1. WiMax texnologiyasida xavfsizlik. WiMax ning ishlash rejimlari. WiMax texnologiyasi


Download 475 Kb.
bet3/3
Sana24.11.2021
Hajmi475 Kb.
#176815
1   2   3
Bog'liq
SAT 4-amaliy

WiMAX texnologiyasi: Global Tarmoqqa chiqishning evolyutsiyasi

So’nggi yillarda tarmoq texnologiyalarining rivojlanishi personal kompyuterlarning yagona tarmoqqa ulash, hamda umumjahon Internet tarmog’iga chiqish imkoniyati usullarini oshirib yubordi.Hozirgi kunda deyarli barcha turdagi kompyuterlarda tarmoqqa ulanish yohid internetga chqish imkoniyati mavjud. Keling ana shu hozirgi kunda deyarli barcha foydalanuvchilar foydalana olishi mumkin bo’lgan tarmoqqa ulanish usullarini biroz ko’rib chiqamiz.

1. Dial-Up. Telefon liniyasi orqali kommutatsiyalangan ulanish. Ushbu texnologiya ulanishdagi oddiylik sababli yaratilganidan buyon ishlatilib kelinmoqda. Ikki modem bir-biri bilan telefon liniyasini ishlatgan holda aloqa o’rnatadi. Oddiy holda ulanish birga-bir amalgam oshiriladi hamda ma’lumot uzatish uchun barcha mavjud ovoz diapazoni chastotasidan foydalanadi. Lekin ushbu texnologiyaning ko’pgina kamchiliklari mavjud. Masalan: ma’lumot uzatishdagi past tezlik, tashqi ta’sir tufayli yuborilayotgan paketlarning qismi yo’qolish extimoli, ulanishning uzilib qolish extimoli hamda ulanish davrida telefon liniyasining butunlay band bo’lishi.

2. Keng polosali ma’lumot uzatish texnologiyasi xDSL. Ushbu texnologiya statsionar obyektlar uchun juda ham maqbuldir. Mavjud telefon tarmog’idan foydalangan holda bemalol ushbu texnologiya orqali yuqori tezlikka ega bo’lish mumkin, Lekin liniyalar mavjud bo’lmasachi? Yangi liniyasini foydalanuvchi manziligacha olib borish, juda ham qimmatga tushishi aniq. Uning ustiga ushbu texnologiyani har bir yangi foydalanuvchiga o’rnatish uchun ham foydalanuvchi ham uzatuvchi liniyasi tomonda ma’lum o’rnatish va tuzatishlar amalgam oshirilishi lozim.

Bugungi kunda dunyoda telekommunikatsiya xizmatlari sohasida eng ilg‘or hisoblangan WiMax texnologiyasining mamlakatimizda joriy etilishi ushbu sohani O‘zbekistonda rivojlantirish borasida muhim qadam bo‘ldi.

Respublikamizning besh hududi – Toshkent shahri, Andijon, Samarqand, Toshkent va Farg‘ona viloyati aholisi joriy yilning sentabr oyidan boshlab, ushbu keng polosali simsiz texnologiyadan foydalanishi mumkin. EVO savdo tamg‘asi ostida xizmat ko‘rsatayotgan “Super iMax” kompaniyasi litsenziya asosida yangi turdagi ushbu xizmatning joriy etilishini ta’minlaydi. Bu haqda poytaxtimizda o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.



Tadbirda mamlakatimizda Prezident Islom Karimov tashabbusi bilan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish sohasida keng ko‘lamli iqtisodiy islohotlar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi. Bu borada maqsadli dasturlar ro‘yobga chiqarilmoqda, qo‘shimcha investitsiyalar jalb etilmoqda, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari o‘zlashtirilmoqda. Bugun hech bir faoliyat sohasini ushbu texnologiyalarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Mamlakatimizda Internetdan foydalanuvchilar, lokal tarmoqlar soni tobora ko‘payib borayotir, ta’lim, tibbiyot va iqtisodiyotning boshqa ijtimoiy ahamiyatga ega sohalari kompyuterlashtirilmoqda.

Ayni paytda katta hududni egallagan O‘zbekistonda ko‘plab olis tumanlar ham mavjud. Ushbu tumanlarda yangi liniyalarning barpo etilishi esa iqtisodiy jihatdan maqbul va foydalidir. Shu bois WiMax texnologiyasi asosida simsiz xizmat turidan foydalanishni ta’minlash nihoyatda dolzarb ahamiyat kasb etadi. WiMax an’anaviy radioto‘lqinli texnologiyalardan farqli o‘laroq, bazaviy stansiyadan olisda bo‘lsa ham ishlayveradi, landshaft xususiyatlari, ob-havo sharoitlari, dov-daraxtlar yoki binolar signal uzatishga xalaqit bermaydi. Ushbu texnologiya uskunalari Internet tarmog‘idan bir daqiqada 64 Kbitdan 6 Mbitgacha diapazonda yuqori tezlik bilan simsiz foydalanish, telefoniya xizmatlarini ko‘rsatish, bir qancha ofis yoki punktni bog‘laydigan korporativ VPN-tarmog‘ini tashkil etish imkonini beradi.Ta’kidlash joizki, har tomonlama qulay bo‘lgan ushbu uskunani deraza tokchasi yoki ish stolida joylashtirish mumkin. WiMax to‘plami statsionar yoki mobil kompyuterga ulanadi va aloqa o‘rnatiladi. Shunisi e’tiborliki, mijoz EVO xizmat ko‘rsatadigan yangi joyga ko‘chganda yoki safarda paytida ham moslama o‘zining qo‘shimcha servis xizmat ko‘rsatish xususiyatlarini saqlab qoladi, aloqa avvalgidek ishlaydi. Telefon liniyalarini o‘rnatishda ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri shahar raqamlariga ulanadi. Bundan tashqari, ko‘p kanalli raqamlar yoki ichki raqamlarga ulangan korporativ telefon tarmog‘ini tashkil etish mumkin.



Simsiz xizmatlardan foydalanish bugun dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida joriy etilgan. Biroq, O‘zbekiston dunyoda ikki to‘lqinli WiMax mobil texnologiyasi o‘zlashtiriladigan birinchi davlat bo‘ladi. Bu “Super iMax” kompaniyasini tashkil etishda ishtirok etgan Janubiy Koreyaning mashhur “Korea Telekom” va Yaponiyaning “Sumitomo Corporation” global kompaniya mutaxassislarining eng so‘nggi ishlanmalariga asoslangan telekommunikatsiya texnologiyasi hisoblanadi.
Download 475 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling