1. Web-dizayn tushunchasi Dizayn ingliz tilidan design


ASP (Active Server Pages)


Download 437.02 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/10
Sana14.09.2023
Hajmi437.02 Kb.
#1678070
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1-maruza

ASP (Active Server Pages)
ma’lumotlar bazalari tashkil etish va ular bilan ishlash vazifalarini 
bajarishda juda moslashuvchan, qulay vositadir. ASP vositalari server tomonida ishlaydi va HTML-kod va 
ssenariylar kabi fayllarni qayta ishlaydi. ASP texnologiyasi VBScript, Java va JavaScript tillarini qoʻllab-
quvvatlaydi. ASP-kod joylashtirilgan Web-sahifalar fayllari kengaytmasi .ASP boʻladi. ASP texnologiya 
Windows NT va Microsoft IIS web-serveriga moʻljallangan boʻlib, imkoniyatlari va samaradorligi yuqori 
boʻlganligi bois koʻpgina kompaniyalar oʻz vositalariga ASPni qoʻllab-quvvatlash imkoniyatlarini 
kiritmoqdalar. Koʻpgina HTML muharrirlar, masalan, Adobe GoLive ham ASPni qoʻllab, quvvatlaydi. 
ASP texnologiyasi bir nechta qulayliklarni oʻzida jamlagan: HTML hujjatni dinamik generatsiyalaydi, 
formalarni qoʻllab-quvvatlaydi, ma’lumotlar
bazasiga ruxsatni tashkil etadi va u bilan ishlay oladi. ASP – dasturlash 
tili ham, ilova ham emas, u interfaol web -sahifa hosil qilish texnologiyasidir.
JSP
 nima?
JSP (Java Server Page) 
texnologiyasi oʻzining funksional imkoniyatlariga koʻra ASPga oʻxshashdir. Asosiy farqi 
shundaki, bunda VBScript va JavaScript bilan birga Java tili ham qoʻllanila oladi. Shunga qaramay JSP Javadan oldinroq 
qoʻllanilgan va ushbu texnologiya mukammal Web -ilovalar yaratish uchun yetarli imkoniyatga ega. 
SSI nima? 
SSI (Server Side Include) 
HTM faylni dastlab serverda qayta ishlaydi va undan soʻng uni mijozga uzatadi. Dastlabki 
qayta ishlash vaqtida hujjatga dinamik generatsiya qilingan ma ’lumotlar qoʻshiladi. Masalan, joriy vaqt haqidagi ma’lumot. 
Umuman olganda SSI texnologiyasi HTML-faylning tarkibiga qoʻshimchalar qoʻshishga moʻljallangan HTMLning qismi hisob -
lanadi. 
DHTML nima? 
DHTML 
(dinamik HTML) – bu serverga ortiqcha bogʻlanishlarsiz interfaol Web -sahifalar yaratish imkon ini 
beradigan vositalar toʻplamidir. 
DHTML tili HTML va JavaScriptlardan farqli ravishda bir qancha qoʻshimcha internet texnologiyalariga ega. Dinamik 
HTML – Netscape va Microsoft tomonidan oʻylab topilgan tijorat termini boʻlib, unda Web -brauzerlarning dinamik imkoniyatini 
kengaytirish maqsadida kiritilgan. Bu texnologiyalar HTML yordamida Web -sahifa yaratishdagi mavjud imkoniyatning 
cheklanganligi va ana shu cheklovdan oʻtib ketish uchun yaratilgan yoki qoʻshilgan hisoblanadi. Chunki bizga ma ’iumki 
HTMLning faqatgina oʻzidan foydalanib, bugungi kunda mukammal Web -sahifalar yaratib boʻlmaydi. Boshqacha aytganda
mavjud Internetda matnli ma ’lumotlar va grafik ma’lumotiarga moʻljallangan juda yaxshi texnologiyalar mavjud edi. Ammo 
multimedia imkoniyatlariga 
koʻnikib qolgan odamlar esa bunga koʻnika olmadi. Shu sababli Internet 
imkoniyatlarini kengaytirish kerak edi. 
DHTML 
asosida yaratilgan sahifa serverdagi qoʻshimcha ma’lumotlarga murojaat qilmasdan turib 
ham oʻzgarish imkoniyatiga ega. 
DHTML 
oʻzida turli xildagi standartlarga (CSS, 
DOM, 
JavaScript va 
gipermatnlarni belgilash tillariga) asoslangan kombinatsiyalarni namoyon qiladi. Bu standartlarning 
kombinatsiyasi sizning web-sahifangizning interfaolligini oshirish imkonini beradi. Boshqacha aytganda, 
sahifaga tashrif buyurgan foydalanuvchi uning tashqi koʻrinishi va mazmunini serverga murojaatlarsiz 
oʻzgartira olish imkoniyatidir. 
 

Download 437.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling