1 Xalqaro moliyaviy resurslar majmuini va ularning harakatlanishini ifodalovchi tushuncha hisoblanadi


Download 34.8 Kb.
bet1/2
Sana11.05.2023
Hajmi34.8 Kb.
#1453010
  1   2
Bog'liq
1 Xalqaro moliya.docx elbek


1 Xalqaro moliya – xalqaro moliyaviy resurslar majmuini va ularning harakatlanishini ifodalovchi tushuncha hisoblanadi. Xalqaro moliya munosabatlari muayyan maqsadlarni amalga oshirish uchun xalqaro darajada shakllantirilgan moliyaviy resurslarni taqsimlash va ulardan foydalanish jarayonidagi iqtisodiy munosabatlarni ifodalaydi. Xalqaro moliya munosabatlari o’ziga xalqaro valyuta munosabatlari, xalqaro kredit munosabatlari, xalqaro investitsiya munosabatlari, xalqaro savdo munosabatlari, xalqaro soliq munosabatlari, xalqaro lizing munosabatlari, mamlakatlar to’lov balansini boshqarish, xalqaro moliya tashkilotlari bilan aloqalar kabi munosabatlarni qamrab oladi. Globallashuv jarayoni – jahon savdosining o’sishi, ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi va kengayishi, kapitalning xalqaro oqimini rivojlanishi, xizmatlar va mahsulotlarning xalqaro xarakati xalqaro moliyaning rivojlanishiga zamin yaratdi. Shuningdek, mazkur holat jahon moliya bozorlarining, xalqaro moliyaviy korporatsiyalarning yuzaga kelishiga, davlatlararo moliyaviy munosabatlarning va xalqaro moliyaviy faoliyatning boshqa jihatlarini murakkablashuviga olib keldi.
Xalqaro moliya doimiy o’zgaruvchan xalqaro pul tizimlarining holati va rivojlanishini, alohida mamlakatlar to’lov balansining o’zgarishini, xalqaro moliya bozorlari, xalqaro moliyaviy korporatsiyalar, xalqaro bank va investitsion faoliyatni namoyon etadi. Xalqaro moliya tizimining asosiy ishtirokchilar bo’lib quyidagilar hisoblanadi: banklar, transmilliy korporatsiyalar, portfel investorlar va xalqaro rasmiy karzdorlar. Xalqaro moliyaviy operatsiyalar alohida mamlakatlarning moliya tizimiga jiddiy ta’sir ko’rsatuvchi kuch hisoblanadi.
Xalqaro moliya o’zida ob’ektiv asosga ega bo’lgan moliyaviy munosabatlarni ifodalaydi. Xalqaro moliyaning moddiy asosi bo’lib mamlakatlar o’rtasida amalga oshiriladigan xalqaro moliyaviy oqimlar, jumladan, pul oqimlari – import qilingan mahsulot va xizmatlarning to’lovlari hamda mahsulot va xizmatlar eksportidan kelgan valyuta tushumlari, ushbu oqimlar xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliyasini ifodalashi mumkin, lekin ular turli mamlakatlarga tegishli bo’ladi, shu boisdan mamlakatlar o’rtasidagi pul oqimlari xarakatini namoyon etadi. Shuningdek, kredit mablag’lari oqimi ham ikki tomonlama bo’lib hisoblanadi, bir tomondan qarzning berilishi bo’lsa boshqa tomondan esa, uning qaytarilishi va foizlarning to’lanishi namoyon bo’ladi. Shunday qilib, mazkur oqimlar asosida moliyaviy resurslarning mamlakatlar o’rtasidagi xarakati yuzaga keladi. Ularning taqsimlanishi bir tomondan valyuta kurslari asosida ikkinchi tomondan esa, bojxona tariflari asosida boshqariladi.
Moliyaviy resurslar xalqaro moliya tashkilotlari va institutlari faoliyati jarayonida shakllanadi va foydalaniladi. Mazkur institutlar va tashkilotlar davlatlararo tuzilmaga ega bo’lib muayyan funktsiyalarni bajaradi. Ularning moliyaviy ta’minoti umumlashgan (masalan, BMT byudjeti) yoki maqsadli (aniq dasturlar va tadbirlar uchun mo’ljallangan) fondlar orqali amalga oshiriladi.
Moliyaviy resurslarning muayyan qismini xalqaro darajada markazlashuvi jahon xo’jaligi ehtiyojlarini ta’minlaydi, bunday resurlarni shakllantirishning iqtisodiy shart-sharoitlari bo’lib, iqtisodiy integratsiyaning kuchayishi, turli sohalardagi xalqaro loyiha va dasturlarni amalga oshirishda mamlakatlarning ishtiroki, kredit va savdo munosabatlarini rivojlanishi hisoblanadi.
Shunday qilib, xalqaro moliya – bu xalqaro moliya bozori va xalqaro institutlar tomonidan shakllanishi, taqsimlanishi va ishlatilishini o’z ichiga olgan moliyaviy resurslar xarakati asosida hosil bo’lgan munosabatlar tuzilmasi bo’yicha murakkab tizimdir.
2 Xalqaro moliya – xalqaro moliyaviy resurslar majmuini va ularning harakatlanishini ifodalovchi tushuncha hisoblanadi. Xalqaro moliya munosabatlari muayyan maqsadlarni amalga oshirish uchun xalqaro darajada shakllantirilgan moliyaviy resurslarni taqsimlash va ulardan foydalanish jarayonidagi iqtisodiy munosabatlarni ifodalaydi. Xalqaro moliya munosabatlari o’ziga xalqaro valyuta munosabatlari, xalqaro kredit munosabatlari, xalqaro investitsiya munosabatlari, xalqaro savdo munosabatlari, xalqaro soliq munosabatlari, xalqaro lizing munosabatlari, mamlakatlar to’lov balansini boshqarish, xalqaro moliya tashkilotlari bilan aloqalar kabi munosabatlarni qamrab oladi. Globallashuv jarayoni – jahon savdosining o’sishi, ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi va kengayishi, kapitalning xalqaro oqimini rivojlanishi, xizmatlar va mahsulotlarning xalqaro xarakati xalqaro moliyaning rivojlanishiga zamin yaratdi. Shuningdek, mazkur holat jahon moliya bozorlarining, xalqaro moliyaviy korporatsiyalarning yuzaga kelishiga, davlatlararo moliyaviy munosabatlarning va xalqaro moliyaviy faoliyatning boshqa jihatlarini murakkablashuviga olib keldi.
Xalqaro moliya doimiy o’zgaruvchan xalqaro pul tizimlarining holati va rivojlanishini, alohida mamlakatlar to’lov balansining o’zgarishini, xalqaro moliya bozorlari, xalqaro moliyaviy korporatsiyalar, xalqaro bank va investitsion faoliyatni namoyon etadi. Xalqaro moliya tizimining asosiy ishtirokchilar bo’lib quyidagilar hisoblanadi: banklar, transmilliy korporatsiyalar, portfel investorlar va xalqaro rasmiy karzdorlar. Xalqaro moliyaviy operatsiyalar alohida mamlakatlarning moliya tizimiga jiddiy ta’sir ko’rsatuvchi kuch hisoblanadi.
Xalqaro moliya o’zida ob’ektiv asosga ega bo’lgan moliyaviy munosabatlarni ifodalaydi. Xalqaro moliyaning moddiy asosi bo’lib mamlakatlar o’rtasida amalga oshiriladigan xalqaro moliyaviy oqimlar, jumladan, pul oqimlari – import qilingan mahsulot va xizmatlarning to’lovlari hamda mahsulot va xizmatlar eksportidan kelgan valyuta tushumlari, ushbu oqimlar xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliyasini ifodalashi mumkin, lekin ular turli mamlakatlarga tegishli bo’ladi, shu boisdan mamlakatlar o’rtasidagi pul oqimlari xarakatini namoyon etadi. Shuningdek, kredit mablag’lari oqimi ham ikki tomonlama bo’lib hisoblanadi, bir tomondan qarzning berilishi bo’lsa boshqa tomondan esa, uning qaytarilishi va foizlarning to’lanishi namoyon bo’ladi. Shunday qilib, mazkur oqimlar asosida moliyaviy resurslarning mamlakatlar o’rtasidagi xarakati yuzaga keladi. Ularning taqsimlanishi bir tomondan valyuta kurslari asosida ikkinchi tomondan esa, bojxona tariflari asosida boshqariladi.
Moliyaviy resurslar xalqaro moliya tashkilotlari va institutlari faoliyati jarayonida shakllanadi va foydalaniladi. Mazkur institutlar va tashkilotlar davlatlararo tuzilmaga ega bo’lib muayyan funktsiyalarni bajaradi. Ularning moliyaviy ta’minoti umumlashgan (masalan, BMT byudjeti) yoki maqsadli (aniq dasturlar va tadbirlar uchun mo’ljallangan) fondlar orqali amalga oshiriladi.
Moliyaviy resurslarning muayyan qismini xalqaro darajada markazlashuvi jahon xo’jaligi ehtiyojlarini ta’minlaydi, bunday resurlarni shakllantirishning iqtisodiy shart-sharoitlari bo’lib, iqtisodiy integratsiyaning kuchayishi, turli sohalardagi xalqaro loyiha va dasturlarni amalga oshirishda mamlakatlarning ishtiroki, kredit va savdo munosabatlarini rivojlanishi hisoblanadi.
Shunday qilib, xalqaro moliya – bu xalqaro moliya bozori va xalqaro institutlar tomonidan shakllanishi, taqsimlanishi va ishlatilishini o’z ichiga olgan moliyaviy resurslar xarakati asosida hosil bo’lgan munosabatlar tuzilmasi bo’yicha murakkab tizimdir.
3 Valyuta interventsiyasi. Markaziy bankning deviz siyosatining eng keng tarqalgan shakli, valyuta interventsiyasi hisoblanadi.
Markaziy bankning milliy valyuta kursiga ta’sir etish maqsadida valyuta bozorida chet el valyutalarini sotib olish yoki sotishiga valyuta interventsiyasi deyiladi.
444444444444 Tashqi savdo aloqalari xalqaro hamkorlikning muhim sohalaridan biri bo’lib, turli mamlakatlar bilan ilmiy-texnik, madaniy aloqalarni yo’lga qo’yish ular o’rtasida diplomatik munosabatlar o’rnatish iqtisodiyotni faol va har tomonlama rivojlantirish, ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishda yordam beruvchi vositadir.
Mamlakatimizda tashqi savdo aloqalarini rivojlantirish, jahon bozorlariga yuqori sifatli tayyor mahsulotlar bilan kirib borish va mustahkam o’rin egallash, eksport hajmini oshirishga qaratilgan islohotlar amalga oshirilmoqda.
Mazkur islohotlar doirasida mamlakatimizda eksport qiluvchilar faoliyatini rag’batlantirish uchun qator imtiyozlar yaratib berilgan.Ushbu imtiyozlar quyidagilarda namoyon bo’ladi:

  • qo’shilgan qiymat solig’iga imtiyozlar;

  • aktsiz solig’iga imtiyozlar;

  • daromad solig’iga imtiyozlar;

  • mulk solig’iga imtiyozlar.

O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 212-moddasiga asosan tovarlarni chet el valyutasida eksportga realizatsiya qilish oborotiga nol darajali stavka bo’yicha qo’shilgan qiymat solig’i solinadi, ya’ni bu eksport qilinadigan tovarlarni ishlab chiqarishda foydalanilgan moddiy resurslar uchun qo’shilgan qiymat solig’i summasini to’lashdan ozod etilishini anglatadi.
Quyidagilarga esa, aktsiz solig’i solinmaydi:

  • aktsiz to’lanadigan tovarlarni ularning ishlab chiqaruvchilari tomonidan eksportga realizatsiya qilishga, bundan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan aktsiz to’lanadigan tovarlarning ayrim turlari mustasno;

  • keyinchalik O’zbekiston Respublikasining bojxona hududidan olib chiqib ketilishi sharti bilan “bojxona hududida qayta ishlash” bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlardan ishlab chiqarilgan qayta ishlash mahsuli bo’lgan aktsiz to’lanadigan tovarlarni topshirishga; (O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 230-modda).

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000 yil 5 iyundagi PF-2613-sonli “Eksport mahsuloti ishlab chiqaruvchilarni rag’batlantirish borasidagi qo’shimcha chora–tadbirlar to’g’risida” Farmoniga muvofiq, eksportga mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarning eksport salohiyatini kengaytirish, ularni mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash, amaldagi soliq imtiyozlarini tartibga solish va eksportga mo’ljallangan raqobatdosh mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirishga shunday imtiyozlarning rag’batlantiruvchi ta’sirini kuchaytirish maqsadida, eksport qiluvchi korxonalar uchun foyda solig’i va mulk solig’ini to’lash tartibi umumiy sotish hajmida o’zi ishlab chiqargan va erkin almashtiriladigan valyutaga sotilgan tovarlar, ishlar, xizmatlar eksportidagi (ishlar bajarilgan, xizmatlar ko’rsatilgan joydan qat’iy nazar) ulushiga bog’liq holda quyidagicha belgilangan:

  • eksport ulushi 15 foizdan 30 foizgacha miqdorda bo’lganida - belgilangan foyda solig’i va mulk solig’i stavkalari 30 foizga kamaytiriladi;

  • eksport ulushi 30 va undan ko’proq foiz bo’lganida - belgilangan foyda solig’i va mulk solig’i stavkalari 50 foizga kamaytiriladi.

Mazkur imtiyozlar erkin almashtiriladigan valyutaga xom ashyo mahsulotlari – paxta tolasi, ip gazlama kalavasi, lint, neft, neft mahsulotlari, gaz kondensati, tabiiy gaz, elektr energiyasi, qimmatbaxo, rangli va kora metallar eksport qiluvchi savdo-vositachilik korxonalariga, shuningdek ishlab chiqarish korxonalariga tadbiq qilinmaydi.
Mikro firma va kichik korxonalar, o’zi ishlab chiqargan mahsulotlar eksportidan olingan xorijiy valyutadagi tushumni majburiy sotishdan ozod etiladi, tabiiy gaz eksporti va tranzitini amalga oshiruvchi korxonalar bundan mustasno.
Ishlab chiqarish korxonalariga tovarlarini eksport qilish uchun o’z ishlab chiqarish mahsulotlarini reklama qilish va tashqi bozorning marketing tadqiqotlarini olib borish maqsadida xorijda savdo uylari hamda vakolatxonalar ochishga ruhsat beriladi.
Tovar konsignatsiya shartlarida, bank kafolatnomasi yoki siyosiy va tijorat tavakkalchiliklaridan eksport kontraktlarini sug’urtalash polisini taqdim etmasdan eksportchi tomonidan chet eldagi korxona nomiga:

  • O’z ishlab chiqargan mahsulot ustav jamg’armasida eksportchining ulushi kamida 51 foizni tashkil qiladigan chet eldagi korxona nomiga eksport qilinganda etkazib berilishi mumkin;

5 O’zbekistonga XVFning missiyasi texnikaviy yordam ko’rsatish va xukumatda hamda O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankida konsultatsiyalar o’tkazish maqsadida muntazam kelib turadi. Missiyaning faoliyati iqtisod, moliya sho’’basi va statistika soxasidagi ishning axvolini o’rganishga, shuningdek, keyingi iqtisodiy islohatlar yo’nalishini aniqlashga qaratilgan.
XVF ekspertlarining o’rganishlari natijasi bo’yicha tavsiya va analitik materiallar ishlab chiqiladi, makroiqtisodiyot sohasidagi mavjud muammolarni xal qilish yo’llari haqida tavsiyalar tayyorlanadi, bular barchasi Markaziy bank tomonidan amaliyotda hisobga olinadi.
Bundan tashqari XVF bilan bitimning “Valyuta tartibiga
nisbatan majburiyatlar” moddasiga muvofiq Fond missiyasi bir yilda kamida bir marta O’zbekistondagi joriy makroiqtisodiy va valyuta siyosatining obzorini o’tkazadi. Missiya ishi natijalari bo’yicha tegishli hisobot tayyorlash bilan birga XVF ijrochi direktorlari kengashi muhokamasiga olib chiqiladi.
Xalqaro Valyuta Fondi ekspertlari bilan birgalikdagi xamkorlik va ishlash muayyan ijobiy natijalarni berdi.
XVF bank qonunchiligini, buxgalteriyaning hisobga olish hisob raqamlari yangi rejasini xalkaro standartlarga muvofiq ishlab chiqishga, shuningdek hisobga olish va hisobotning yangi tizimini joriy etishga ko’maklashdi, bu bank nazorati samarasi va uning me’yoriy negizi darajasini oshirish imkonini berdi. XVFning texnikaviy ko’magi to’lovlar elektron tizimini joriy etish va statistika ma’lumotlari yig’ish tizimini yaxshilashga olib keldi.
XVF kreditlari milliy valyutani qo’llab-quvvatlash, to’lov balansini mustaxkamlashga ajratildi va bevosita O’zbekiston hukumatiga beriladi.
XVF raxbariyati va ekspertlari texnik yordam berish va Xukumat hamda Markaziy bankda maslahatlar o’tkazish maqsadida bir necha bor O’zbekiston Respublikasiga tashrif bilan keldi.
O’zbekiston Respublikasi va XVF tomonidan iqtisodiy va moliyaviy masalalar bo’yicha imzolangan Memorandumda respublika iqtisodiyoti islohotini davom ettirish, valyuta bozorini erkinlashtirish, xalqaro joriy operatsiyalar bo’yicha milliy valyutani ayirboshlash qilinishi ta’minlash uchun zarur sharoitlarni yaratish bo’yicha aniq chora-tadbirlar ko’rsatilgan.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining “Xalqaro valyuta fondi bilan hamkorlikni mustahkamlash to’g’risida”gi 1998 yil 18 martdagi 118 qarori bilan iqtisodiy islohatlarni yanada rivojlantirish maqsadida valyuta va savdo tizimini yanada erkinlashtirish bo’yicha tadbirlarni amalga oshirishga atroflicha yondoshishni ishlab chiquvchi ishchi guruxi tuzildi. Uning zimmasiga tashqi savdosi tartibga keltirishni yanada yaxshilash, birjadan tashkari valyuta bozorini mustahkamlash, valyuta tizimini erkinlashtirish va joriy operatsiyalar bo’yicha milliy valyutaning almashtirishiga erishish hamda bir maromdagi almashinuv kursini belgilash, shuningdek XVF bilan bundan buyon xamkorlikka yondoshish va uning tamoyillari bo’yicha takliflar ishlab chiqish yuklatildi.
6 O’zbekistonga XVFning missiyasi texnikaviy yordam ko’rsatish va xukumatda hamda O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankida konsultatsiyalar o’tkazish maqsadida muntazam kelib turadi. Missiyaning faoliyati iqtisod, moliya sho’’basi va statistika soxasidagi ishning axvolini o’rganishga, shuningdek, keyingi iqtisodiy islohatlar yo’nalishini aniqlashga qaratilgan.
XVF ekspertlarining o’rganishlari natijasi bo’yicha tavsiya va analitik materiallar ishlab chiqiladi, makroiqtisodiyot sohasidagi mavjud muammolarni xal qilish yo’llari haqida tavsiyalar tayyorlanadi, bular barchasi Markaziy bank tomonidan amaliyotda hisobga olinadi.
Bundan tashqari XVF bilan bitimning “Valyuta tartibiga
nisbatan majburiyatlar” moddasiga muvofiq Fond missiyasi bir yilda kamida bir marta O’zbekistondagi joriy makroiqtisodiy va valyuta siyosatining obzorini o’tkazadi. Missiya ishi natijalari bo’yicha tegishli hisobot tayyorlash bilan birga XVF ijrochi direktorlari kengashi muhokamasiga olib chiqiladi.
Xalqaro Valyuta Fondi ekspertlari bilan birgalikdagi xamkorlik va ishlash muayyan ijobiy natijalarni berdi.
XVF bank qonunchiligini, buxgalteriyaning hisobga olish hisob raqamlari yangi rejasini xalkaro standartlarga muvofiq ishlab chiqishga, shuningdek hisobga olish va hisobotning yangi tizimini joriy etishga ko’maklashdi, bu bank nazorati samarasi va uning me’yoriy negizi darajasini oshirish imkonini berdi. XVFning texnikaviy ko’magi to’lovlar elektron tizimini joriy etish va statistika ma’lumotlari yig’ish tizimini yaxshilashga olib keldi.
XVF kreditlari milliy valyutani qo’llab-quvvatlash, to’lov balansini mustaxkamlashga ajratildi va bevosita O’zbekiston hukumatiga beriladi.
XVF raxbariyati va ekspertlari texnik yordam berish va Xukumat hamda Markaziy bankda maslahatlar o’tkazish maqsadida bir necha bor O’zbekiston Respublikasiga tashrif bilan keldi.
O’zbekiston Respublikasi va XVF tomonidan iqtisodiy va moliyaviy masalalar bo’yicha imzolangan Memorandumda respublika iqtisodiyoti islohotini davom ettirish, valyuta bozorini erkinlashtirish, xalqaro joriy operatsiyalar bo’yicha milliy valyutani ayirboshlash qilinishi ta’minlash uchun zarur sharoitlarni yaratish bo’yicha aniq chora-tadbirlar ko’rsatilgan.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining “Xalqaro valyuta fondi bilan hamkorlikni mustahkamlash to’g’risida”gi 1998 yil 18 martdagi 118 qarori bilan iqtisodiy islohatlarni yanada rivojlantirish maqsadida valyuta va savdo tizimini yanada erkinlashtirish bo’yicha tadbirlarni amalga oshirishga atroflicha yondoshishni ishlab chiquvchi ishchi guruxi tuzildi. Uning zimmasiga tashqi savdosi tartibga keltirishni yanada yaxshilash, birjadan tashkari valyuta bozorini mustahkamlash, valyuta tizimini erkinlashtirish va joriy operatsiyalar bo’yicha milliy valyutaning almashtirishiga erishish hamda bir maromdagi almashinuv kursini belgilash, shuningdek XVF bilan bundan buyon xamkorlikka yondoshish va uning tamoyillari bo’yicha takliflar ishlab chiqish yuklatildi.
7 Spot operatsiyasi, qoida bo’yicha, bitim kunini hisobga olmagan holatda, ikki ish kuni davomida valyutani ayirboshlash bitimini bildiradi.
Shuni alohida qayd etib o’tish lozimki, valyuta operatsiyalari ichida eng ko’p qo’llaniladigani spot operatsiyalaridir va ushbu bozorlarda tijorat banklarining ulushi sezilarli darajada. Tijorat banklari tomonidan amalga oshirilayotgan valyuta operatsiyalarining tarkibiga qaraladigan bo’lsa, unda spot operatsiyalari hajmi jami valyuta operatsiyalarining 80 foiz miqdorini tashkil etadi.
Shuning bilan birga, spot operatsiyalari tijorat banklarining valyuta operatsiyalari ichida eng ko’p riskka tortilgani bo’lib hisoblanadi. Bunga asosiy sabab, spot operatsiyalarining qisqa muddatliligi va ularni sug’urtalashning imkoniyatini yo’qligidir. Shu sababli, tijorat banklariga valyuta pozitsiyalari bo’yicha limitlar joriy etilgan.
Vakolatli banklarning ochiq valyuta pozitsiyasi yuritilishi haqidagi hisobotni tahlil qilishning zarurati Markaziy Bank tomonidan respublikadagi mavjud vakolatli banklarning valyutaviy risklari kamaytirilishiga qaratilgan siyosati bilan izohlanadi.

Download 34.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling