27-Amaliy mashg’ulot. G’o’za maysalarini unib chiqishini, bo’yi, shoxlari va hosil elementlarini, hisobga olish
Download 41.08 Kb.
|
27-Amaliy
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Mashg’ulot mazmuni .
- Kerakli jihozlar
27-Amaliy mashg’ulot. G’o’za maysalarini unib chiqishini, bo’yi, shoxlari va hosil elementlarini, hisobga olish. 1. Mashg’ulot maqsadi. G’o’za maysalarini unib chiqishini uch muddatda hisoblash, shonalashni kuzatish, bosh poya balandligini o’lchash, bosh poya bo’yi, bo’g’inlar soni va hosil elementlarini hisoblash, gullashini hisoblash, hosil tugish hamda shona va tugunchalarning to’kilishini kuzatish, paykaldan olingan hosilni gektarga aylantirib hisoblash. 2. Mashg’ulot mazmuni. Maysalarni kamida uch muddatda: 1-maysalar paydo bo’la boshlaganda; 2-ular yoppasiga paydo bo’lganda va 3-maysalar to’liq chiqqan davrda hisobga olish maqsadga muvofiqdir. Har qaysi kuzatish vaqtida maysalar maydon birligidagi uyalarning nazariy soniga nisbatan foizlarda ifodalanadi. Masalan, uzunligi 26 m deb hisoblangan paykaldan seyalka bir marta o’tganda (4 qator) chigit 60x45-3 sxemada to’g’ri burchakli-uyalab ekilganda nazariy jihatdan 231 ta uya bo’lishi kerak. Chigit qatorlab (90x10-1, 90x7-1, 60x15-1 sxemada) ekilganda ham maysalar soni shu xilda aniqlanadi. Masalan, uzunligi 55,5 m bo’lgan paykaldan seyalka bir marta o’tganda (4 qator), chigit 90x10-1 sxemada qatorlab ekilganda 2220 ta uya bo’lishi kerak. G’o’za yoki boshqa kyeng qatorli ekinlar maysasiga oid olingan ma’lumotlar 1-jadvalda ko’rsatilgandek yozib boriladi. 1-jadval Maysalar paydo bo’lishi dinamnkasi
Variant bo’yicha maysalar foizini aniqlash uchun (hisobga olishning uch muddati bo’yicha) alohida takrorlashdan olingan sonlarni qo’shish va takrorlash soniga taqsimlash kerak. So’ngra ularning nazariy miqdorini 100% deb olib, proporsiya tuzish va shu tariqa ma’lum vaqt oralig’ida maysalari bo’lgan uyalar foizini hisoblash kerak. Masalan, 25.IV dagi birinchi variant bo’yicha maysalar bo’lgan uyalar sonini topamiz: 101+166+48 315 x= —————— = ——— = 105 ta. 3 3 Endi proporsiya tuzamiz: 231 - 100 105 - x, bundan: 105 • 100 x= ———— = 45,4 ta. 231 Olingan miqdorni jadvalga yozib olamiz va hisoblashni davom ettiramiz. G’o’za poyasining bo’yi, ko’ragi, barglari, simpodial va monopodial shoxlari soniga oid o’rtacha arifmetik miqdor xuddi haydash chuqurligini aniqlashdagi kabi aniqlanadi. Barcha takrorlashda har qaysi variantda o’simliklarni kamida qo’yidagi miqdorda: a) shonalash, gullash tezligi, yetilish tezligi va boshqalarni hisobga olish uchun—25 tadan; b) hosil tugishini hisobga olish uchun—50 tadan; v) o’simliklarning bo’yini (balandligini) o’lchash, barglar, meva shox-lari sonini hisoblash, gullash, yetilish foizini, shakllangan ko’raklar va boshqalarni aniqlash uchun—100 tadan o’simlik olish tavsiya etiladi. Kuzatuvlar birinchi marta (bosh poya balandligini o’lchash va chinbarg (bo’g’in)lar sonini hisoblash) 1 iyunda; ikkinchi marta (hosil shoxlari, shona, gul va tugunchalarni sanash) 1 iyulda; uchunchi marta (bosh poyaning bo’yi, hosil shoxlari va ko’saklar sonini hisoblash) 1 avgustda o’tkaziladi. Ba’zi hollarda ish dasturiga binoan, bosh poya balandligini ulchash va ko’saklarni sanash 1 sentyabrda, ayrim tajribalarda bu amallar tig’iz muddatlarda ham amalga oshiriladi. Bosh poya balandligi urug’palla o’rnidan bosh poyaning o’sish nuqtasiga qadar bir santimetrgacha aniqlik bilan o’lchanadi. Qayd etilgan barcha hisob va kuzatuvlar nihollarning unib chiqishi hamda shonalagan o’simliklarni sanashda ajratilgan bo’lakcha-maydonchalardagi g’o’zalarda amalga oshiriladi. Bu o’simliklarda shuningdek, gullash va ko’saklar ochilishi ham aniqlanadi. G’o’zaning gullashini kuzatish orqali ma’lum sanada tajriba variantlaridagi o’simliklardan necha foizi gullagani aniqlanadi. Ko’pchilik tajribalarda kuzatishlar 95-100 % o’simlik gullaguncha davom ettiriladi. Gullashni kuzatishda o’simliklardagi gullar soni emas, balki ushbu bosqichga kirgan o’simliklar hisobga olinadi. Bunda kuzatish kunida guli bo’lgan o’simliklar bilan birga gultoji bargi to’kilmagan yoki hosil bo’lgan tugunchalar ham sanaladi. Shunday hollar ham uchraydiki, o’simlikda goho hosil tugunchasi mavjud (gultoji bargi to’kilgan), lyekin gullar yo’q bo’ladi. Kuzatuvlar 3-5 kun oralatib, 3-4 marta o’tkaziladi. Ularning qaytarilishi tajriba xususiyatlariga ko’ra, ish dasturiga muvofiq belgilanadi. Ko’saklar ochilishini kuzatish dastur asosida uch-to’rt marta o’tkaziladi. Bunda tajribaning xususiyatidan kelib chiqiladi. Dastlabki kuzatish o’simliklarning 10-15 %ida ko’sak ochilganda boshlanadi. Bu tadbir har 3-5 kunda o’tkazilib, o’simliklarning 50-75 yoki 100 %ida ko’saklar ochilguncha davom ettiriladi. Tolasi chanoqdan chiqib turgan ko’sak ochilgan hisoblanadi va hisobga olinadi. Ba’zi tajribalarda kuzatuvlar ko’sagi ochilgan o’simliklar bo’yicha emas, balki ochilgan ko’saklar bo’yicha olib boriladi. Bunday holda o’simlikda ma’lum sanaga ochilgan ko’saklar hisoblanadi va umumiy shakllangan ko’saklar soniga qarab foizi chiqariladi. Bu tarzda hisobga olish odatdagi kuzatuvlarga nisbatan ikki marta kam o’simlik ajratiladi. Paykaldan olingan hosilni gektardan olingan hosilga aylantirib hisoblash uchun hosil olingan maydonning hisobotini bilish kerak. Buning uchun paykalning hisobga olingan mazkur maydoni gektarning qancha hismini tashkil etishi va hisoblashda foydalaniladigan o’tkazish koeffisiyenti aniqlanadi. Agar hisobga olingan paykalning maydoni 1000 m2 deb qabul qilingan bo’lsa, o’tkazish koeffisyayenti: 1 ga 10000 ——— = ——— = 10,0 ga tyeng bo’ladi.. 1000 1000 Paxta (ga/s hisobida) hosilini aniqlash uchun paykaldan olingan hosil (kg hisobida) miqdori o’tkazish koeffisiyentiga ko’paytiriladi va 100 ga taqsimlanadi. Tajriba bo’yicha hisoblash 2-jadvalda keltirilgan. 2-jadval Paykaldan olingan hosilni hisoblash natijalari yoziladigan forma
Hisoblashdagi keyingi bosqich variant bo’yicha o’rtacha hosilnn hisoblab topish va ularning to’g’riligini aniqlashdan iborat. Variant bo’yicha o’rtacha hosilni topish uchun jadval tuziladi (3-jadval) va bunga har gektardan olingan hosil yozib qo’yiladi (har qaysi takrorlash bo’yicha). 3-jadval O’rtacha hosilni aniqlash va tajribaning to’g’riligini baholash
Barcha takrorlashdan variant bo’yicha o’rtacha hosil hisoblab chiqariladi va uning xatosi aniqlanadi. O’rtachaning xatosi (t) qo’yidagi formulaga muvofiq aniqlanadi: ∑a2 M = ±√ ———, n(n-1) bu yerda: n-takrorlashlar soni; a-o’rtachadan chetga chiqish; ∑-jamlash belgisi. ∑a =2,57; ∑a =9,72, n(n<1)=4(4-1)=4•3=12, bundan m1=±0,46; m2=±0,9. Hamma tajribalarning o’rtacha hisoblab, o’rtachadan chetga chiqish (a) aniqlanadi, so’ng u kvadratga ko’tariladi, chetga chiqishlarning kvadratlar yig’indisi olinadi va u n(n-1)ga bo’linadi. Kvadrat ildizdan chiqarilgan o’rtacha hisobning xatosi (m) chiqadi, bu ismli sondir.Taqqoslash qulay bo’lishi uchun ba’zan xato o’rtachaga nisbatan foizlarda hisoblanadi: m m= ——— • 100, ya’ni M 0,46
35,2 0,9
30,6 Tajribaning to’g’riligini aniqlash uchun tajriba variantlari o’rtasidagi farqqa ko’ra xatoni qo’yidagi formulaga muvofiq hisoblash zarur: ya’ni har qaysi o’rtacha xato soni kvadratga ko’tariladi va ular yig’indisidan kvadrat ildiz chiqariladi, ya’ni md=±√(0,46)2+(0,9)2=±√0,212+0,81=±√1,022=1,01 ga/s. Bir variantning o’rtacha hosili miqdoridan ikkinchi variantning o’rtacha hosili miqdorini ayirib, shular xatosi soniga bo’lish bilan aniqlik baholanadi: m1 – m2 35,2 – 30,6 4,6 t (aniqlik koeffisiyenti) = ———— = ———— = ——— = 4,55 dan md 1,01 1,01 Agar bu nisbat xatodan 3 marta oshib ketsa, farqni to’g’ri deb hisoblash qabul qilingan. Ammo chigit ekish uchun yerga asosiy ishlov berishning turli sistemasini o’rganish bo’yicha tajribaning to’g’riligi farqning xatosidan 3 martadan ko’proq oshib ketsa, tajribaning birinchi varianti bo’yicha hosilning ortishi isbotlangan va to’g’ri deb hisoblash mumkin, ya’ni: 4,65 3 martadan ko’p, m1=±0,46; m2=±0,9. Kerakli jihozlar: Tarqatma materiallar, kalkulyator, chizg’ich. Download 41.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling