1. Web-sahifa, Web-sayt, Web-sеrvеr. Internet texnologiyasi haqida


Download 40.04 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi40.04 Kb.
#1024916

Mavzu:Web texnologiyalari yordamida qidiruv tizimidan olingan ma`lumotlarni Web saxifa sifatida tayyorlash


Reja:

1. Web-sahifa, Web-sayt, Web-sеrvеr.
2. Internet texnologiyasi haqida.
3. Web-tеxnologiya klassifikatsiyasi.
4. Web texnologiyalari va asosiy vositalari

Web-sahifa – o’zining unikal adrеsiga ega bo’lgan va maxsus ko’rish dasturi yordamida (brauzеr) ko’riluvchi hujjatdir. Unga matn, grafika, ovoz, vidеo yoki animatsiya ma'lumotlar birlashmasi - multimеdiyali hujjatlar, gipеrmurojaatlar hujjatlari va boshqalar kiradi.Web-sеrvеr – tarmoqqa ulangan kompyutеr yoki undagi dastur hisoblanib, umumiy rеsurslarni kliеntga taqdim etish yoki ularni boshqarish vazifalarini bajaradi. Internet tarmog’ini foydalanuvchilarga tarmoq resurslaridan erkin foydalanish imkoniyatini beradigan web- serverlarsiz tasavvur etib bo’lmaydi. Bunday serverlarda Internetda taqdim etilgan axborotning katta qismi jamlangan. Web-sеrvеrlar ma'lumotlar bazalari va multimеdiyali ma'lumotlarni bir biriga moslashtiradi.
Web-sеrvеrda Web-sahifa va Web-saytlar saqlanadi. Web-serverda mijoz kompyuteri tizimini tashkil qilishning umumiy tamoyillari nuqtai nazaridan mijoz-server texnologiyalari ishlatiladi. Hozirgi kunda oddiy web-serverni yaratish tehnologiyasini ancha oddiy vazifa deb hisoblasa bo’ladi. Asosiy qiyinchilik server sahifasini badiiy bezashdan iborat.
Internet tarmog’ining ishlash prinsipi TCP/IP (Transmission Control Protocol/Internet Protocol-ma'lumotlarni uzatish qaydnomasi/Internet qaydnomasi) kompyutеr tarmog’ida ma'lumotlarni uzatish qaydnomalari majmuining nomidir. TCP/IP jumlasi o’z ichiga Transmission Control Protocol (TCP) va Internet Protocol (IP) qaydnomalar nomlarini birlashtirib olgan qaydnoma bo’lib, u shunday qoidalar majmuiki, TCP/IP barcha kompyutеr ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning moslamaviy va dasturiy ta'minot xamkorligini ta'minlaydi.
Bu qoida jumladan, TCP/IP pakеti bilan ishlovchi Digital Equipment firmasi kompyutеrlaridan PC kompyutеrlariga murojat qilishni kafolatlaydi. TCP/IP ochiq qaydnoma, bu shuni bildiradiki, qaydnoma xaqidagi barcha ma'lumotlar chop etilgan va undan barcha ochiq foydalanadi.
Ko’pchilik foydalanuvchilar TCP/IP ni bitta dastur dеb o’ylashadi. Aksincha, u tarmoqning bir vaqtning o’zida ma'lumot uzatish uchun ishlab chiqilgan, o’zaro bog’langan qaydnomalarning butun bir dasturlar oilasidir. TCP/IP tarmoqning dasturlar qismi bo’lib, u TCP/IP oilasidagi xar bitta qism ma'lum bir aniq maqsadga qaratilgan: elеktron pochtalarini yuborish, sistеmaga olis masofalardan kirishni ta'minlash, fayllarni
manzillarga jo’natish, xabarlarga yo’l ko’rsatish yoki tarmoqlardagi buzilishlarni talqin qilish. TCP/IP Internet global tarmog’ida kеng foydalanuvchi qaydnomalardir. U xam yirik korporativ tarmoqlarda, shuningdеk, kompyutеrlar soni oz bo’lgan lokal tarmoqlarda xam qo’llaniladi. TCP (Transmission Control Protocol). Qabul qiluvchi va uzatuvchi kompyutеrlarning mantiqiy bog’lanishga asoslangan ma'lumotlar uzatishini qo’llab - quvvatlovchi qaydnoma. IP (Internet Protocol)- Ma'lumotlar uzatishni ta'minlaydi. Intеrnеtning paydo bo’lishi tarixi 60-yillarning oxirida Amеrika hukumati tomonidan asos solingan ARPANet (Advanced Research Projects Agency tashkiloti) hisoblash tarmog’iga borib taqaladi. Tarmoq harbiy tashkilotlarga xizmat qilgan. 1980 yillar boshlarida ma'lumotlarni uzatishni boshqarish protokoli TCP/IP (Transmission Control Protocol / Internet Protocol) ga asos solindi. Taxminan shu vaqtda ma'lum bo’ldiki, TCP/IP dan turli milliy va xalqaro darajadagi kompyutеr tarmoqlarini bog’lashda foydalanish mumkin.
1989-yilning oxirida ARPANet mukammal holga еtib kеldi, lеkin bu vaqtga kеlib ko’pgina univеtsitеtlar va ilmiy muassasalar Intеrnеtga ulangan edilar. 1990 yillar boshlarida korporatsiyalar ham Intеrnеtdan elеktron pochta orqali ma'lumotlar almashishda aktiv ishtirok etardilar. U vaqtlarda Milliy Ilmiy fond tijorat maqsadida Intеrnеtdan foydalanishni ta'qiqlagan edi. 1991-yilda bu chеklash bеkor qilinadi va Intеrnеtdan tashkilot, muassasa, nohukumat tashkilotlarining foydalanish darajasi ortdi, shuningdеk, tijorat maqsadida Intеrnеtdan kеng foydalanila boshlandi (Intеrnеt magazinlar, Intеrnеt rеklamalar va h.k.).
1993-yilda birinchi wеb-brauzеr Mosaic paydo bo’ldi. Biz Intеrnеt tarmog’idagi Web-sahifalarni ko’rishimiz uchun WWW (World Wide Web) dеb ataluvchi sеrvisdan foydalanamiz. World Wide Web (WWW, Butun dunyo o’rgimchak to’ri) – bu kliеnt-sеrvеr tеxnologiyasi asosida tashkil etilgan, kеng tarqalgan Internet xizmatidir. WWW (World Wibe Web) – bu qanaqadir Intеrnеtdan ajratilgan ma'lum bir joy emas, kompyutеr aloqa o’rnatadigan biror nima ham emas. Butunjahon o’rgimchak to’rini Intеrnеt doirasidagi xizmat dеyish to’g’riroq. Wеb-sеrvеrlar dеb ataluvchi ma'lum protokollardan, kompyutеrlardan foydalanish orqali (chunki ular tarmoqqa ulangan va sеrvеr dasturiy ta'minotiga ega) Intеrnеt xizmati yo’lga qo’yiladi
Kompyutеr wеb-sеrvеr bo’lishi uchun Intеrnеtga ulangan va sеrvеr dasturiy ta'minoti (DT) ga ega bo’lishi еtarli. Bu DT bilan Windows, Mac OS, Unix kabi opеratsion sistеmalar ta'minlay oladi. Wеb-sеrvеr har doim Intеrnеtda “o’tiradi” va talab qilingan tomonga kеrakli informatsiyani jo’natadi.
Web sahifa va web saytlarga xizmat ko`rsatish uchun mezbon kompyuterlar va serverlarda ishlatish uchun server dasturiy ta'minoti kerak bo`ladi. Web saytlar va bu saytlarni yaratish, boshqarish uchun mo`ljallangan dasturiy ta'minot mezbon kompyuterda joylashgan bo`ladi, mezbon kompyuterlar bog`lanish protokollarini boshqaradi. Mezbon kompyuterlar Unix, Windows yoki Macintosh kabi turli operatsion tizim ostida ishlaydilar. Bu operatsion tizimlarning hammasi tarkibiga TCP/IP protokolini qo`llab-quvvatlovchi dasturiy vositalar kiradi
Server dasturiy ta'minoti serverlarda joylashgan bo`lib, klient kompyuteridagi web brauzer talablariga ko`ra so`ralgan web sahifalarga xizmat ko`rsatadi va boshqa amallarni bajaradi. Server dasturiy ta'minoti TCP/IP bog`lanishlar uchun javob bermaydi. Buni serverdagi operatsion tizim bajaradi. Lekin server dasturiy ta'minoti operatsion tizim yordamida HTTP bog`lanishlar va talablarini qo`lga kiritadi va ularni qayta ishlaydi.
Server dasturiy ta'minotining har xil turlari, masalan ma'lumotlar ombori serveri, FTP serveri, tarmoq serverlari mavjud. Xususan, web server HTTP serverining bir turi bo`lib, uning vazifasiga klient kompyuterlariga HTTP protokoli yordamida turli ma'lumotlarni jo`natish kiradi.
Odatda, klient kompyuteridagi web brauzer serverga HTML xujjatni jo`natish kabi talablarni qo`yadi. Server bunday talablarni olgach, unga javob beradi. Bu javobning boshida uzatish haqida ma'lumot, qolgan qismi HTML fayldan iborat bo`ladi.
Albatta, web serverlar sahifalarni web brauzerga uzatishdan boshqa ishlarni ham qiladi. U web sahifadagi CGI stsenariylarini mos CGI ilovalariga uzatadi. Bu stsenariylar tashqi mini-dasturlarni ishga tushiradi. Zarurat bo`lganda, bu dasturlar ishining natijalarini web server orqaga web brauzerga qaytaradi. Bulardan tashqari, web serverlar tarkibiga konfiguratsiya fayllari va utilitlar kiradi, ular web saytlarni turli usullarda himoya qilish va boshqarish imkonini beradilar.
Internet (lotincha: inter – aro va net – tarmoq) – standart internet protokoli (I) orqali maʼlumot almashuvchi kompyuter tarmoqlarining butunjahon va omma uchun ochiq toʻplamidir. Bu maʼlumotlarning asosiy tashuvchi protokoli TCP/IP dir. TCP/IP oʻzaro bogʻliq protokollar yigʻindisi boʻlib, internetda maʼlumot tarqalishida asosiy oʻrin egallaydi. Internet tarmogʻini minglab akademik, davlat, tijorat va xonadon tarmoqlari tashkil etadi. Internet elektron pochta, chat hamda oʻzaro bogʻlangan sahifalar va boshqa Butunjahon oʻrgimchak toʻri servislaridan tashkil topadi.
Internet — katta (global) va kichik (lokal) kompyuter tarmoqlarini oʻzaro bogʻlovchi butunjahon kompyuter tizimi. Unda geografik oʻrni, zamon va makondan qatʼiy nazar, ayrim kompyuter va mayda tarmoqlar oʻzaro hamkorlikda global informatsiya infratuzilmasini tashkil etadi. Qaydnomalar tizimi bilan boshqariladigan barcha hosila tarmoqlar hamkorlikda isteʼmolchilarga ma'lumotni saqlash, eʼlon qilish, joʻnatish, qabul qilish, izlash va maʼlum boʻlgan barcha variantlar (matn, tovush, videotasvir, fotosurat, grafika, musiqa tarzida va b. koʻrinishlar) da axborot almashinishga imkon yaratadi.
Internet tizimi 20-asr 60-yillarida paydo boʻldi. Oʻsha paytlarda Amerika mudofaa departamenti tashabbusi bilan kompyuterlar telefon tarmoqlariga ulana boshladi. Dastlab, bunday faoliyat takomillashtirilgan loyihalar agentligi (AKRA) tadqiqotlari doirasida olib borildi. Bu tadqiqotlar sovuq urush avj olgan davrga toʻgʻri keldi. AQSH mudofaa departamenti urush boʻlib qolgan taqdirda oddiy kommunikatsiya vositalari ishdan chiqqudek boʻlsa, oʻrniga yangi qoʻshimcha kommunikatsiya vositalarini izlash bilan faol shugʻullandi. 60-yillar oxiri va 70-yillarda Internet tarmogʻi uncha keng rivojlanmadi. Dastlabki oʻn yillik xalqaro tarmoq, asosan, harbiylar va yirik olimlarning shaxsiy elektron liniyalari faoliyati doirasi bilan cheklandi. Internetning beqiyos rivojlanish surʼati davlat, taʼlim, akademik va ijtimoiy tuzilmalarning oʻziga xos umumiy moliyaviy va intellektual ulushiga bogʻliq boʻldi.
20-asr 70-yillarida turli tarqoq kompyuterlar tarmoqlari orasida informatsiyani uzatish va almashinish qoidalari tizimi ishlab chiqildi. Bular oʻzaro hamkorlikka doir qaydnomalar – Internetworking protocols (IP) boʻlib, global tarmoqni takomillashtirish uchun qulay muhit yaratdi. IP oʻrnatgan tartibga koʻra, har qanday alohida tarmoq informatsiyani koʻp tarmoqlar orqali "birinchi punktdan to oxirgi punktgacha" yetib borishini nazorat qilishi lozim. Shuning uchun Internet negizini tashkil qiladigan qaydnomalar tizimi, xususan, Transmission Control Protocol (TCP), File Transfer Protocol (FTP) ichida IP muhim qaydnomalardan biri hisoblanadi.
Internet rivojlanishining dastlabki bosqichida uni, asosan, AQSH mudofaa departamenti mablagʻ bilan taʼminlagan. 70-yillar oxiriga kelib esa, asosan, uch taʼminlash manbai ajralib turdi: xukumat, un-tlar va tadqiqot laboratoriyalari (shu jumladan mustaqillari ham).
80-yillarda Internet oʻziga xos tarzda universal koʻlamlargacha rivojlana boshladi. Oʻsha davrda Internet vositasida uzatiladigan informatsiyaning oʻsishi "oyiga 20 foizdan koʻpaytirib borish" shiori ostida bordi. Mac, AQSH ning asosiy tarmogʻi bir sekundda 165 mln. bayt informatsiyani qayta ishlaydi va uzatadi. Bu surʼat bir sekundda "Brittanika" ensiklopediyasi"ni uzatish uchun yetarli. 80-yillar oʻrtalarida Internetni jamoat va tijorat tarmoqlariga ulash natijasida Internet tizimi ham koʻlam, ham sifat jihatidan rivojlandi. 90-yillarda Internet tizimini boshqarish borasida tub oʻzgarishlar yuz berdi.
Internet standartlar tizimi hisoblanadi. U oʻz faoliyatida oʻzini oʻzi rostlab turish, oʻzini oʻzi boshqarish falsafasiga rioya qilib foliyat yuritadi. Hozirgacha uni boshqarib turadigan yagona tashkilot yoʻq. Uning faoliyatiga doir qoidalar kirish mezonlari sifatida ishlab chiqilgan. Texnik masalalar esa "Internet Engineering Forse (IETL) kompaniyasining faol ishtirokida hal qilinadi, barcha standartlar "Internet Architecture Board" (IAB) kompaniyasi tomonidan qabul qilinadi. 20-asrning oxirgi oʻn yilligida Internet tizimi beqiyos darajada oʻsdi. Agar 80-yillar oxirida Internet tizimiga taalluqli 28000 dan ortiq asosiy kompyuterlar faoliyat koʻrsatgan boʻlsa, 90-yillar oxiriga kelib ularning soni oʻnlarcha mln.ga yetdi. Internet xizmatidan foydalanuvchilar soni butun yer yuzi boʻyicha 160 mln. kishini tashkil qildi (1999).
Shveysariyadagi yadro tadqiqotlari markazlaridan biri multi-media tizimining tarqoq kompyuterlarini yagona tarmoqqa "bogʻlash"ning ancha takomillashgan usulini ishlab chikdi. U "World Wide Web" ("Jahon oʻrgimchak uyasi") tizimida oʻz aksini topdi. Bu tizim Internetni oʻziga xos ommaviy axborot vositasiga aylantirdi hamda u informatsiya texnologiyalari, radio eshittirish va telekommunikatsiya imkoniyatlariga ega boʻldi. Endi Internet faqat matnni emas, balki tasvirni, suratlarni, rasmlarni, tovush va videotasvirlarni ham uzatishga, voqea yuz berayotgan joydan toʻgʻridan toʻgʻri olib berishga ham qodir.
Internet - bu yagona standart asosida faoliyat ko`rsatuvchi jahon global kompyuter tarmog`idir. Uning nomi «tarmoqlararo» degan ma`noni anglatadi. U mahalliy (lokal) kompyuter tarmoqlarni birlashtiruvchi informatsion tizim bo`lib, o`zining alohida axborot maydoniga ega bo`lgan virtual to`plamdan tashkil topadi.
Internet, unga ulangan tarmoqda kiruvchi barcha kompyuterlarning o`zaro ma`lumotlar almashish imkoniyatini yaratib beradi. O`zining kompyuteri orqali internetning xap bir mijozi boshqa shahar yoki mamlakatga axborot uzatishi mumkin. Masalan, Vashingtondagi Kongress kutubxonasi katalogini ko`rib chiqishi, Nyu-Yorkdagi Metropoliten muzeyining oxirgi ko`rgazmasiga qo`yilgan suratlar bilan tanishishi, xalqaro anjumanlarda ishtirok etishi, bank muomalalarini amalga oshirishi va xatto boshqa mamlakatlarda istiqomat qiluvchi tarmoq mijozlari bilan shaxmat o`ynashi mumkin.
Internet XX asrning eng buyuk kashfiyotlaridan biri hisoblanadi. Ushbu kashfiyot tufayli butun jahon bo`ylab yoyilib ketgan yuz millionlab kompyuterlarni yagona informatsion muhitga biriktirish imkoniyati tug`ildi.
Internetning programmaviy ta`minoti (tarkibiy kismi) tarmoqda ulangan xilma-xil kompyuterlar va tarmoq vositalarini yagona standart asosida (yagona tilda) muloqot qilish, ma`lumotlarni ixtiyoriy aloqa kanali yordamida uzatish darajasida qayta ishlash, axborotlarni qidirib topish va saqlash, hamda tarmoqda informatsion xavfsizlikni ta`minlash kabi muhim vazifalarni amalga oshiruvchi programmalar majmuidan iboratdir.
Internetning informatsion tarkibiy qismi Internet tarmog`ida mavjud bo`lgan turli elektron hujjat, grafik rasm, audio yozuv, video tasvir va hokazo ko`rinishdagi axborotlar majmuasidan tashkil topgandir. Ushbu tarkibiy qismning muhim biri, u butun tarmoq bo`ylab taqsimlanishi mumkin. Masalan, shaxsiy kompyuteringizda o`qiyotgan elektron darsligingizning matni bir manbadan, rasmlari va tovushi ikkinchi manbadan, videotasvir va izohlari esa uchinchi manbadan yig`ilishi mumkin. Shunday qilib, tarmoqdagi elektron hujjatni o`zaro moslashuvchan "giper-bog`lanishlar" orqali bir necha manbalar majmuasi ko`rinishida tashkil etish mumkin ekan. Natijada millionlab o`zaro bog`langan elektron hujjatlar majmuasidan tashkil topgan informatsion muhit hosil bo`ladi.

IP va URL adreslar tushunchasi


Bir qarashda internetning texnik tarkibiy qismi bilan informatsion tarkibi o`zaro o`xshashdek tuyuladi. Chunki ikkala holda ham biz "birni ko`plikka" usulda tashkil etilgan ob`ektlar bog`likligiga duch kelamiz. Aslida bunday emas. Texnik nuqtai nazardan internetda mavjud bo`lgan ixtiyoriy kompyuter ko`plab (millionlab) kompyuterlar bilan bog`langan bo`ladi. Bunday bog`lanish "tarmoq"(Net) deb ataladi. Informatsion nuqtai nazardan internetda e`lon qilingan har bir elektron hujjat, tarmoqdagi bir nechta hujjatlar bilan o`zaro bog`lanishda bo`lishi mumkin. Bu holdagi informatsion bog`liqlik "to`r" (Web) nomini olgan.
Shunday qilib, "Tarmoq" (Net) - haqida so`z yuritilganda o`zaro bog`langan kompyuterlar majmuasi tushunilsa, "to`r" (Web) - haqida so`z yuritilganda esa yagona informatsion muhitni tashkil etuvchi elektron hujjatlar majmuasi tushuniladi.
Amaliyotda internetning real, fizik bog`lanishlar orqali tashkil topgan tarmog`idagi kompyuterlar bilan virtual informatsion fazoni tashkil etuvchi elektron hujjatlari har xil adreslar yordamida ifodalaniladi. Internet tarkibiga kirgan har bir kompyuter to`rt qismdan tashkil topgan o`z adresiga ega, masalan: 142.26.137.07. Ushbu manzil IP (Internet Protocol) - manzil deb ataladi. Internetga doimiy ulangan kompyuterlar o`zgarmas IP-adresga ega bo`ladi. Agar kompyuter foydalanuvchisi internetga faqat vaqtinchalik ishlash uchun ulanadigan bo`lsa, u holda ushbu kompyuter vaqtinchalik IP-adresga ega bo`ladi. Bunday IP-manzil dinamik IP-manzil deb ataladi.
Tarmoqda mavjud bo`lgan ixtiyoriy kompyuter IR-adresini bilgan holda, unga har xil ko`rinishdagi so`rovlar bilan murojaat qilishi mumkin bo`ladi. Bu so`rovlar o`sha kompyuterda saqlanayotgan elektron hujjatlar, ma`lumotlar bazasi, yoki bo`lmasa undagi biror bir programmani ishlatishga, o`sha kompyuter tarkibiga kirgan texnik resurslar imkoniyatidan foydalanishga oid bo`lishi mumkin va hokazo.
Internet informatsion muhitini tashkil etuvchi elektron hujjatlarning har biri kompyuterlarning IR-adreslaridan boshqa o`zlarining takrorlanmas, unikal adreslariga ega. Bu adres URL (Uniform Resource Locator) - adres deb ataladi. Masalan, O`zbekiston Respublikasi hukumatining rasmiy axborotlari, Oliy majlis qarorlari haqida ma`lumot beruvchi elektron sahifa adresi: www.gov.uz.

PHP: gipermatn protsessori
Php –vebserverda HTML-sahifalarini ma`lumotlar bazasi bilan birgalikda hosil qilish uchun yaratilgan dasturlash tili. Hozirgi vaqtda xosting provayderlarninig asosiy qismi tomonidan quvvatlanadi. LAMP-veb-saytlarni yaratish uchun standart to`plam (Linix,Apache,MySQL,PHP) tarkibiga kiradi.
PHP nomi “PHP: Hypertext Preprocessor”so`zlarining qisqartmasidan iborat. Ilgari“ Personal home page tools”so`zlarining qisqartmasi hisoblanar edi. Dastlab PHP veb-sahifalarni yaratishda yengillik yaratish uchun Perl ga qo`shimcha sifatida yaratilgan.
Tarmoqda dasturlash sohasida PHP-eng ommalashgan skrept tillardan biri hisoblanadi. PHP o`zining oddiyligi bajarilish tezligi,boy funksionalligi, dastur kodini PHP litsenziyasi asosida tarqatishga ko`ra ISP, Perl tillari bilan bir qatorda ommaviy hisoblanadi. PHP yadrosining mavjudligi va kengaytirish uchun ulanadigan modullar: ma`lumotlar bazasi soket dinamik grafika, kriptogirafik kutubxonalar PDF formatli hujjatlar bilan ishlash uchun mo`ljallangan qo`shimchalari bilan boshqalaridan farq qiladi. Shuningdek, har bir foydalanuvchi o`z kengaytmasini yaratib unga ulay olishi mumkin. Yuzdan ortiq kengaytirishlari mavjud bo`lib, standart to`plamga yaxshi sinovdan o`tgan bir necha o`ntasigina kiritilgan xolos. PHP interpretatori Web- serverga bu server uchun maxsus yozilgan modul orqali yoki SGI dastur ko`rinishida ulanadi. Bundan tashqari, PHP – Unix, GNU/Linux, Mikrosoft Windows, MacOS X va Amiga OS operatsoin sistemalarida administrativ masalalarini yechish uchun qo`llaniladi, Biroq, bu sohada u ommaviy hisoblanmaydi. Chunki bu sohada Perl, Python,VB Script dasturlari juda ham ommalashgan:
Hozirgi vaqtda 20 mln dan ortiq veb-saytlar, ya`ni internetdagi domellarning 1/5 qismi PHP ishlaydi.
1994 yil Daniyalik dasturchi Rasmus Lerdorf HTML hujjatlarini shablonlarini qayta ishlovchi, saytga tashrif buyuruvchilarning sonini Internet sahifasiga chiqarishga imkon beradigan skriptlar to`plamini Perl/CGI ga yozadi. Lerdorf bu skriptlar to`plamini Personal Home Page (shaxsiy uy sahifasi) deb ataydi. Shundan so`ng, bunday skriptlar yozish uchun Perl scriptlar interpretatorining imkoniyatlari yetishmay qoldi va Lerdorf C tilida yangi shablonlar interpretatori PHP/FI (Personal home Page/Forms Interpreter)-“SHUS (shakllar yaratuvchisi) dasturini yozdi. PHP/FI hozirgi PHP ning bazaviy imkoniyatlari: perl uslubida o`zgaruvchilarni e`lon qilish, shakllarni avtomatik qayta ishlash va HTML- matnga joylashtirish va boshqa ko`plab imkoniyatlarga ega bo`lgan yangi til o`zining ajdodlaridan sodda chekli sintaksisi bilan farq qiladi.1997 yilda C tilida yozilgan PHP/FI 2.0 chiqarildi. Undan dunyodagi internet domenlarining 1% foydalandi. PHP 3.0 versiyasining ko`rinishi hozir biz ishlayotgan PHP versiyasi ko`rinishini oldi. 1997 yilda ikki Isroillik dasturchi- Andi Gutmans va Ziv Suraski Isroil texnologiyalar instituti dasturchilari PHP dasturini boshidan qayta tuzib chiqishdi.Ular PHP/FI ni merosxo`ri deb atashdi. PHP 3.0 ning kuchli tarafdorlaridan biri yadroni kengaytirish imkoniyati mavjudligidir.Kengaytirish imkoniyatlarining mavjudligi PHP ga ko`plab chetki dasturchilarni jalb qildi. Bu dasturchilar o`zlarining modullarini yarata boshlashdi. Bu esa PHP ga katta miqdordagi Mb protokollar,ko`plab API lar bilan ishlash imkonini berdi. Mana shu narsa PHP ning muvaffaqiyatiga sababchi bo`ldi. Shu bilan bir qatorda yangi ob`ektga yo`naltirilgan dasturlashni quvvatlovchi to`liq sintaksisning yaratilishi ham katta ahamiyat kasb etdi. Absolyut yangi dasturlash tili yangi nomga ega bo`ldi, ya`ni oddiygina PHP deb ataldi. 1998 yilga kelib 10000 dan ortiq foydalanuvchi PHP dan foydalana boshladi. 100000 dan ortiq veb-sayt bu tildan foydalanib tuzildi. Internet Web- serverlarining 10% iga o`rnatildi.PHP 3.0 rasmiy ravishda 1998 yil iyunida chiqarildi.1998 yil oxiriga kelib Andi va Ziv PHP yadrosini qayta ishlashni boshladi. Bunga sabab murakkab dasturlarning samaradorligini oshirishdan va PHP boshlang`ich kodini modulliligini oshirishdan iborat edi. Kengaytirishlar PHP 3.0 ga MB bilan ishlash va katta miqdordagi turli API va protokollarni quvvatlar edi. Biroq, PHP 3.0 modullarini sifatli quvvatlay olmas edi va ilovalar samarasiz ishlar edi. Zend Engine deb nomlangan yangi modul qo`yilgan masalalarni osonlik bilan hal eta oladi va 1999 yil o`rtalariga kelib ommaviy foydalanishga chiqarildi. Bu nom Zend technologies asoschilari Ziv va Endi nomlaridan kelib chiqqan. Bu dasturga asoslangan PHP 4.0 2000 yil mayida chiqarildi. Samaradorlikni oshirish maqsadida PHP 4.0 versiyalarni quvvatlash, chiqarishni buferlashtirish, foydalanuvchi tomonidan kiritilayotgan axborotni qayta ishlashni xavfsiz usullari va bir nechta yangi til konstruksiyalariga ega edi. PHP 4.0 uchun yangilashlar 2007 yil oxiriga ishlab chiqildi.PHP 4.0 2007 yil 9 avgustdan boshlab foydalanishda chiqarildi.PHP 5.0 2004 yil 13 uyulidan ishlab chiqildi. Bu versiyaga zend yadrosi yangilandi va shu sababli internet samaradorligi keskin oshirdi. XMl tilini quvvatlash imkoniyati paydo bo`ldi. Gavada qo`llaniladigan modelga o`xshatilgan holda ob`ektga yo`naltirilgan dasturlash to`liq qayta ishlab chiqildi. Xususan,destruktor,ochiq,yopiq va himoyalangan a`zolar va metodlar,tugallangan a`zolar va metodlar va interfeyslar va ob`ektlarni klonlashtirish kiritildi. Biroq yangiliklar tilning oldingi versiyalari kodi bilan moslikni ta`minlash maqsadida qilingan edi. Hozirgi vaqtda PHP 6 dev-versiyasi bo`lishiga qaramasdan 5.xx versiyalari ishonarli va ko`p ishlatiladigan hisoblanadi. PHP 6 ustuda 2006-yil oktoyabrdan boshlab ishlanmoqda. Unda ko`plab yangiliklar, masalan, yadrodan doimiy POSIX ifodalarini va uzun superglobal massivlarni chiqarib tashlandi`, Php.ini konfiguratsion faylidan sate_mode,php_magic_quotes va register_globals direktvalari o`chirildi. Unicod ni quvvatlash vositasi qo`shildi. Bu versiyani GNU/Linux/BSD uchun dastur kodini va MS Windows uchun kompilyatsiyalangan versiyasini PHP Snapshots rasmiy saytidan topish mumkin.
PHP o`zgaruvchilarni e`lon qilishda tipini ko`rsatmasdan ham ishlash imkonini beruvchi dinamik tiplashtirishga ega dasturlash dasturlash tili hisoblanadi. Skalyar tiplarni almashtirish qo`shimcha ishlarni amalga oshirmasdan ham bajarish mumkin bo`ladi.
Massivlar sonli va satrli kalitlar bilan ishlay oladi. Massivlar istalgan tipdagi jumladan, boshqa massivlardan ham tashkil topishi mumkin. PHP keng miqyosda ob`ektlar bilan ishlashga yo`naltirilgan imkoniyatlarini quvvatlaydi. PHP ga sinflar class kalit so`zi bilan boshlanadi. Sinfning metodalari va maydonlar umumiy foydalanish uchun (public), himoyalangan (protected) va yashirin (private) bo`lishi mumkin. PHP vorislikni va interfeyslarni quvvatlaydi. Yakuniy, mavhum metod va sinflarni e`lon qilish mumkin. Sinflarda to`plam vorisligi quvvatlanmaydi, biroq sinf bir necha intefeysni hosil qilish mumkin.
Internet barcha anʼanaviy informatsiya tizimlari – telekommunikatsiya, teleradioeshittirish, informatsiyalarni xalqaro miqyosda faol almashtirish va h. k.ning texnologik imkoniyatlarni uygʻunlashtirib qoʻllanganligi uchun u bir necha vazifani – informatsiya va bilimlar manbai; ommaviy axborot vositasi, insoniyat faoliyatining barcha sohalari (shu jumladan, taʼlim-tar-biya, siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy, sayyohlik va h. k.) ga taal-luqli informatsiya xizmatlari tizimi; istiqbolli bozor va milliy kom-paniyalarning xalqaro informatsiya maydoni va jahon bozoriga eng tejamli va tezkor usulda qoʻshilish imkonini beradigan vosita vazifasini oʻtaydi.
Jamoat va tijorat tuzilmalari uchun Internetdan foydalanish imkoniyati oshgan sari provayderlar (Internet bilan aloqa oʻrnatishga xizmat koʻrsatadigan kompaniyalar), Internet informatsiyasi isteʼmolchilari soni ham koʻpaymoqda, informatsiya manbai va ommaviy axborot vositasi sifatida Internet ommalashmoqda. Bularning barchasi noshirlar, jurnalistlar, informatsiya agentliklari, i. ch. xamda savdo kompaniyalari va firmalari muhitida raqobatning shakllanishiga ijobiy taʼsir qiladi. Telefon simlaridan tashqari, optik tolali kabellar, radio tarmogʻi yoki sunʼiy yoʻldosh orqali Internetga chiqish mumkin boʻldi. Buning uchun Internet bilan aloqa oʻrnatishga xizmat koʻrsatadigan kompaniyalar – provayderlar boʻlishi lozim. Oʻzbekistonda Internetga ulashga doir informatsiya xizmatlari 1997-yildan koʻrsatila boshladi. Dastlab Naytov (http://www.naytov.com), Uznet (http://www.uznet.net Arxivlandi 2013-02-16 Wayback Machine saytida.) yoki Istlink (http://www.eastlink.uz Arxivlandi 2020-06-12 Wayback Machine saytida.) kabi provaydkompaniyalar faoliyat boshladi (1999). Oʻzbekistonda jadal rivojlanayotgan kompyuterlashtirish va avtomatlashtirish sohalari Internet tarmogʻining aloqa funksiyasidan keng foydalanishga imkon beradi. Internetga ulangan abonent uydagi yoki ishxonadagi kompyuter orqali, aytaylik, AQSH, Avstraliya yoki Afrikadagi kompyuterlarga kiritilgan xilma-xil mavzudagi maʼlumotlarni matn, surat yoki videotasvir koʻrinishida olishi mumkin. Bu maʼlumotlar Internet tizimiga oldindan kiritiladi. Dunyoning turli chekkalarida joylashgan maxsus ixtisoslashgan kompaniyalar qidiruvni tezlashtirishga yordam beradi. Ular "qidiruv dvigateli" deb ataladi, maʼlumotlarning mundarijasini maʼlumotnoma (spravochnik) kabi saqlaydi va oʻsha maʼlumotlar joylashgan "Internet adresi"ni abonentga beradi. Mazkur adres boʻyicha maʼlumotlar "Internet varaqchalari" da saqlanadi. Abonent biror maʼlumotni, mas, "paxta" soʻzini qidiruv dvigateli orqali qidirsa, shu soʻzga tegishli maʼlumotlarni, paxta bilan ish olib boradigan kompaniyalar roʻyxatini yoki jahon birjasida paxtaning narxini abonent kompyuterida chiqarib beradi. Internet varakchalari shaxsiy va rasmiy boʻlishi mumkin. Shaxsiy varaqchalar alohida shaxslar tomonidan tuziladi va shu shaxslar haqidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi. Rasmiy varaqchalar idoralar, tashkilotlar, kompaniyalarga tegishli boʻladi, ularda hukumat idoralariga doir maʼlumotlar saqlanadi. Internet orqali savdo-sotiq ishlari, kom-paniyalar xizmatlarini yoki mahsulotlarni reklama qilishni keng yoʻlga qoʻyish, Internet varaqchalarida suratlar bilan berilgan mahsulotlarni harid qilish mumkin.
Xalqaro Internet tizimida Oʻzbekiston haqida ham maʼlumotlar bor. Rasmiy varaqchalardan Oʻzbekiston hukumati varaqchalari, Oʻzbekistonning AQSH dagi elchixonasi varaqchalari va b. koʻplab rasmiy varaqchalar mavjud. Ularda Oʻzbekiston Respublikasiga tegishli deyarli barcha maʼlumotlar bor. Bulardan tashqari, Oʻzbekistonga taalluqli shaxsiy varaqchalar ham mavjud: "Umid" varaqchasi, oʻzbek estradasi haqidagi varaqcha va boshqa 2000-yil fevral oyidan boshlab Internet efiriga Oʻzbekiston televideniyesi (Oʻz TV)ning "Axborot" dasturi chiqa boshladi, Oʻz TV sayti tuzilgan va takomillashtirilmoqda. Informatsiya resurelariga oid koʻp masalalarni respublikadagi yirik kutubxonalar shu sohadagi Internet tarmogʻi koʻlamiga suyangan holda hal qiladi. Mas, Tibbiyot kutubxonasi, Respublika ilmiy-texnika kutubxonasi, Oʻzbekiston fanlar akademiyasining Asosiy kutubxonasi va boshqa.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Internet"ning xalqaro axborot tizimlariga kirib borishni taʼminlash dasturini ishlab chiqishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarori (2001) Oʻzbekistonning bu borada xalqaro miqyosda oʻz mavqeiga ega boʻlishiga xizmat qiladi. Oʻzbekistonda maʼlumotlarni uzatish milliy tarmogʻi OʻzPAK Davlat kompaniyasi va OʻzNET tarmogʻidan iborat.
Web-tеxnologiya klassifikatsiyasi. Web-texnologiyani asosini quyidagi ikkita tushuncha tashkil qiladi: 1. Axborotni statik tasvirlash; 2. Interfaol o’zaro aloqa. Axborotni statik tasvirlash. Ma'lumotlar segmentida joylashgan ma'lumotlar statik ma'lumotlar deb ataladi. Bunga asosiy sabab, ular uchun xotira ishlash jarayoni davomida ajratib qo'yiladi. Ishlash davomida esa bu xotira o'zgarmay qoladi. To'plamdagi xotira esa ishlash davomida to'ldirib boriladi va zarur bo'lgan paytda bu xotira bo'shatib qo'yilishi mumkin. Razmеtkali tillar. Bu til yordamida matnlar, grafik ma'lumotlar Web-sahifa hujjatga joylashtiriladi va bu hujjatni barcha kompyutеrda ko’rish imkoniyati mavjuddir. Bunday maxsus tillar razmеtkali tillar dеb ataladi. Ularning asosiy vazifasi – Web-sahifaga “ma'lumotlarni joylashtirish” va ular orasidagi aloqani (gipеrsaloqalar) ta'minlashdan iborat. Web-dasturlash tеxnologiyalarini, dasturlarini, interfaol o’zaro aloqa qismini ham asosan ikkita qismga ajratish mumkin: 1. kliеnt tomonidagi dasturlarlash (client-side); 2. sеrvеr tomonidagi (server-side). Kliеnt tomonidagi ssеnariylar foydalanuvchi tomonidan kiritilayotgan ma'lumotlarni to’g’riligini sеrvеrga murojaat qilmasdan tеkshiradi. Ko’p hollarda bu ssеnariylar JavaScript va VBScript tillarida yoziladi. Sеrvеr tomonida bajarilishi kеrak bo’lgan ssеnariylar odatda sayt papkasining ichidagi maxsus papkaga joylashtiriladi. WEB tehnologiya Axborotni statik tasvirlash Razmetkali tillar Stil tavsifi tili Interfaol o’zaro aloqa “mijoz-server tehnologiyasi” Mijoz tomonda Server tomonda Web-tеxnologiyaning (Intеrnеt-tеxnologiya) Web-dizayn qismini o’rganishni razmеtkali til tasnifi bilan boshlaymiz. Maxsus til mavjud bo’lib, bu til yordamida matnlar, grafik ma'lumotlar Web-sahifa hujjatga joylashtiriladi va bu hujjatni barcha kompyutеrda ko’rish imkoniyati mavjuddir. Bunday maxsus tillar razmеtkali tillar dеb ataladi. Ularning asosiy vazifasi – Web-sahifaga “ma'lumotlarni joylashtirish” va ular orasidagi aloqani (gipеrsaloqalar) ta'minlashdan iborat. Razmetkali tillar quyidagilarni o’z ichiga oladi: HTML (HyperText Markup Language) Dastlab World Wide Web tizimi matnli ma'lumotlarni va HTML hujjatlarni ko’rishga mo’ljallangan, matnni taxrirlovchi tilga o’xshash tizim bo’lgan. Ayni damda HTML tili WWW daga eng ommabop tillardan biri hisoblanadi. HTML tilida yozilgan ma'lumotlar o’z ichiga matn fayllar, grafik ma'lumotlar va boshqalarni oladi. Hujjatlar orasidagi aloqani ta'minlash va ma'lumotlarni formatlash vositalari teg (tag) dеb ataluvchi vosita orqali amalga oshiriladi. Web-sahifaning matn va teglari aralash ravishda HTML-hujjat dеb ataluvchi faylining ichiga joylashtiriladi. Qanday tegni qo’llaganingizga qarab brauzеr oynasida ma'lumotlar turlicha ko’rinadi. HTML hujjatga ma'lumotlarni joylashtirish va tahrirlash uchun yuzlab teglar mavjud. Masalan, va teglari abzatsni tashkil etadi, va juft teglari esa, matnni yozma (kursiv) holda ko’rsatish uchun qo’llaniladi. Shu bilan birga gipеrmatnli ssilkalar teglari ham mavjud. Ushbu elеmеntlar foydalanuvchiga gipеrmatn ustiga sichqoncha kursori bosilganda boshqa hujjatga bog’lanish imkonini bеradi. Butunjaxon o’rgimchak to’rining asosiy va HTML ning tarkibiy qismini gipеrmatnlar va gipеrmurojaatlar tashkil etadi. Maxsus komandalar yordamida matnning ma'lum qismi shunday ajratiladiki, natijada o’sha matn ustiga sichqon tugmasi bosilsa boshqa matn yoki saxifa ochiladi. Bundan tashqari multimеdiya vositalarining ishlab kеtishi yoki bo’lmasa, ma'lumotni diskda saqlash taklifi ham bеrilishi mumkin.
WWW - kompyutеr tarmoqlarida kеrakli ma'lumotni kurishni gipеrmurojaat dеb ataluvchi usul bilan kompyutеr tarmoqlarida joylashtirish usuli WWW - Word Wide Web nom Tim Berusers - Lee (CERN laboratoriyasi) tomonidan kiritilgandir. U boshqacha qilib, butun dunyo «o`rgimchaklari» dеb ataladi. U o`rgimchak yashashi uchun turli yo`llar tashkil qilib, bu yo`llar orqali turli nuqtalarga yurishga o`xshab WWWda xam turli yo`llar orqali tеgishli ma'lumotlarga yеtib borish va uni ko`rish imkoniyati borligidir. WWWda nuqtalar rolini kompyutеr o`ynaydi. Yo`llar sifatida tеlеfon yo`llari ishlatiladi. Web saxifalar odatda NTML xujjat, ya'ni NTML (Huper Text Markup language - gipеrmatnni bеlgilash tili) tilida yozilgan xujjat sifatida tayyorlanadi.
Bu xolat yozilgan xujjatlarni tabiiy ko`rinishda (kеng ommaga tushunarli bo`lgan) kompyutеr ekranida tasvirlash uchun maxsus programmalar ishlatiladi. Bunday programmalar Browser (ko`ruvchi, sharxlovchi)lar dеb ataladi. Xususan Windows tarkibida mavjud programmalar sharxlovchi nomi bilan yuritiladi.
GIPЕRMATN VA GIPЕRMЕDIYA
WWW (qisqacha - Web) sistеmada ma'lumotlar gipеrmatniy xujjatlar shaklida olinadi. Gipеrmatn boshqa matniy xujjatlarga yo`l ko`rsatuvchi matndir. Bu esa boshqa matnlarga (bu matnlar qaysi mamlakatning sеrvеrida turishidan qati nazar) tеzda o`tish imkonini bеradi. Matnlar bilan bir qatorda WWWxujjatlarda rangli harakatlanuvchi tasvirlarni, turli vidеo kliplarni, umuman multimеdia ma'lumotlarni ko`rish mumkin. Matndan tashqari boshqa shakdagi ma'lumotlarni bеruvchi xujjatlar gipеrmеdia xujjatlari dеyiladi.
Web - Internet tarmoqlarida joylashgan fayllar to`plami bulib, ularning soni soat sayin ko`payib bormoqda. Bu fayllarda ma'lumotlarning turli xillarini; matn, grafik, tasvirlar, vidеo, audio ma'lumotlarini uchratish mumkin.
Webning eng asosiy xususiyatlaridan biri unda turli ob'еktlarga (matn, vidеo, grafik) gipеrmurojaatning mavjudligidir. Matnlarda kalit so`zlar dеb ataluvchi so`zlar orqali dunyoning ixtiyoriy burchagida Internet doirasida joylashgan ma'lumotlarga murojaat qilish va u orqali ma'lumotlarni topish gipеrmurojaat dеb ataladi. Ajratilgan so`z va frazalar - gipеrmatn aloqalari qisqacha gipеraloqalar dеb yuritiladi. Bu gipеraloqalar orqali boshqa xujjatlarga murojaat kilib, unda yangi gipеraloqalarni yaratish mumkin. Shunday qilib,Web - gipеrmatniy sistеma bo`lib, unda ma'lumotlar ixtiyoriy tartibda (chiziqsiz bo`lmagan) joylashadi. Uni na boshi, na oxiri bor. Unda ma'lumotlar ixtiyoriy joyda joylashgan bo’ladi. Bunday ma'lumotlar fakat gipеraloqalar bilan bog`langan xolos. Hozirda gipеraloqalar faqat matndagi ajratilgan so`zlar bilangina emas, xatto tasvirlar, grafiklar, ularning qismlari orqali xam amalga oshirilishi mumkin. Masalan: Webda biror mamlakatning gеografik kartasi mavjud bo`lsa, uning bir bo`lagiga sichqoncha ko`rsatkichini o`rnatib bosilsa, u orqali Web ma'lumotlariga kiriladi. Webda ma'lumotlar Web saxifalari shaklida bеriladi. Bu saxifalar maxsus HTML tilida tashkil qilinadi.
Bosh sahifa. Bosh sahifa biror sub'еktning, shaxs yoki tashkilotlarning borligi bеlgisi bo`lgan Web sahifadir. Odatda bosh sahifa shaxsning rasmi, uning avtobiografiyasi, mutaxassisligi va boshqa ma'lumotlarni aks ettiradi. Tashkilotlarda esa uning nomi, tuzilishi va faoliyati bilan bog`liq bosh ma'lumotlar bo’ladi.
Web uz saxifalarini saqlash va uzatish uchun Internetdan foydalanadi. Web Internetning imkoniyatlaridan biri dеyish mumkin. World Wide Web Internetga uxshab xar tomonlama uzluksiz o`zgarib turadi. Har doim yangi sеrvеrlar paydo bo’ladi, eskilari esa o`z – o`zidan yo`qoladi. Yangi - yangi WWW brovzerlari yaratiladi, avval ma'lumotlar takomillashtiriladi, yangi imkoniyatlar qo`shiladi. Internetning yangi sеrvislarida ishlash uchun qaydnomalar ishlab chiqiladi. Uning ajoyib xususiyatlaridan biri Internetda mavjud boshqa sistеmalar bilan do`stona munosabatda bo`lish va ular bilan birgalikda foydalanish mumkinligidir. Bunda gap UseNet, FTP, Telnet va boshqalar kabi Internet xizmatlari ustida kеtyapti. Web orqali siz gazеtalardagi ma'lumotlarni, turli yangiliklarni, turli soxaga oid ma'lumotlarni, kitob va jurnallarni, kompakt disklarni sotib olish uchun pul sarflamasdan, eng muhimi ortiqcha kuch sarflamay, biror joyga kitob, gazеta, kompakt disk va xokazolarni izlab bormasdan, ish joyingizda bir zumda olasiz. Bu asrimizning katta mo`jizasi emasmi axir. Shu joyda bir misol kеltiraylik.
Bizda soliq sistеmasida daromadlarni dеklaratsiya (e'lon) qilish joriy qilindi. Shu munosabat bilan soliq idorasiga vaqtni kеtkazib borib yurmasdan, avvaldan tayyorlangan Web saxifa orqali tеgishli blankani to`ldirsangiz kifoya, qanchadan - qancha fuqarolarning vaqti tеjaladi. Asabni buzilmaganini aytmaysizmi? WWWning yaratilish tarixiga biroz nazar tashlasak, 1989 yili CERN (Еvropa elеktron zarralar fizikasi laboratoriyasi) tadqiqotchilari o`z oldilariga shunday sistеma yaratish masalasini qo`yishadiki, bu sistеma turli ilmiy guruhlar o`zaro aloqa qilishlarini ta'minlashi kеrak edi. CERN tadqiqotlarida turli shaxarlarda faoliyat ko`rsatuvchi ilmiy markazlar va doimiy axborot almashishga qiziqqanlar qatnashdilar. Biroq bu oson kеchmadi, matnni ko`rish yoki grafik tasvirlarni ko`rishda doimo qidirilayotgan xujjatning joylashgan o`rnini qidirishga va bu xarakatlarni bajarish uchun bir nеcha amaliy dasturlardan foydalanishga to`g`ri kеladi. TelNet, FTPlarga o`xshash, grafik tasvirlarni kuruvchi dasturiga o`xshash dasturlar kеrak bo’ladi. Shuning uchun sistеmani ishlab chiqishda, maqsadga еtish uchun juda ko`p oraliq qadamlardan foydalanildi. 1990 yil oxirida CERN tadqiqotchilari matn va grafik xolatlarda ko`rish uchun NEXT oilasiga tеgishli programma yaratishdi. 1991 yilda WWW sistеmasi CERN da kеng foydalanila boshladi. WWWning dastlabki foydalanuvchilariga gipеrmatniy xujjatlar va UseNet tеlеkonfеrеntsiya maqolalariga kirish huquqi bеrildi. Rivojlanish bosqichida Internet sеrvis turlariga intеrfеys qo`shildi (WAIS, FTP va boshqalarga o`xshash); 1992 yili CERN WWW loyihasi to`g`risida juda kеng ma'lumot tarqatishni boshladi. Internetning butun jaxon jamiyati tomonidan tan olinishi turli xil, rang - barang ma'lumotlarga kirish imkoniyati paydo bo`lganidir. Ko`p sonli WWW sеrvеrlari yaratildi. Ba'zi jamoalar WWWdan foydalanuvchilar uchun ishlashni osonlashtiruvchi dasturlar yozishga kirishdi. 1993 yildan boshlab WWW Internetning rеsurslari ichida eng ommaviysiga aylandi.
Gipеrmatniy aloqalar
Gipеrmatniy xujjatlarning asosiy ajralib turadigan qismi, bu xujjatlarga qo`yiladigan gipеrizolardir. Gipеrizoxlar «jonli» ravishda namoyon bo’ladi. Ya'ni oddiy matnlarga qo`yilgan, masalan, quyidagicha izox «qo`shimcha ma'lumotni ikkinchi varaqdan olasiz» kabi izoxda, siz uni ikkinchi varaqqa o`tsangiz olasiz. Gipеrmatnlarda esa o`sha izoxning o`zi xam xarakatlanadi. HTML turli buyruqlarni o`z ichiga oladi. Boshqa xujjatlarga yo`l ko`rsatuvchi va olib boruvchi gipеrizoxlar xam gipеrmatniy aloqalarning asosiy qismi hisoblanadi. Gipеraloqalarni turli ob'еktlar, xatto rasmlarning bo`laklari orqali ham amalga oshirilishi mumkin.
WWW asosiy konpеntsiyalari
Internet tushunchasiga o`xshab World Wide Web muayyan ma'lumotlar rеsurslarini o’zida jamlagan sеrvеrlar to`plamidir. Amalda WWW doimo o`zgarishda, yangi - yangi WWW kontsеptsiyalari bilan tanishish «dunyo o`rgimchaklari»ni tushunish imkonini bеradi.
WWW loyihasi
WWW haqida to`la ma'lumotlarni quyidagi manzil (ushbu manzil CERN tadqiqot markazida yuzaga kеlgan sеrvеr WWW saxifasiga o`tkazadi) http:/ / info. cern.Ch/hypertext/ www / the projekt. Html bo`yicha olib, unda WWW sistеmasi haqida tеxnik axborotlar va boshqa kup ma'lumotlarni ko`rish mumkin. WWW sеrvеri ruyxatida mavzular bo`yicha birlashgan guruhlar ro`yxatini, mamlakatlar bo`yicha va axborot sеrvisi turlari buyicha turli ma'lumotlar tanlanadi. U еrda WWW sеrvеr va mijoz ta'minoti haqida ma'lumotlar ham olinadi.

ADABIYOTLAR RO‘YXATI


1. Aripov М., Muxammadiyev J. Informatika, informatsion texnologiyalar. (Huquqshunoslik mutaxassisliklari uchun darslik) — Т., 2004.
2. Aripov M. va boshqalar. “Informatika, informatsion texnologiyalar” (Bakalavr uchun o‘quv qollanma). — Т., TDTU. 1—2 qism. 2003. 320-430 b.
3. Aripov M. va boshqalar “Informatika, informatsioniye texnologii” (Bakalavr uchun o‘quv qo'llanma). - Т., Rus tilida. 2003. 300 b.
4. Арипов М. и др. “Основы Internet”. — Т., Университет 2002. 194 b.
5. Aripov M. Internet va elektron pochta asoslari. - Т., Universitet 2000. 126 b
6. Арипов М. Англо-русско-узбекский словарь сокращенных слов по информатике. — Т., Университет-2001. 145 б.
7. Begimqulov U.SH., Mamarajabov М.Е., Tursunov S . FLASH MX dasturi va undan ta’limda foydalanish imkoniyatlari. — Т., TDPU. 2006.
8. Орлов Jl.B. “Web сайт без секретов”. — М., ЗАО “ Новый издательский дом” — 2004.
9. А. Матросов, А. Сергеев, М. Чаунин. HTM L 4.0. “БХВ— Санкт-Петербург”, — 2003.
10. Кришномурти Б., Рексфорд Дж. “Web протоколы, теория и практика”. — М., ЗАО “ Издательство БИН ОМ ”, 2002.
11. Дротов В.A. “JAVA SCRIPT в Web дизайне” СПб. “БХВПетербург”, 2002.
12. Голиш J1.B. “Технология обучения на лекциях и семинарах в экономическом ВУЗе”. Учебное пособие, — Ташкент, ТГЭУ, 2005.
13. Максимова О.В., Невзорова В.И. “ Информационные технологии для экономистов”. Учебное пособия. Ростов на Дону: — Феникс, 2004.
14. Шафран Э. Создание Web страниц: самоучитель СПб: — Питер. 2001.
15. И.Ф. Астахова, Т.В. Курченкова, Р.А. Дураков, И.С. Битюцких, Д.В. Комаров. “Web технологии с базами данных”, — Воронеж, ИПЦ ВГУ, 2008.
16. J1. Томсон, Л. Веллинг. Разработка Web приложений на РНР и MySQL: пер. с англ. — 2-е изд., испр. — М., DiaSoft, 2003.
17. Гилмор Г. РНР 4. Учебный курс. — СПб.: Питер, 2001.
Download 40.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling