1. Viruslarning ochilish tarixi. Viruslarning umumiy harakteristikasi. Viruslarning rivojlanishi


Download 74 Kb.
bet1/3
Sana15.03.2023
Hajmi74 Kb.
#1269111
  1   2   3
Bog'liq
Viruslar morfologiyasi marfogenezi va biofizikaviy xususiyatlari


Reja:


1. Viruslarning ochilish tarixi.
2. Viruslarning umumiy harakteristikasi.
3. Viruslarning rivojlanishi.
4. Viruslarning klassifikatsiyasi.
5. O’simliklarning virusli kasalliklari.
Odam, hayvon va o’simliklarda ma’lum bo’lgan ko’pchilik kasalliklarning qo’zg’atuvchilari oddiy mikroskopda ko’rinmaydi. Shuning uchun L. Paster bunday kasalliklarga bakteriyalardan bir necha yuz marta kichik bo’lgan ma’­lum mikroorganizmlar sababchi bo’ladi deb taxmin qilgan edi. N. F. Gamaleya (1886) bilan D. I. Ivanovskiylarning (1892) ilmiy ishlari o’simlik va hayvonlardagi viruslarni o’rganishga asos solgan bo’lsa, sovet olimlari virusli kasalliklarni o’rganish sohasida katta va samarali ish qildilar. Hozirgi paytda hayvon, odam va o’simliklarning yuqumli kasalliklarini qo’zg’atuvchi viruslarning 600 dan ortiq turi ma’lum.
Viruslarning umumiy harakteristikasi: viruslar asosan maxsus filtrdan o’tuvchi mikroblar klassiga kiradi va ular uchun qo’yidagi xususiyatlar hosdir:
1. Juda ham kichik bo’lib, (7—20 mμ dan — 250—300 mμ gacha) oddiy mik­roskopda ko’rinmaydi.
2. Fil’trlanish, ya’ni bakteriyalarni to’tib qoladigan filtrlardan bemalol o’tadi.
3. Sun’iy oziq muhitida rivojlanmaydi.
4. Parazit (tirik to’qima hujayrasida rivojlanadi va o’zida moddalar almashinuvi bo’lmaydi).
5. Tovuq embrionida va rivojlanuvchi to’qimali kulturalarda rivojlanadi.
Viruslarning tayoqchasimon, sharsimon, kubsimon, spermatozoidsimon va ipsimon shakli elektron mikroskop va ultramikrotom yordamida yaqqol ko’rinadi, lekin tashqi ta’sirotda ularning shakli o’zgaradi.
Elementar zarrachalar. Maxsus bo’yash usullari bilan ayrim viruslarni oddiy mikroskopda ko’rish mumkin. Bunday viruslarga elementar zarrachalar yoki tanachalar deyiladi. Masalan, tovuqlar chechak kasalligining Borrel tanachasi, odam chechak kasalligining Guarnieri tanachasi, Pashen tanachasi va boshqalar shular jumlasiga kiradi. Ushbu zarrachalarni ko’rish uchun surtma preparat tayyorlanib, Romanovskiy — Gimza yoki Gertsberg usullari bilan bo’yaladi va mikroskop ostida immersion sistema, bilan tekshirganda ular qora, tuqbiiafsha yoki kung’ir rangli koqklarga o’xshash ko’rinib, yakka-yakka yoki to’p-to’p holatda joylashgan bo’ladilar.
Turli viruslar batafsil o’rganilgandan so’ng, ularning murakkab to’zilganligi aniqlandi. Juda ham kichik bo’lishiga qaramay, har qaysi virus zarrachasi tashqi tomondan ichki moddalarini saqlab turadigan parda bilan o’ralgandir. Viruslar asosan nukleoproteidlardan tuzilgan bo’lib, tarkibida oqsillarning karbon suvlari va yoglari bo’ladi. Nukleproteidlar tarkibida nuklein kislotalarinnng bo’lishi, viruslarda uzak moddasining borligidan dalolat beradi. Keyingi paytlarda ayrim viruslarda ferment borligi aniqlangan. Masalan, gripp virusida neyroamilidaza, chuchqalarnnng inflyuentsiya kasalligida mutsinaza va boshqalar bo’ladi.
Viruslarning rivojlanishi. Viruslar sun’iy oziq muhitida rivojlanmaydi. Ularni tovuq embrionida rivojlanuvchi to’qima kulturalarida va sezgi, ya’ni virusga moyil organizmda rivojlantirish mumkin. Buning uchun 8—12 kunlik tovuq embrioni olinadi, virus uning xoriollantiois pardasiga allantiois va amnion bo’shliqlariga hamda tuxum sarigi xaltachasiga yuboriladi. Virusning sezgir hujayraga ta’siri 5 davrga bo’linadi: 1. Adsorbtsiya, bunda virus zarrachalari hujayra po’stlogiga shimiladi. 2. Hujayra ichiga kiradi. 3. Virus zarrachasining asosiy qismlari sintezlanadi. 4. Bir bo’tun virus zarrachasi tashkil qilinadi. 5. Hosil bo’lgan viruslarning zarrachalari hujayradan ajralib chiqadi. Ko’pchilik kasallik qo’zg’atuvchi viruslar tovuq embrionida rivojlantirilib, ulardan itlarning o’latiga, tovuqlarning nyukasl kasalligiga, odam va parrandalarning chechak, qoramollarning o’lat kasalliklari va boshqalarga vaktsinalar tayyorlanadi.
Viruslarni rivojlantirish uchun ikki xil to’qima kulturasi qo’llaniladi: 1. Tirik — rivojlanmaydigan to’qima kulturasi, bunda moddalar almashinish protsessi bo’ladi, hujayralar o’sib ko’paymaydi. Bunday muhitlar asosan viruslarni rivojlantirib, ulardan vaktsina tayyorlashda qo’llaniladi. 2. Rivojlanuvchi to’qimalar kulturasi. Bulardan eng muhimi bir qavatli to’qima hosil qiluvchi kulturadir: hayvon embrioni yangi tug’ilgan buzoq, ko’zi, cho’chqa bolasining buyragi va 8—10 kunlik tovuq embrionining teri-muskul to’qimasi 1—2 mm dan qilib maydalanib, ularga tripsin, versen kabi ferment ta’sir etganda alohida hujayralarga ajraladi. Ajralgan hujayralarni ma’lum miqdorda maxsus muhitga aralashtirib neytral reaktsiyali probirkalarga qo’yilsa, hujayra­lar shisha devoriga yopishib, asta-sekin rivojlana boshlaydi va natijada bir qavatli to’qima hosil bo’ladi. Bu to’qima birinchi hosil bo’lgan bir qavatli to’qima kulturasi deyiladi. Bundan tashqari, ushbu to’qimadan tayyorlangan subkultura (har qanday birinchi hosil bo’lgan bir qavatli to’qima kulturasidan 4—5, ayrim vaqtlarda 20 martagacha ko’chirilib, yangi bir qavatli to’qima hosil qiluvchi kultura), uzluksiz kuchiriluvchi bir qavatli to’qima kulturasi (bu ma’lum sharoitda va maxsus muhitda tanlangan hujayralardan hosil qilingan bir qavatli to’qimani uzluksiz ko’chirib ekib olinadi) va diploidli to’qima (buni tayyorlashda tarki­bida bir juft xromosomalari bo’lgan hujayralar qatnashadi, bunday to’qimani 50 martagacha ko’chirib ekish mumkin) hosil qilinadi.
To’qimali kulturalarda viruslarning titri, neytrallanishi, tsitopatogenli ta’siroti o’rganiladi va ayrim kasalliklarga qarshi vaktsinalar tayyorlanadi.
Viruslar bakteriyalarga o’xshash antigenlik xususiyatiga ega. Shuning uchun virusli infektsiyalardan keyin kasallikdan tuzalgan organizmda virusni neytrallovchi modda (antitelo) to’planadi va natijada organizm immu­nitetli bo’ladi.
Viruslarning chidamliligi. Barcha viruslar past temperaturaga chidamli bo’ladi —20—70° sovukda viruslar yillab ulmaydi. Yuqori temperaturaga juda ham sezgir bo’ladi, ayniqsa qaynatilganda darhol halok bo’ladi. Qo’yosh nuri va dizenfektsiyalovchi moddalardan formalin, xloramin, lizol, fenol va boshqa eritmalar viruslarni o’ldiradi.

Download 74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling