1. Viruslarning ochilish tarixi. Viruslarning umumiy harakteristikasi. Viruslarning rivojlanishi
Download 323.5 Kb.
|
Virus Mustaqil ish
Virusli kasalliklar
Virusli kasalliklar tabiatda keng tarqalgan bo’lib, yer sharining istalgan joyida ma’lum, ular ekinlarga katta zarar yetkazadi. Virus o’n millionlab virus zarrachalaridan (yirik molekulalardan) iborat va qatiy tartib bilan joylashgan kristallar hosil qilishi mumkin. Noaktav (tinim holatidagi) virus bir necha yil davomida hayot belgilarini namoyon qilmasligi mumkin. Tamaki mozaykasi virusi uning quruq barglarida 50 yilgacha va undan ham uzoqnoaktiv holatda saqlanishi mumkin. U tirik hujayraga tushishi bilan aktivlashib ketadi. Virusning o’z energiya manbai bo’lmasligi va u oziqni mustqqil, qayta ishlab uzlashtira olmasligi uchun o’zining tirikligini ta’minlay olmaydi. Uning tarkibidagi nuklein kislota o’simlik hujayrasiga tushib, uni «o’zi uchun ishlashga» majbur etadi. Bunda normal hujayradagi ximiyaviy protsesslar, tormozlanadi, virus ko’payishi uchun zarur bo’lgan ximiyaviy protsesslar kuchayadi. Bu vaqtda u tirik mavjudotlarning ikkita asosiy xususiyatini namoyon qiladi: u o’ziga o’xshash individlar hosil qiladi va bu protsess davomida turg’un irsiy o’zgarishlarga, ya’ni mo’tatsiyaga qobiliyatli bo’ladi. Yangi virus zarrachalari hosnl bo’lishida virus komponentlari hujayrada alohida-alohida sintezlanadi va shundan keyingina yetuk virus zarrasiga to’planadi. Odam kasalliklarining anchasini, o’simlik va hayvonlarning yuzlab kasalliklarini viruslar qo’zgatadi. Viruslar nihoyatda ko’p suyuqlikka aralashtirilganda ham aktivligini yo’qotmaydi, masalan, tamakining oddiy mozaykasi virusi 109 marta suyultirilganda ham o’simliklarni zararlash xususiyatini yo’qotmagan. Ayrim infektsiya davrida hujayralarda viruslar soni juda ko’payib ketadi. Tamaki mozaykasi bilan zararlangan tamaki bargida barg vaznining 10% ni (quruq modda hisobida) virus tashkil etadi, 1 l o’simlik shirasida esa taxminan 2 g virus bo’ladi. Fitopatogen viruslar. O’simliklarni kasallantiradigan viruslar fitopatogen viruslar deb ataladi va tarkibiga RNK kirishi bilan harakterlanadi; shu bilan birga hayvonlar bilan odamni kasallantiradigan viruslarga tarkibida DNK to’tuvchi viruslar kiradi. Fitopatogen viruslarning yana bir xususiyati viruslarning o’simliklarga faqat shikastlangan joydan kirishidir. Viruslar o’simliklar hujayrasiga kirib, u yerda ko’payadi va moddalar almashinuvini bo’zib, o’simliklarni kasallantiradi. Virusli kasalliklarning belgilari juda o’ziga hos bo’lib, ko’p hollarda ularni zamburug’ va bakteriyali kasallik belgilaridan farq qilish mumkin. O’simliklarning virusli kasalliklarini tashqi belgilariga qarab ikki katta gruppaga – mozayka va sariqkasalligiga bo’lish mumkin. Mozayka kasalligida barglar (kamdan-kam boshqa organlar) mozaykasi ko’zatiladi; bunda barg plastinkasining bir qismi tiniq yashil rangini saqlaydi, boshqa qismi och yashil yoki sariq rangga kiradi. Bunda barg olachipor, mozaykali bo’lib ko’rinadi. Bundan tashqari, virusli kasalliklarda barglarda halqali dog’lar, barg (poya, meva) ayrim qismlarining nobud bo’lishi (nekroz) ko’zatiladi. Barg tomirlari buylab joylashgan va bargning orqa tomonndan, ayniqsa, yaxshi ko’rinadigan nekroz dog’lari, shtrihlar ham virusli kasalliklarga hos xususiyatdir. Viruslar o’simliklarda yana ham kuchli o’zgarishlar hosil qilishi mumkin, masalan, past bo’ylilik barglarning maydalanishi, buralishi va shaklining o’zgarishi, qing’ir-qiyshiqligi, gullarning ko’karishi va hoqazo. Barg plastinkasining bo’tunlay sarg’ayib ketishi bilan sariq kasalligi mozaykadan farq qiladi: mozayka rangi bo’lmaydi, bunda o’simliklarning shakli juda o’zgarib, past bo’yli, nihoyatda serqancha , gullari qing’ir-qiyshiq bo’lib qoladi, gulning bir qismi bo’tunlay rivojlanmay qoladi, boshqa qismi esa normal rivojlanadi, tojbarglari ko’pincha ko’karib ketadi, ba’zan gul o’rnida novda yoki reduktsiyalangan barglar yoki yashil gul markazida haqiqiy barg halqasi hosil bo’ladi. Sariqtipdagi kasalliklarda o’simliklarning anatomik tuzilishi va funktsional faoliyati qattiq bo’zilishi ko’zatiladi. O’simliklar kasallanganda virus zarrachalari uning hujayralari ichida bo’ladi. O’simlik viruslari o’simliklar shikastlanmasdan turib hujayra ichiga kira olmaganligi uchun virusli kasalliklarning ko’pi tabiatda og’iz apparati sanchib-suruvchi tipda tuzilgan hasharotlar: shira, chirildoq, qurt, trips, kalqondorlar vositasida tarqaladi. Viruslar kanalar vositasida ham tarqalishi aniqlangan (masalan, bugdoyning yo’l-yo’l mozaykasi). Hasharotlarsiz yuqadigan viruslar ham bor. Bu yo’qishning qontakt usuli hisoblanadi. Tashuvchi hasharotlari noma’lum bo’lgan viruslar ham uchraydi. Masalan, tamaki mozaykasi virusi va kartoshkaning X- virusi shira va boshqa hasharotlar bilan tarqalmaydi, lekin mexaniqaviy yo’l bilan oson yuqadi. Kartoshkaning X-virusi kasallangan barglar sog’lomlarga yaqinlashganda o’tadi. Shamol vaqtida barglar bir-biriga tegib, asosan mikroskopik mayda tukchalar sinishi hisobiga ko’tikula bir oz shikastlanishi tufayli viruslar yuqadi. Ana shu shikastlangan joylardan virus zarrachalari sog’lom o’simliklarga o’tadi. Keyingi vaqtlarda X-virus Synchytrium cndobioticum zamburug’i (fikomitsetlar) orqali ham sog’lom o’simliklarga o’tishi to’g’risida ma’lumotlar paydo buldi. Viruslar zararlangan o’simliklardan olingan urug’lar orqali ham yo’qishi mumkin. Bodringning yashil va oq mozaykasi, loviyaning oddiy mozaykasi, pomidor mozaykasi, lyupinning qorayishi va soya mozaykasini qo’zg’atuvchilar ana shunday viruslarga kiradi. Mozayka kasalliklarini qo’zg’atuvchi viruslarning ko’pchiligi urug’ bilan o’tishi mumkin. Viruslar tugunaklarda saqlanib, tugunaklar orqali o’tishi mumkin, masalan, kartoshka viruslari. Meva va sabzavot ekinlari virusi ko’chat bilan o’tishi mumkin. Qancha roqda saqlanib, o’simliklarni qancha roq orqali zararlaydigan viruslar ham bor. Masalan, tamaki nekrozi virusi ana shunday virusdir. Begona o’tlar ham virus rezervatori bo’lib xizmat qilishi mumkin. Sariqtipdagi virusli ko’p kasalliklarning begona o’tlarga bog’liqligi aniqlangan. O’simliklar virusli kasalliklarining rivojlanishi va tarqalishi ko’p jihatdan tashqi sharoitga bog’liq. Ko’pincha biror temperatura virusli kasalliklarning mavsumiy va geografik tarqalishini belgilaydi. Temperatura infektsiya tarqalishiga, kasallik belgilari (simptomlari) namoyon bo’lishi harakteriga ta’sir ko’rsatadi. Temperatura sharoiti virus tashuvchilar soniga ta’sir etishi mumkin, bu esa o’z navbatida, o’simliklarning zararlanishida o’z ifodasini topadi, kasallik belgilari harakteriga va o’simliklarning zararlanishi darajasiga ta’sir etadi. Tamaki temperatura mu’tadil (10° dan yukori) bo’lganda mozayka virusi bilan eng ko’p zararlanadi, temperatura ortishi bilan zararlanish darajasi pasayadi, 35° da esa kasallik alomatlari (simptomlari) yashirin holatda bo’ladi. Temperaturaga qarab simptomlar turi ham o’zgarishi mumkin. Yorug’lik ta’siri ham simptomlar namoyon bo’lishida o’z ifodasini topishi mumkin. Odatda, sust yorug’lik tamaki nekrozi virusiga ta’sir etib, nekroz avj olib ketishiga sabab bo’ladi. Natijada tamaki barglari ko’rib qoladi. Ba’zi virusli kasalliklarda ko’zatiladigan mavsumiy rivojlanish ko’pincha yorug’lik kuchining har xilligiga bog’liq. Yorug’lik zararlanish intensivligiga, uning rivojlanishiga, uning asari sifatida viruslar o’simliklarga keltiradigan zararning kam-ko’pligiga ta’sir etadi. Virusli kasalliklarga qarshi ko’rashda oldini olish choralari asosiy ahamiyatga ega. Bunda sog’lom ko’chat va urug’ yetishtirishga va foydalanishga alohida ahamiyat berish kerak. Viruslar begona o’tlarda saqlanganligi uchun bu o’tlarni albatta yo’qotish kerak. Tavsiya etiladigan adabiyotlar ro’yxati. 1. Burxonova X.K., Murodov M.M. Mikrobiologiya. Toshkent, «O’qituvchi», 1975. 2. Vahobov A., Inog’omova M. Mikrobiologiya. UzMU. Toshkent, 2000. 3. Bakulina N.A. i dr. Mikrobiologiya. Toshkent. Meditsina, 1979. 4. Mustakimov G.D. O’simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya asoslari. «O’qituvchi». T. 1995. 5. Rabotnova I.L. Obshaya mikrobiologiya. M. Vssh. shkola, 1966. 6. Fedorov M.V. Mikrobiologiya. Toshkent. «O’qituvchi», 1966. 7. Inogomova M. Mikrobiologiya va virusologiya asoslari. Toshkent, 1983. 8. www.ziyonet.uz Download 323.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling