1. Viruslar (a) va bakteriyalar (b) faoliyati bilan bog’liq jarayonlarni aniqlang
Download 25.82 Kb.
|
Variant 1
Variant 1 1.Viruslar (a) va bakteriyalar (b) faoliyati bilan bog’liq jarayonlarni aniqlang. 1) transduksiya jarayonining sodir bo’lishi; 2) yem-xashak o‘simliklaridan silos bostirish; 3) fotosintezni amalga oshirishi; 4) g‘o‘zada vilt kasalligining yuzaga kelishi A ) a-2; b-3 B) a-4; b-2 С) a-1; b-2 D) a-3; b-4 2.Xloroplast uchun mos xususiyatlarni aniqlang. 1) plastik almashinuvda ishtirok etadi; 2) fosfolipidlardan tuzilgan tashqi membranaga ega; 3) aerob sharoitda 30 molekula ATF sintezlaydi; 4) irsiy axborot saqlaydi; 5) suv qaroqchisi hujayralarida mavjud; 6) raffleziya hujayralarida mavjud A)1, 6 В) 3,4 C) 2,4 D) 3,5 3.Achitqilarning spirtli achishi jarayonida ishtirok etuvchi moddalarni aniqlang. 1) aseton; 2) ADF; 3) fosfat kislota; 4) AMF; 5) kislorod; 6) sut kislota; 7) ferment; 8) kraxmal A) 3, 5, 7 В) 1, 4, 5 C) 2, 3, 7 D) 4, 6, 8 4.Mitoz va meyoz bosqichlari uchun mos holatlarni belgilang. 1) profaza; 2) profaza I; 3) profaza II; a) xromosomalar diploid to‘plamga ega; b) sentriolalar ikki qutbga tarqaladi; c) xromosomalar gaploid to'plamga ega; d) gomologik xromosomalarda genlar almashinadi; e) xromosomalar sitoplazmada joylashadi A) 1-a; 2-с; 3-е B) 1-d; 2-c; 3-a C) 1-e; 2-a; 3-c D) 1-c; 2-d; 3-e *5.Qalampir mikrosporasida hosil bo’lgan generativ hujayra bo‘linishida mutatsiya sodir bo’lib, mitoz bo'linishining anafaza davrida ikkita nogomologik xromosomalarning mustaqil xromatidalari har xil qutbga tarqalmay, bir qutbga o’tsa, hosil bo’lgan spermiylar bilan urug’langan normal markaziy hujayradagi xromosomalar soni nechta bo’ladi? A) 70 yoki 76 B) 70 yoki 74 C) 46 yoki 74 D) 48 yoki 46 6.Dominant (a) va retsessiv (b) belgilarni ajrating. 1) no'xat dukkagining oddiy bo’lishi; 2) bug'doy donining oq rangi; 3) shizofreniya; 4) tug'ma karlik; 5) sichqon yungining sariq rangi; 6) xo'roz tojining oddiy shaklda bo’lishi; 7) no‘xat gulining qizil rangi; 8) qandli diabet A) a - 2, 4, 8; b - 1, 3, 5 B) a -1,3, 8; b - 2, 4, 5 С) a - 1, 5, 7; b -2, 4, 8 D) a -2,4, 5; b- 1,6,7 7.Tulkilar juni rangi ikki juft noallel genlarga bog’liq, kumushrangli junning yuzaga chiqishi bir yoki ikki xil retsessiv allel genlar orqali boshqariladi. Ikki xil allel dominant genlarga ega tulkilar malla rangga ega bo’ladi. Digeterozigota tulkilar chatishishidan hosil bo’lgan avlodlar genotipini aniqlang. A) 3 malla; 1 kumushsimon rangli B) 9 malla; 7 kumushsimon rangli C) 12 malla; 4 kumushsimon rangli D) 13 malla; 3 kumushsimon rangli 8.Gibridoma haqidagi noto‘g‘ri fikrni aniqlang. A) oqsil regulyatorlar, gormonlar, antitana yaratish texnologiyasida gibridomalardan foydalaniladi B) gibridomadan transduksiya va transformatsiya jarayonlarida foydalaniladi C) antitana sintezlovchi limfotsit hujayrasi bilan rak hujayrasining qo'shilishidan gibridoma hosil bo‘ladi D) har qanday hujayrani rak hujayrasi bilan biriktirish yo‘li bilan hosil qilish mumkin 9.Floemaning (a) va ksilemaning (b) tarkibiy qismlarini aniqlang. 1) o'tkazuvchi nay; 2) yo’ldosh hujayralar; 3) lub tolalari; 4) traxeidlar; 5) yog‘ochlik tolalari; 6) elaksimon naylar. A) a - 2, 4; b - 5, 6 В) a - 1, 3; b - 2, 4 C) a - 2, 3; b - 1, 5 D) a - 2, 6; b - 3, 5 10.Zuhrasoch qirqqulog’ining sporofiti uchun mos javobni belgilang. A) zigotadan rivojlanadi, fotosintez qiladi B) ildizpoyali o‘simlik, sporadan rivojlanadi C) sporadan rivojlanadi, poya-bargli o‘simlik D) jinssiz bo'g'in hisoblanadi, zigota hosil qiladi 11.Yo‘sinlarning jinsiy bo‘g‘ini uchun xos bo'lmagan javobni toping. A) Gametofit nasl hisoblanadi, mustaqil oziqlanadi. B) Gametofit nasl hisoblanadi, ko‘p hujayrali, poya-bargli o‘simlik. C) Sporadan rivojlanadi, zigota hosil qiladi. D) Zigotadan rivojlanadi, sporofit hisobiga oziqlanadi. 12.Kanop qaysi turkum vakili hisoblanadi? A) bo'ritaroq B) gulxayri C) kanop D) g‘o‘za 13.Shuvoq turkumi vakillariga xos bo’lmagan xususiyatlarni belgilang. 1) suttikandoshchalar oilachasiga mansub; 2) moychechakdoshchalar oilachasiga mansub; 3) qora jusan shu turkumga mansub; 4) gulkosachasi qisqarib ketgan; 5) bargi murakkab, yonbargchali; 6) hayotiy shakliga ko‘ra daraxt A) 1, 5, 6 В) 1, 4, 5 C) 2, 3, 6 D) 2, 3, 4 14.Nozema qaysi sinf vakili? A) sporalilar B) soxta oyoqlilar C) kipriklilar D) xivchinlilar 15.Quyidagi ma’lumotlar qaysi organizmlarga tegishli ekanligini aniqlang. 1) atmosfera kislorodi bilan nafas oladi; 2) suvda erigan kislorod bilan nafas oladi; 3) jabra yordamida nafas oladi A) l-apollon; 2-perlovitsa; 3-langust B) l-zorka; 2-yomg‘ir chuvalchangi; 3-biy C) l-tovusko‘z; 2-langust; 3-qoraqurt D) l-baqachanoq; 2-dafniya; 3-krevetka 16. Manta uchun mantiqiy bog’liq bo’lgan tushunchalarni aniqlang. 1) ichak; 2) ikki kamerali yurak; 3) umurtqa; 4) o‘rta quloq; 5) katta qon aylanish doirasi; 6) suzgich pufagi A) 4, 5, 6 В) 1, 2, 3 C) 2, 4, 6 D) 1, 3, 5 17.Suvda hamda quruqlikda yashovchilar sinfining barcha vakillari uchun umumiy bo’lgan belgilarni aniqlang. 1) kloakaning mavjudligi; 2) dumning bo’lmasligi; 3) qovurg‘aning bo’lishi; 4) tashqi urug’lanish; 5) bir xil uzunlikdagi oldingi va orqa oyoqlaming mavjudligi; 6) lichinkasining suvda rivojlanishi. A) 1, 3, 6 В) 1, 4, 6 C) 2, 3, 4 D) 2, 4, 5 18.Ko’l baqasi va ko’lbuqa uchun umumiy xususiyatlarni ko‘rsating. 1) yurak bo’lmachalarida arterial va venoz qonlari aralashmaydi; 2) ichki urug’lanish kuzatiladi; 3) tana harorati tashqi muhit haroratiga bog’liq; 4) kloakaga ega; 5) ko’krak qafasining kengayib-torayishi qovurg‘alararo muskullar hisobiga bo’ladi; 6) ayirish a’zolari mezodermadan rivojlanadi A) 2, 3, 4 B) 3, 4, 5 C) 1, 4, 6 D) 1, 2, 4 19.Quyida keltirilgan ta’riflarni ularga mos keluvchi sutemizuvchi hayvonlar bilan to‘g‘ri juftlab ko'rsating. a) tanasi ingichka yoriqlarga kirishga moslashgan; b) oyo'gida bitta yoki uchta barmog’i bo’lib, og’irlik uchinchi barmoqqa tushadi; c) go'shti uchun ovlanadi; d) ko'zlari boshining oldingi tomonida joylashgan. A) a - to‘ng‘iz; b - zebra; c - ohu; d - ukki B) a - norka; b - tarpan; c - sayg'oq; d - kaputsin C) a - qashqaldoq; b - qulon; c - karakatitsa; d - gibbon D) a - tyin; b - karkidon; c - jayron; d - martishka 20.Odam organizmida A vitamini yetishmasa qanday jarayonlar kuzatiladi? 1) raxit kasalligi yuzaga keladi; 2) singa kasalligi yuzaga keladi; 3) teri quruqlashib, yoriladi; 4) umumiy holsizlik, tez charchash kuzatiladi; 5) nafas yo’llari ichki qavatining yallig’lanish kasalliklari vujudga keladi; 6) milklar shishib, bo'shashib qoladi; 7) qorong'uda yaxshi ko‘ra olmaydi; 8) bolalar va o'smirlarda o'sish va rivojlanish susayadi A) 2, 3, 4, 6 B) 3, 5, 7, 8 C) 2, 4, 5, 7 D) 1, 3, 4, 8 21.Odam qon aylanish sistemasiga oid to'g'ri ma’lumotlarni aniqlang. A) chap qorincha qisqarganda yarimoysimon klapan ochiladi, diastolik bosim yuzaga keladi B) vena qon tomirlari venoz qonni o'pkalar tomon oqishida ahamiyatga ega C) arteriya qon tomirlari tashqi tomondan biriktiruvchi to'qima bilan qoplangan bo’lib, arterial va venoz qonni tashishda qatnashadi D) buyrakusti bezining po'stloq qismidan ajraladigan gormon qon bosimini oshiradi 22.Odamlarda quyidagi qaysi jarayonlar parasimpatik nerv sistemasi orqali amalga oshadi? 1) yurak faoliyatining tezlashishi; 2) ichak muskullari harakatining kuchayishi; 3) bronxlar kengayib, nafas olishning osonlashishi; 4) qon tomirlar kengayib, qon bosimining tushishi; 5) siydik qopi muskullarining bo'shashishi; 6) ter ajralishining susayishi A) 1, 3, 5 В) 1, 2, 6 C) 2, 4, 6 D) 3, 4, 6 23.Noto'g'ri ma’lumotlar ko‘rsatilgan javobni aniqlang. 1) targ’il tana zararlansa, tana muskullari tarangligi pasayadi; 2) miyacha zararlansa, tana muskullari tarangligi ortadi; 3) antidiuretik gormon reabsorbsiya jarayonini kuchaytiradi; 4) paratgormon ko‘p ishlab chiqarilsa, nerv muskul sistemasi qo‘zg‘aluvchanligi ortadi; 5) ko‘z gavhari do‘ngligi ortsa, gipermetropiya yuzaga keladi; 6) orqa miyada joylashgan motoneyronlarishi buzilsa, muskullarning tonusi pasayadi A) 1, 4, 5 В) 1, 3, 5 C) 2, 4, 6 D) 2, 4, 5 24.Harakatlantiruvchi (a) va stabillashtiruvchi (b) tanlanish natijalarini aniqlang. 1. Bo‘r davrida iqlim keskin o'zgarishi tufayli yopiq urug’li o'simliklarning ko'payishi. 2. Sun’iy ekosistemalarda qayin odimchisining qoramtir formalari yashab qolishi. 3. Bo‘r davrida iqlim keskin o'zgarishi tufayli qirqquloqsimonlar va ochiq urug’lilarning kamayishi. 4. Sutemizuvchilarda tana vazni juda katta yoki kichik bo'lgan yangi tug'ilgan bolalarning nobud bo’lishi. 5. Tabiiy ekosistemada qayin odimchisining oq rangli formalari yashab qolishi. A) a -2, 4;b-3,5 B) a - 2, 3; b - 1, 5 C) a - 1, 2; b -3, 4 D) a -2, 3; b - 4, 5 25.Qadimgi panjaqanotli baliqlardan suvda hamda quruqda yashovchilarning kelib chiqishi (a), yapon, kavkaz, xiva qirg'ovul kenja turlarining paydo bo’lishi (b), odam va it ajdodlarida -globin oqsili tuzilishida 70 million yil avval farqning paydo bo’lishi (c) qanday jarayonlarga misol bo'ladi? A) a - divergensiya; b - mikroevolyutsiya; c - konvergensiya B) a - mikroevolyutsiya; b - makroevolyutsiya; c - divergensiya C) a - mikroevolyutsiya; b - divergensiya; c - makroevolyutsiya D) a - makroevolyutsiya; b - mikroevolyutsiya; c – divergensiya 26.To‘g‘ri (a) va noto'g'ri (b) fikrlarni aniqlang. 1) mezozavrlar - baliq kaltakesaklar; 2) ixtiostegalar - qirilib ketgan suvda hamda quruqlikda yashovchilar; 3) ixtiozavrlar - ilon kaltakesaklar; 4) trilobitlar - qadimgi bo'g’imoyoqlilar; 5) tiranozavrlar - yirtqich kaltakesaklar; 6) brontozavrlar - o‘txo‘r kaltakesaklar; 7) qalqondorlar - bosh skeletlilar. A) a - 3,4; b- 1,7 B) a - 2, 4; b - 1, 3 C) a - 2, 5; b- 3, 4 D) a - 4, 5; b - 2, 6 27.Ekologik piramidani bug'doy-chigirtka-kaltakesak-lochin tashkil etadi. Produsentning biomassasi 300 kg bo'lsa, I va II darajali konsumentlarning umumiy biomassasini (kg) aniqlang. A) 33 B) 30,3 C) 12,5 D) 15,3 28.DNK tarkibida 2700 ta vodorod bog’ bo'lib, adenin va timin orasidagi vodorod bog'lari soni guanin va sitozin orasidagi vodorod bog’lar sonidan 1,5 marta ko‘p. Mutatsiya natijasida nukleotidlarning 20 foizi yo'qolgan bo’lsa, dastlabki DNK dagi guaninlar sonini toping. A) 360 B) 810 C) 162 D) 648 29.Sulining qora va oq donli navlari chatishtirilganda F1 da barcha donlar kulrang, F2 da barcha ranglar nisbati 1:4:6:4:1 ni tashkil etadi. F2 da olingan naslning necha foizi kulrang donli bo’ladi? A) 18,75 B) 25 C) 6,25 D) 37,5 30.Doni sariq va tekis, qizil gulli, genotipi trigeterozigota no‘xat o'simligini tahliliy chatishtirish natijasida hosil bo‘lgan avlodning necha foizida doni sariq va tekis bo’ladi? A) 12,5 B) 50 C) 25 D) 37,5 Download 25.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling