, shu jumladan xo‘jalik sudlari tizimida mintaqaviy apellyatsiya sudlarini tashkil etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan 71 ta tumanlararo tuman (shahar) iqtisodiy sudlari tashkil etilishi belgilandi;
Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta'minlash maqsadida 27 ta huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari rahbarlarining virtual qabulxonalari tashkil etildi;
Ma'muriy, jinoyat, fuqarolik va xo‘jalik qonunchiligini takomillashtirish orqali ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan muqobil jazo turlarini qo‘llash ko‘lami kengaytirildi. Jumladan, ijtimoiy foydali mehnatga jalb etish orqali tarbiyaviy ta'sir ko‘rsatish choralarini kuchaytirishga qaratilgan "majburiy jamoat ishlari" jinoiy jazosi kiritildi;
Qonunchilikka kiritilgan o‘zgarish va qo‘shimchalarga muvofiq, fuqarolik ishi bo‘yicha sud qarorini nazorat tartibida qayta ko‘rib chiqish muddati 3 yildan 1 yilga qisqartirilishi belgilandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |