1. Xarajatlar haqida tushuncha va ularni turkumlash. Ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish va tannarxni kalkulyatsiya qilish
Ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish
Download 59.25 Kb.
|
1 2
Bog'liq1. Xarajatlar haqida tushuncha va ularni turkumlash. Ishlab chiq
2. Ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish
Korxonalarning ishlab chiqarish jarayonida sodir bo‘ladigan har bir muomalaning buxgalteriya hisobini yuritishda quyidagi schotlar guruhidan foydalaniladi: — 2010 — «Asosiy ishlab chiqarish»; — 2310 — «Yordamchi ishlab chiqarish»; — 2510 — «Umumishlab chiqarish xarajatlari»; — 2610 — «Ishlab chiqarishdagi brak»; — 3110 — «Oldindan to’langan operativ ijara haqi»; — 3120 — «Oldindan to’langan xizmat haqi»; — 3190 — «Boshqa kelgusi davr xarajatlari»; — 8910 — «Kelgusi xarajatlar va to’lovlar rezervlari». Ishlab chiqarish xarajatlarining elementlari va kalkulyatsiya moddalari bo'yicha hisob yuritishni ta’minlash maqsadida asosiy ishlab chiqarishning barcha xarajatlari 2010—«Asosiy ishlab chiqarish» schotida tayyorlanayotgan mahsulot turlari bo‘yicha guruhlanadi. 2010 — «Asosiy ishlab chiqarish» schotidan xarajatlarni hisobga olishda quyidagi korxona va tashkilotlar foydalanadi: — mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha sanoat va qishloq xo'jaligi korxonalari; — qurilish-montaj, geologiya-qidiruv ishlarini bajarish bo’yicha pudrat, geologiya va loyiha qidiruv tashkilotlari; — xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha transport va aloqa korxonalari; — ilmiy-tadqiqot va konstruktorlik ishlarini bajarish bo'yicha ilmiy-tadqiqot korxonalari; — avtomobil yo‘llarini asrash va ta’mirlash bo'yicha yo'l xo'jaliklari. Ushbu schotning debetida mahsulotlar ishlab chiqarish, ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatish bilan bevosita bog’liq bo‘lgan to'g'ri xarajatlar, shuningdek, yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari, brakdan ko‘rilgan yo‘qotishlar va asosiy ishlab chiqarishni boshqarish va xizmat ko'rsatish bilan bog'liq bo‘lgan egri xarajatlar aks ettiriladi. 2010 — «Asosiy ishlab chiqarish» schotining kreditida ishlab chiqarilgan tayyor mahsulot, bajarilgan ish va ko'rsatilgan xizmatlarning haqiqiy tannarxi summasi aks ettiriladi. Yordamchi ishlab chiqarishdagi mahsulot (ish, xizmatlar) tannarxini aniqlash uchun tegishli xarajatlar 2300 — «Yordamchi ishlab chiqarish hisobi» schotlarida guruhlanadi. 2300 — «Yordamchi ishlab chiqarishlarni hisobga oluvchi» schotlaridan quyidagi yordamchi ishlab chiqarishlarni hisobga olishda foydalaniladi: — energiyaning har xil turlari (elektroenergiya, gaz va boshqalar) bilan yordam ko‘rsatish; — transport xizmatlarini amalga oshirish; — asosiy vositalarni ta’mirlash; — asbob-uskunalarni, shtamplar, qurilish detallari, konstruksiyalarni tayyorlash; — tosh, shag‘al, qum va boshqa rudasiz materiallarni qazib olish; — yog‘och materiallarini tayyorlash va ularga ishlov berish; — qishloq xo‘jalik mahsulotlarini tuzlash, qoqi qilish va konservalash (asosan savdo korxonalarida); — maxsus kiyimlar va poyafzallarni ta’mirlash, tikish va boshqalar. Shuningdek, mazkur schotlarda 21-sonli BHMSga muvofiq, xo‘jalik yurituvchi subyektlar balansida turgan ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik bo‘linmalari xarajatlari ham hisobga olinishi mumkin. 2300 — «Yordamchi ishlab chiqarishlarni hisobga oluvchi» schotlarining debetida mahsulotlar ishlab chiqarish, xizmatlar ko‘rsatish va ishlar bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan bevosita xarajatlar, shu bilan birga yordamchi ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan egri xarajatlar hamda brakdan ko‘rilgan yo‘qotishlar xarajatlari aks ettiriladi. 2300 — «Yordamchi ishlab chiqarishlarni hisobga oluvchi» schotlari debetlanganda quyidagi schotlar kreditlanadi: — 0200 — «Asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlar»; — 0500 — «Nomoddiy aktivlarning amortizatsiyasini hisobga oluvchi schotlar»; — 1000 — «Materiallarni hisobga oluvchi schyotlar»; — 1100 — « O‘stirishdagi va boquvdagi hayvonlarni hisobga oluvchi schyotlar»; — 1610 — «Materiallar qiymatidagi og‘ishishlar»; — 2510 — «Umumishlab chiqarish xarajatlari»; — 2610 — «Ishlab chiqarishdagi brak»; — 2810 — «Ombordagi tayyor mahsulotlar»; — 3100 — «Kelgusi davr xarajatlari hisobi»; — 3200 — «Kechiktirilgan xarajatlar hisobi»; — 4860 — «Da'volar bo‘yicha olinadigan schotlar»; — 6010 — «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar»; — 6500 — «Sug‘urta va davlat jamg‘armalariga to’lovlar bo‘yicha qarzlar»; — 6710 — «Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisoblashishlar»; — 6970 — «Hisobdor shaxslarga qarzlar»; — 6990 — «Boshqa majburiyatlar»; — 6110 —«Ajratilgan bo‘linmalarga to’lanadigan schotlar»; — 9390 — «Boshqa operatsion daromadlar». 2300 — «Yordamchi ishlab chiqarishlar hisobi» schotlarining kreditida ishlab chiqarilgan tayyor mahsulot (ko'rsatilgan xizmat, bajarilgan ishlarjning haqiqiy tannarxi ko'rsatiladi. Matеrial xarajatlari mahsulot tannarxida salmoqli o‘rinni egallaganligi va tannarxning asosiy elеmеntlaridan biri bo‘lganligi sababli ularni to‘g‘ri hisobga olish va tahlil qilish juda muhimdir. Chunki matеriallar xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlarda ishlab chiqarish xarajatlarining asosini tashkil etadi. Ishlab chiqarishni to‘g‘ri tashkil etish va mе'yorida amalga oshirish uchun uni matеriallarning sifatli va zarur turlari bilan o‘z vaqtida hamda kеrakli miqdorda ta'minlab turish kеrak. Shuning uchun korxona moddiy tеxnika rеjasining bajarilishi ustidan nazorat qilib borish va raxbar xodimlarning moddiy-tеxnika ta'minotida ro‘y bеrayotgan kamchiliklar to‘g‘risida o‘z vaqtida xabardor bo‘lib, kеrakli tadbirlar ko‘rishini ta‘minlash matеriallar hisobining eng asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Buxgaltеriya hisobi ayni paytda tayyorlanayotgan matеriallar uchun qilinayotgan xarajatlar va mol yetkazib bеruvchi tashkilotlar bilan olib boriladigan hisob-kitob ustidan ham nazorat yuritadi. Bunda u moddiy xarajatlarni tеjab-tеrgab sarflash uchun har bir mahsulot turiga sarflanadigan matеriallar mе'yoriga rioya qilinayotganligini kundalik nazorat qilib turishi kеrak. Buning uchun matеriallar hisobi aniq, tеzkor bo‘lishi, matеriallar sarfini xujjatlashtirish, xarajatlar ustidan doimiy nazorat yuritish va ulardan unumli foydalanish imkoni yaratilishi lozim. Download 59.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling