1. Xalqaro ekologiya huquqi tushunchasi. Atrof-muhitni xalqaro huquqiy muhofazalash tamoyillari
Download 80 Kb.
|
1404142958 51605
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6.Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida xalqaro tashkilotlarning faoliyati 1.Xalqaro ekologiya huquqi tushunchasi.
Xalqaro ekologik xuquq Reja: 1.Xalqaro ekologiya huquqi tushunchasi. 2.Atrof-muhitni xalqaro huquqiy muhofazalash tamoyillari. 3.Atrof-muhitni xalqaro o`uquqiy muhofaza qilish ob'yektlari. 4..Yer atmosferasi,yer atrofi kosmik fazosining xalqaro-huquqiy muhofazasi. 6.Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida xalqaro tashkilotlarning faoliyati 1.Xalqaro ekologiya huquqi tushunchasi. Xalqaro ekologiya huquqi –ayrim davlatlar atrof-muhiti milliy tizimi va yuridik maqomi amal qilish doirasidan tashqaridagi atrof-muhitga turli xildagi har xil manbalardan yetkaziladigan zararning oldiri olish va bartaraf etishga doir davlatlar faoliyatini tartibga soladigan tamoyillar va normalar yig`indisi. Ekologiya huquqi manbalarining boshqa huquq sohasidagi manbalardan farqi yoki o`ziga xos tomoni-milliy ekologik qonunlarda xalqaro huquqiy me'yorlarni ko`proq aks etganligidadir. Atrof-tabiiy muhitni xalqaro miqyosda muhofaza qilish X1X asrning boshlarida yuzaga keldi. Avvaliga bo` masala ikki davlat o`rtasidagi tabiiy ob'yektlardan teng huquqli foydalanish ko`rinishida namoyon bo`lgan. Bunday ekologik munosabatlar ikki davlat o`rtasida to`zilgan umumiy shartnomalar tarkibidan joy olgan. 1913 yil 17-19 noyabrda Shveytsariyaning Bern shahrida bo`lib o`tgan xalqaro konferentsiya ekologik muammolarni xalqaro huquqning maxsus masalalari toifasiga ko`tardi. Insoniyat tarixida ekologik muammolar XX asrning o`rtalarigacha mahalliy yoki milliy masalalar doirasidan o`rin olgan.Bu davrgacha davlat va jamiyat xavfsizligicha yoki ularning bir me'yorda rivojlanishi va inson huquqlariga global ta'sir qiluvchi muammolar turkumiga faqatgina harbiy va siyosiy masalalar kirgan. XX asrning ikkinchi yarmida, ya'ni ikkinchi jahon urushi yakunlanishi va BMTning to`zilishi xalqaro xavfsizlikka tahdid solayotgan masalalar jumlasiga ekologik muammolarni ham kiritdi. Shu asrning 60-70 yillarida “sovuq urush”oqibatida yer kurrasidagi insonlar hayotiga tajovo`z solayotgan uch muammo-yadro to`qnashuvi,yoppasiga tarqaluvchi kasalliklar va uchinchi o`rinda ekologik muammolar qo`yilgan bo`lsa, 90-yillarga kelib ekologik muammo va ularni hal qilish masalasi yetakchi o`rinni egallab oldi. So`nggi vaqtlarda xalqaro “grand” uchrashuvlarida (Riode-Janeyro,1992; Stambul,1999..) aynan inson huquqlari va uni ta'minlab beruvchi asosiy omillardan biri bo`lgan-ekologik xavfsizlik masalasi ularning kun tartibida asosiy joyni olmoqda. 1972 yil BMT ning kishilarni o`rab turuvchi atrof-muhit muammolariga bag`ishlangan maxsus Stokgolm (Shvetsiya) konferentsiyasida xalqaro ekologik tamoyillar va harakatlar rejasiga doir Dekloratsiya qabul qilindi. Bu anjumanda BMT ning atrof-muhit bo`tsicha dasturi – YuneP tashkiloti to`zildi va Bosh Assambleyaning rezolyutsiyasiga binoan uning Markaziy qarori Keniya poytaxti Nayrobi shahri etib tayinlandi.Stokgolm konferentsiyasi xalqaro-huquqiy munosabatlarni tartibga solishning asosiy ko`rinishlaridan biri –regional ekologik harakatlarga asos soldi. Hozirgi zamon xvlqaro ekologik hamkorlik uch yo`nalishda amalga oshirilmoqda: 1.Atrof-tabiiy muhitni muhofaza qilishning davlatlararo va millatlararo hamkorlik va ulardagi ijobiy tajribalarini keng targ`ib qilish ; 2.Ma'lum bir geografik mintaqa (region ) yoki cheklangan tegralarda tabiatni regional muhofaza qilishning ilmiy asoslangan chora – tadbirlarini ishlab chiqish va ularni amaliy tadbiq qilish ; 3.Global ekologik muammolarni yechimini topishdp BMTning idoralari, davlat va nodavlat tashkilotlar orqali universal yo`llarini ishlatish; Xalqaro tamoyillar -xalqaro xuquq sub'yektlari harakatlarining boshqaruv qoidalari . Xalqaro ekologik tamoyillar esa xalqaro hamkorlik ishtirokchilarining, ya'ni suyu'yektlarining atrof-muhitni muhofaza qilishi va xalqaro huquq ob'yektlaridan foydalanish borasidagi munosabat qoidalari.Bu qoidalar xalqaro huquq me'yorlari zamirida yotishi va o`zaro munosabatlarini huquqiy meyorlash va mexanizmini ishlab chiqishga yo`nalish beruvchi ko`rsatma tarzida xizmat qilishi kerak. BMT Nizomining 2- moddasida ko`rsatib o`tilgan va uning hamma a'zolari uchun majburiy hisoblangan xalqaro munosabat tamoyillari xalqaro ekologik tamoyillar zaminida yotadi. Xalqaro ekologik tamoyillar BMTning xalqaro atrof-muhitni muhofaza qilishi bo`yicha Stokgolm (1972) va biologik xilma-xillikni saqlash bo`yicha o`tkaziladigan Rio-de Janeyro (1992) konferentsiyalarida, Yevropada xavfsizlikni ta'minlashning yakuniy Xelsinki hujjatida (1975) va Umumjahon tabiat Xaritasida o`z aksini topgan. Download 80 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling