1. Web-dizayn tushunchasi Dizayn ingliz tilidan design
Download 437.02 Kb. Pdf ko'rish
|
1-maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-rasm. Web-dasturlash tillarining guruhlarga boʻlinishi . 4. Mijoz va Server tomonidagi ssenariylar
- ActionScript
Grafik muharrirlar: Adobe Photoshop, Corel Draw, Adobe Illustrator, AutoCad, Ulead Photoimpact.
Web muharrirlar: FrontPage, Macromedia Dreamweaver, HomeSite, WebStudio, Web Page Maker. Animator dasturlar: Adobe Flash, 3DS Max, GIF Animator, XARA 3D, Alias MAYA. Audio-video muharrirlar: Ulead VideoStudio, Pinnacle Studio, Video EditMagic, Sound Forje, Adobe Premiere Pro. Bundan tashqari web-muharrirlarning ham turlari juda koʻp. Ular oʻzining imkoniyati, tezkorligi, interfeysi va boshqa xususiyatlari bilan farqlanadi. Bular: Блокнот (NotePad), AkelPad, Sothing DHTML Menu, PHP Designer, HTML Reader, HomeSite, Dreamwearver CS4. Web-dizaynda qoʻllaniladigan bir qancha dasturiy vositalar mavjud. Bir qancha uskunaviy dasturlar, turli dasturlash tillari va boshqalar. Eng koʻp qoʻllaniladigan tillarga misol qilib, HTML – gipermatnlarni belgilash tili, PHP, ASP, Java, JavaScript, DHTML va boshqa tillarni aytish mumkin. Web-dasturlash tillari ikki guruhga boʻlinadi: mijoz va server tillari. Biz yuqorida web-serverga ta’rif berdik. Unga koʻra server sizning saytingiz saqlanadigan, brauzerning soʻrovlari qayta ishlanadigan, qaysidir sahifadagi dasturlar saqlanadi. Undan tashqari serverga quyidagicha ta’rif berish mumkin: server – tarmoq ishini ta’minlovchi maxsus kompyuter. Server disklarida kompyuterlarni birgalikda ishlash imkonini beruvchi dasturlar, ma’lumotlar ba’zalari va boshqalar saqalanadi. Bundan tashqari, serverlar modemli va faksli aloqalarni, ma’lumotlarni bosmaga chiqarish ishlarini amalga oshiradi. Serverda joylashgan dasturlardan foydalanish doirasi umumiy masalaning qoʻyilishiga koʻra cheklangan boʻlishi mumkin (2-rasm). 2-rasm. Web-dasturlash tillarining guruhlarga boʻlinishi. 4. Mijoz va Server tomonidagi ssenariylar JavaScript nima? Mijoz tillaridan eng koʻp tarqalgani JavaScript tili boʻlib, Netscape (Netscape Navigator, www.netscape.com) SunMicrosystems (www.sun.com) kompaniyalari hamkorligida ishlab chiqilgan. JavaScript faol HTML-sahifalar uchun ssenariylar yozishga moʻljallangan. JavaScript avtonom ravishda ishlaydigan ilovalarni yaratishga moʻljallanmagan. JavaScriptdagi dasturlar bevosita, HTML-hujjat kodi ichiga quriladi va brauzerda sahifaning yuklanishi vaqtida faollashadi. Sodda qilib aytganda, Java Script HTMLning cheklangan, sodda imkoniyatlarini kengaytirish va toʻlaqonli sahifalar yaratishga moʻljallangan. JavaScript yordamida, odatda, ma’lumotli va muloqot oynalarini chiqarish, animatsiyalarni koʻrsatish kabi vazifalarni bajarish mumkin. Bundan tashqari, JavaScript-ssenariy yordamida ba’zan oʻzi ishlab turgan brauzer va platforma tipini aniqlash mumkin. JavaScript-ssenariylar foydalanuvchi tomonidan kiritilayotgan ma’lumotlarning toʻgʻriligini tekshirishda ham qulay hisoblanadi. ActionScript nima? ActionScript – obyektga yoʻnaltirilgan dasturlash tili boʻlib, Flash-ilovalar tarkibida interfaollik, ma’lumotlarni qayta ishlash va boshqa koʻplab imkoniyatlarni beradigan ECMAScript dialektlaridan biri hisoblanadi. Silverlight nima? Download 437.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling