1. wdm texnologiyasini qo‘llashdan maqsad nima
Raqamli signallarni uzatishning qanday sifat mezonlarini
Download 495.76 Kb. Pdf ko'rish
|
1. wdm texnologiyasini qo‘llashdan maqsad nima
3. Raqamli signallarni uzatishning qanday sifat mezonlarini
Bilasiz. Optik nurlanishni qabul qilish sathi regeneratsiyalash uchastkasi uzunligi bo‘ylab energetik potensialning taqsimlanishi, regeneratorning qaror qabul qilish nuqtasida signalni xalaqitlardan himoyalanganligi, QqUzM ning tezkorligi va sezgirlik chegarasi bilan aniqlanadi. Regeneratsiyalash uchastkasi uzunligi bo‘ylab energetik potensialning taqsimlanishini hisoblash. Liniya regeneratorining QqUzM kirishiga tushuvchi, optik quvvatning sathi TOUT ning energetik potensialiga, OTdagi quvvat yo‘qotishlariga, ajraladigan va ajralmaydigan ulagichlarda optik nurlanish quvvatining yo‘qotishlariga bog‘liq. Hisoblashlarni bajarishdan avval regeneratsiyalash uchastkasi uzunligi bo‘ylab energetik potensialning taqsimlanishini hisoblash uchun boshlang‘ich ma’lumotlardan iborat jadvalni tuzish kerak (16.2-jadval). Misol. RTOUT uchun regeneratsiyalash uchastkasi uzunligi bo‘ylab energetik potensialning taqsimlanishini hisoblash, uning texnik parametrlari. 1. Birinchi ajraladigan ulagichdan (A-OU) keyin optik signalning sathini aniqlaymiz p A1 = p uz – A A = - 4 – 0,5 = - 4,5 dBq. 2. Stansiya optik kabelining birinchi ajralmaydigan ulagichi (Ay-OU) dan keyin uzatish sathini aniqlaymiz P Ay1 = p A1 – A Ay = - 4,5 – 0,1 = - 4,6 dBq. 3. So‘ng signal qurilish uzunligi l qur = 4 km va so‘nish koeffitsienti α = 0,7 dB/km bo‘lgan liniya optik kabeli bo‘ylab uzatiladi. Ikkinchisi Ay-OU kirishida signal sathi quyidagiga teng bo‘ladi p Ay2kir = p Ay1 – α · l qur = - 4,6 – 0,7 · 4 = - 7,4 dBq. Regeneratsiyalash uchastkasining barcha tashkil etuvchilari uchun shunday hisoblashlarni bajarib, ikkinchi A-OU kirishida oltinchi qurilish uzunligidan keyin signal sathi p Ay7 = -22,0 dBq ga teng bo‘ladi. Qabul qilish sathi, ya’ni ikkinchi A-OU chiqishida optik nurlanish sathi quyidagiga teng p = p Ay7 - A A = - 22,0 – 0,5 = - 22,5 dBq. Regeneratsiyalash uchastkasining umumiy so‘nishi A ru = p uz + p = - 4 - (-22,5) = 18,5 dB. Hisoblash natijasi bo‘yicha xulosa qilish mumkinki, RTOUT ning regeneratsiyalash uchastkasining so‘nishi, E = 31 dB ga teng bo‘lgan energetik potensialidan kichik. Ekspluatatsion zahirani E z = A t - A V = 6 dB ga teng deb qabul qilish mumkin. Energetik potensial taqsimlanishining hisoblangan natijalarini jadval yoki diagramma (16.3-rasm) ko‘rinishida keltirish mumkin. Rasmda quyidagi belgilashlar qabul qilingan: QqUzM - qabul qiluvchi uzatuvchi modul; A-OU - ajratiladigan optik ulagich; Ay-OU - ajralmaydigan optik ulagich; OT - optik tola. Energetik potensialning taqsimlanish diagrammasining hamma uzatish sathlari hisoblanganligi uchun, u shartli masshtabda tasvirlanishi mumkin, lekin diagrammaning xarakterli, asosiy nuqtalari ko‘rsatilgan bo‘lishi shart. Download 495.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling