Samarqand davlat arxitektura va qurilish instituti qurilish fakulteti


Ma'muriy, jinoyat, Fuqarolik va xo‘jalik qonunchiligini takomillashtirish


Download 66.4 Kb.
bet6/9
Sana05.01.2022
Hajmi66.4 Kb.
#211077
1   2   3   4   5   6   7   8   9
4.Ma'muriy, jinoyat, Fuqarolik va xo‘jalik qonunchiligini takomillashtirish.

Jinoyat va jinoyat-protsessual konunchiligini takomillashtirish va liberallashtirish, aloxida jinoiy kilmishlarni dekriminallashtirish, jinoiy jazolar va ularni ijro etish tartibini insonparvarlashgirish. «Harakatlar strategiyasi»ning 2.3. bandida ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xujalik konunchiligini takomillashtirish belgilangan bulib, unda ushbu konun hujjatlariga bir kator uzgartish va kushimchalar kiritish nazarda tutilgan. Jumladan, Jinoyat va jinoyat-protsessual konunchiligini takomillashtirish va liberallashtirish, aloxida jinoiy kilmishlarni dekriminallashtirish, jinoiy jazolar va ularni ijro etish tartibini insonparvarlashtirish kabi muxim vazifalar belgilangan.

Ma’muriy sudlarning tashkil etilishi fuqarolarning sudga shikoyat kilish kabi konstitutsiyaviy kafolatini amalda ta’minlash, tadbirkorlarning sud ximoyasiga erishish darajasini oshirish, professional sud korpusini shakllantirish, pirovardida fuqarolarning xukuk va manfaatlarini ishonchli ximoya kilishga xizmat kiladi.

Ma’muriy ishlarni kurib chikishning protsessual tartibini ta’minlash maksadida kator normativ-huquqiy hujjatlar, jumladan, «Ma’muriy sud ishi yurituvi tugrisida»gi va «Ma’muriy tartib-taomillar tugrisida»gi konunlar loyixalari ishlab chikiladi. Mazkur hujjatlar davlat organlari faoliyatida konuniylikni mustahkamlash, jismoniy va yuridik shaxslarning xukuk va konuniy manfaatlarini amalga oshirishning zamonaviy tartib-taomillarini joriy etishga karatilganligi bilan aloxida axamiyat kasb etadi.

Nizolarni sudgacha xal etish tartibini takomillashtirish xujalik yurituvchi sub’ektlarning buzilgan xukuk va konuniy manfaatlarini ximoya kilishning samarali tizimini yaratish uchun zarur bo‘lgan shart-lardan biri sifatida e’tirof etiladi. Mazkur masala Xujalik protsessual kodeksi 6-moddasiniig ikkinchi qismida agar konunda ayrim toifadagi nizolar uchun ularni sudgacha xal kilish (talabnoma yuborish) tartibi belgilangan yoxud bu tartib shartno­mada nazarda tutilgan bulsa, taraflar uzaro munosabatlarini ixtisriy ravishda xal kilish choralarini kurganlaridan sunggina xujalik sudida ish kuzgatish mumkinligi belgilangan.


Download 66.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling