1. wdm texnologiyasini qo‘llashdan maqsad nima


Download 495.76 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana19.06.2023
Hajmi495.76 Kb.
#1604409
1   2   3
Bog'liq
1. wdm texnologiyasini qo‘llashdan maqsad nima

4.
 
Aloqani tashkil etish sxemasini ishlab chiqish
 
Reneneratsiyalash uchastkasining uzunligini hisoblash natijasida hosil 
qilingan A B yo‘nalishdagi uzatish liniyasining aloqani tashkil etish sxemasi 14.1-
rasmda keltirilgan. 
Uzatish liniyasi OQ-A va OQ-B oxirgi qurilmalardan, KChOP-kirish/chiqishli 
oraliq punkt va ikkita KP-1 va KP-2 kuchaytirish punktlaridan iborat. Foydalanishga 
tushirish bosqichida OQ-A va OQ-B, shuningdek OQ-A – KChOP va KChOP – OQ-
B punktlari o‘rtasida ikkita STM-16 oqimini uzatish ta’minlanadi. Oxirgi 
qurilmalarda optik multipleksor/demultipleksorlar joylashgan. Ular kengligi 0,1 nm 
li (12,5 GHz) 32 optik kanalga mo‘ljallangan. Tarmoqda mavjud SDH apparaturasi 
bilan moslashish uchun 2,5 Gbit/s tezlikka mo‘ljallangan transponderlar 
qo‘llaniladi.
OQ-A oxirgi qurilma chiqishida quvvat kuchaytirgichi, qolgan punktlarda EDFA 
(Erbium-Doped Fiber Amplifier – erbiy bilan legirlangan optik kuchaytirgich) 
o‘rnatilgan. KChOPda va OQ-B da DKM-dispersiyani kompensasiyalovchi modul 


kiritilgan. 
KChOP-kirish/chiqishli 
oraliq 
punktda 
KChM-kirish/chiqishli 
multipleksor joylashtirilgan.
Loyihalashtirish natijasi bo‘yicha raqamli signalni uzatish sifati ko‘rsatkichi – 
xatolik koeffisienti k
xat
=10
-12
talabi (OSShN
dB
= 20 dBq) 2,27 zahira bilan bajarildi. 
Bu zahira kelgusida optik kanallarni rezervlashda ishlatilishi mumkin.
To‘lqin uzunligi bo‘yicha ajratish texnologiyasini amaliyotga tadbiq etish, bu 
texnologiya asosida aloqani tashkil etishni loyihalashda talab etiladigan uzatish 
sifatining ta’minlanishiga e’tibor berish kerak. Ushbu ko‘rilayotgan masala, sifat 
mezonlaridan kelib chiqqan holda aloqani tashkil etishdagi hisoblashlar, to‘lqin 
uzunligi bo‘yicha ajratilgan tolali optik uzatish tizimlarini loyihalash masalalarini 
hal etishda dolzarblik kasb etadi. Chunki sifati ko‘rsatkichlari aloqa sifatini 
aniqlaydi. 

Download 495.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling