1. Web-dizayn tushunchasi Dizayn ingliz tilidan design
Download 437.02 Kb. Pdf ko'rish
|
1-maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Server tomonidagi ssenariylar
Microsoft Silverlight –
bu dasturiy platforma boʻlib, RIA (Rich Internet Application)ga xos boʻlgan animatsiyalar, vektorli grafika va audio-video roliklardan tarkib topgan ilovalarni yuklash imkonini beradigan brauzer uchun plaginlarni oʻz ichiga oladi. Bu esa Silverlight barcha brauzerlarda WMV, WMA va MP3 kabi formatlarni Windows Media Player singari qoʻshimcha komponentlarsiz ijro qilish imkoniyatini beradi. Dasturning 2.0 versiyasi 2008-yil oktabrda ishlab chiqilgan boʻlib, unga .NET tillari bilan ishlash imkoniyati qoʻshilgan. Bundan tashqari, Microsoft kom paniyasi 2009-yil iyulda IDE bilan integratsiyalashgan Silverlight 3 va Microsoft Expression Studio 3 dasturlarini ishlab chiqdi. Silverlight platformasi Windows 2000, Windows XP, Windows Server 2003, Windows Vista, Windows 7, Mac OS X 10.4, Mac OS X 10.5, Mac OS X 10.6 operatsion tizimlariga va Internet Explorer 6.0/7.0/8.0, Mozilla Firefox 1.5/2.0/3, Safari 3.1, Google Chrome 3.0, Opera 9.5 0 brauzerlariga moʻljallangan. VBScript nima? VBScript tili Microsoft korporatsiyasi tomonidan yaratilgan boʻlib, Visual Basic tilining bir qismi hisoblanadi. VBScript tili Internet Explorer va Microsoft Internet Information Server (IIS)lar bilan ishlashga moʻljallangan tildir. VBScript tilining JavaScript tili bilan umumiy qismlari bir nechta. Jumladan, u aynan Microsoft Internet Explorer bilan ishlash va uning qoʻlla nish sohasini cheklay olish imkoniyatiga ega. VBScript interpretatorli (sharhlovchi, izohl ovchi, tushuntirib beruvchi) til hisoblanib, Microsoftning Web-texnologiyalari (masalan ASP (Active Server Page)) bilan hamkorlikda ishlay oladi. Shunga qaramay VBScript mijoz tomonida ishlovchi ssenariy hisoblanadi, ASP esa server tomonida ishlaydi. Server tomonidagi ssenariylar Dasturning ishlashi toʻliq sayt joylashtirilgan serverga bogʻliq. Server tillarining ishlashining muhim jihatlaridan biri bu serverda tartiblangan holda saqlanuvchi va xohlagan paytda chaqirilishi mumkin boʻlgan ma ’lumotlarni bevosita ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimlari bilan oʻzaro bogʻlangan holda faoliyat yuritadi. Eng koʻp ishlatiladigan ma ’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari quyidagilar: Firebird, IBM DB2 Express-C, Microsoft SQL Server, Microsoft SQL Server Express, mSQL, MySQL, Oracle, PostgreSQL, SQLite, Sybase Adaptive Server Enterprise. Server tomonida bajarilishi kerak boʻlgan ssenariylar, odatda, sayt papkasining ichidagi maxsus papkaga joylashtiriladi. Foydalanuvchi soʻroviga asosan server bu ssenariyni bajaradi. Bajarilgan ssenariy natijasi web-serverga uzatiladi va undan soʻng mijozga uzatiladi. Server tomonidagi ssenariylarni tashkil etishi uchun, odatda, Perl, ASP, PHP, JSP, SSI kabi tillar va texnologiyalardan foydalaniladi. Perl nima? Perl – bu protsedurali dasturlash tili boʻlib, juda keng qamrovli topshiriqlarni yechish uchun moʻljallangan universal uskunadir. Perl boshqa toʻlaqonli tillar singari platformalarga, operatsion tizim va boshqa vositalarga bogʻliq boʻlmagan funksiyalar va qoidalar toʻplamiga ega asosdan tashkil topgan. Perl tili Web-ilovalar yaratishda eng ommabop tillardan biri hisoblanadi. Matnlarni qidirish va tahrirlash, fayllar bilan qulay ishlay olish qoidalari uchun Perl tili Internetning asosiy tillaridan biri boʻlib qoldi. Perl – interpretatorli til hisoblanadi, shu bois unda yaratilgan ssenariylar ishlashi uchun server kompyuterda Perl- interpretator oʻrnatilgan boʻlishi kerak. Bevosita Perl-kodning interpretatsiya qilinish jarayoni uning samaradorligini pasaytiradi. Bugungi kunda Perlning asosiy yutuqlaridan, uning barcha platformalar uchun ishlay olishi va uning barcha resurslari bepul tarqatilayotganligidir. Koʻpgina web-serverlar UNIXda ishlaydi, Perl-interpretator esa bu operatsion tizimning bir qismi hisoblanadi. ASP nima? Download 437.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling