1. xissiy bilish va uning shakllari bilish jarayoni jonli mushohada (hissiy bilish)dan abstrakt (mavhum) tafakkurga, undan esa amaliyotga oʻtish bilan harakterlanadi
Download 17.47 Kb.
|
28variant
1. XISSIY BILISH VA UNING SHAKLLARI. .Bilish jarayoni jonli mushohada (hissiy bilish)dan abstrakt (mavhum) tafakkurga, undan esa amaliyotga oʻtish bilan harakterlanadi. Jonli mushohada, deganda biz sezgi, idrok, tasavvur kabilarni, yaʼni sezgi aʼzolari orqali tashki olamning miyaga taʼsiri natijasida paydo boʻladigan inʼikos shakllarini tushunamiz. Sezgi dunyoni inʼikos etishning boshlangʻich shaklidir. Demak, sezgi — obyektiv dunyoning subyektiv intiqosi. U sezgi aʼzolari orqali borliq hodisalari, buyumlarning xususiyat va sifatlarini bir-biri bilan bogʻlanmagan holda aks ettiradi. Idrok qilish hissiy bilishning murakkabroq shakli boʻlib, u sezgi aʼzolariga bevosita taʼsir koʻrsatuvchi buyumni yaxlit holda aks ettiradi. Inson miyasining umumlashtiruvchi faoliyatiga asoslangan bu aks ettirish jarayoniga kishining oldingi tajribalari, abstrakt tafakkurning faoliyati va boshqa ham kelib qoʻshiladi. Shularga asoslangan idrok qilish narsalarning zarurroq, chuqurroq tomonlarini aklan (fikran) ajratib olishga va bilishga imkon beradi. Miya inson ilgari idrok qilgan narsani oʻz xotirasida saklab qolish va uni qayta tiklash qobiliyatiga ega. Sezgi aʼzolariga taʼsir koʻrsatmayotgan buyumning ana shunday qayta tiklangan qiyofasi tasavvur deb ataladi. Inson hissiy bilish bosqichida toʻxtab qolmaydi. U mazkur bosqich doirasidan chiqishi, buyumlarning umumiy, zaruriy va muhim xususiyatlari hamda munosabatlarini, ularning bevosita hissiy mushohada kilib boʻlmaydigan qonuniy aloqalarini bilib olishi mumkin. Bunga abstrakt tafakkur — bilishning mantiqiy bosqichi orqali erishiladi. Bilish jarayonining sifat jihatdan yangi, oliy bosqichi — mavhum tafakkur jamiyatdan va tildan tashqarida boʻlmaydi. U amaliyotning, tarixiy taraqqiyotning mahsuli. Tafakkur voqelikning umumlashtirilgan, yaʼni bilvosita aksidir. Tafakkur va til bir-biri bilan chambarchas bogʻlangan. Til boʻlmas ekan — umumlashtirish jarayoni ham boʻlmaydi. Hissiy bilish singari mavhum tafakkur ham muayyan shakllarda roʻy beradi. 2. O‘RTA ASRLARDA MARKAZIY OSIYODA FALSAFIY FIKRLAR RIVOJLANISHAbu Nasr Muhammad ibn Tarxon al-Forobiy (870–950, asarlari: «Kitob ul-Xuruf», «Fozil odamlar shahri», «Siyosat falsafasi», «Fuqarolik siyosati») falsafa va tabiiy fanlar tarixiga oid yuzga yaqin asar muallifidir. U fanlar bilish vositalari ekanligidan kelib chiqqan. Bunda mutafakkir nazariy (mantiq, falsafa, tabiiy fanlar) va amaliy (axloq, siyosat) fanlarni farqlagan. Fanlar tizimida u insonga haqiqiy bilimni soxta bilimdan farqlash imkonini beruvchi mantiqni birinchi o‘ringa qo‘ygan. Ayni shu sababli faylasuf inson tafakkuriga alohida e’tibor bergan. Aynan falsafa insonga borliqning mohiyatini tushunish imkonini beradi. Borliq «yagona» va ayni vaqtda «ko‘p»dir.Abu Rayhon Beruniy (973–1048 yillar, asarlari: «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar», «Hindiston», «Minerologiya»), tabiat va uning ob’ektiv qonunlari mavjudligiga shubha qilmagan. U tabiat muttasil o‘zgarish va rivojlanishda bo‘ladi, materiya narsalar shaklini o‘zi yaratadi va o‘zgartiradi, jon (tafakkur, ma’naviy hodisalar) tananing muhim xossasidir, deb ta’kidlagan. Ma’lumki, tajriba, eksperiment borliqni bilish usullaridan biri hisoblanadi. Beruniy shunday deb yozadi: «Mendagi ishtibohni faqat tajriba va takroriy sinov bartaraf etishi mumkin, ... so‘zlovchilarning yakdilligiga qaramay, buning haqiqiyligi tajribada o‘z tasdig‘ini topmagan»7Abu Ali ibn Sino (980–1037, buxorolik Ibn Sino (Avitsenna) 300 dan ortiq asar muallifidir Ularning orasida «Tib qonunlari» va «Bilim kitobi»,«Donishnoma», «Hayy ibn YAkzon», ayniqsa, keng dovruq qozongan). O‘rta Osiyoning mashhur qomusiy allomasi va faylasufidir.Ibn Sino merosining tahlili uning ilmiy qiziqishlari doirasi benihoyat keng, u tom ma’noda qomusiy bilimlar egasi bo‘lganidan dalolat beradi. Ibn Sino fanlarning tadqiqot ob’ektlariga ko‘ra ajratishga asoslangan tasnifini taklif qilgan. 3. OLAM TUSHUNCHASI. OLAMNING DINIY, ILMIY VA FALSAFIY MANZARASI. Biz Olam tushunchasiga quyidagicha ta’rif berdik:In son va u n i о ‘rab turgan butkul uzoq-yaqin borliqlar - Olamdir Olam ni tushunish, tanish va unda ro ‘y beradigan jarayonlarni anglash insoniyat paydo bo‘lgandan beri uning oldidagi eng dolzarb, eng muhim vazifa bo'lib kelgan. B n:_sohada hozirgacha to'plangan bilimlar juda ko ‘p. Ularni o'rganish bilan falsafaning ontologiya bo‘limi shug‘ullanadi. Olam insonlarni o'rab turgan dunyo haqida keng qamrovli tushuncha;- U nisbiy m ohiyatga ega. Shuning uchun ham uning shakli xilma-xil; Faqat moddiy jism larni qamrab oluvchi Olam - Moddiy Olamdeyiladi; Odamning ruhiy dunyosini qamrab oluvchi olam - m a’naviyOlam deyiladi;- Shuningdek, Olamning dolzarb, potentsial, virtual, konkret, abstrakt turlari va boshqa o ‘nlab turli-tuman nomdagi Olamlar sanab o ‘tiladi;- Shu dunyo o'zining barcha murakkabligi va muammolari, jozibadorligi, butun go'zalligi bilan yagona Olamni tashkil etadi Olam tushunchasi makonni aks ettiradi;- Olam uni tashkil etuvchi narsalar bilan birgalikda namovon b o lad i; Hech narsasi yo ‘q olam yo'q. Y o'q degan so'zmavhum tushincha(abstrakt) 4.DUNYOQARASHNING TARIXIY SHAKLLARI.Mifologik, diniy, falsafiy dunyoqarash. Dinning psixologik, gnoseologik, ijtimoiy va siyosiy ildizlari. Dunyoni falsafiy idrok etishning o‘ziga xos xususiyatlari.Tarixan dunyoqarashning birinchi shakli mifologiya edi. Mifologiya (yunoncha mythos — afsona, afsona va logos — soʻz, tushuncha, taʼlimot) — jamiyat taraqqiyotining dastlabki bosqichlariga xos boʻlgan ong turi, dunyoni anglash usuli. Mif qadimgi odamlarning dunyoni tushuntirishga, inson - dunyoga nisbatan eng asosiy, asosiy savollarni ko'tarish va ularga javob topishga bo'lgan birinchi urinishidir.Diniy dunyoqarash g'ayritabiiy va tabiiy olamlarni, mo''jizaviy va yerdagi dunyoni aniq ajratib turadi. G'ayritabiiy dunyoning markazi uning barcha tuzilmalarini belgilab beruvchi va real dunyoni yaratuvchi xudo (xudolar)dir. Dunyoning diniy manzarasi shundan kelib chiqadiki, biz ko'rib turgan borliq tekisligi yagona emas, balki faqat soya, uning yashirin, chuqur tomonlarini aks ettiradi.Shu bilan birga, zamonaviy dunyoqarash ko'p jihatdan zamonaviy ta'lim va ta'lim tizimining yutuqlari natijasi bo'lib, u asrlar davomida, jumladan, ilmiy jamoatchilik tomonidan ishlab chiqilgan va sayqallangan bilimlarni, tafakkur mantiqi va donolikni o'zlashtiradi 5.HAQIQAT TUSHUNCHASI Haqiqat atamasi ostida voqeʼlik, fakt; real narsa, hodisa yoki holat tushuniladi. Falsafa obyektlaridan biri boʻlib, haqiqatning aslida nima ekanligini aniqlash ustida qator ishlar yozilgan. Haqiqat boʻlmagan holat yolgʻon, deb ataladi. Haqiqat subyektiv, obyektiv yoki mutlaq darajalarga ajratiladi; Haqiqat – bilimlarning ob’ektiv borliqqa muvofiq bo‘lgan mazmuni. U bilish jarayoni, bilish in’ikosining natijasidir. Haqiqat ilmiy nazariyada mujassamlashgan anglab etilgan tasdiqlovchi mulohazalar ko‘rinishida o‘z ifodasini topadi. Har qanday ilmiy nazariya rivojlantirilishi, ba’zan boshqa, yanada haqiqiyroq nazariya bilan almashtirilishi lozim. Shu ma’noda haqiqat – bilish rivojlanishining yakuni va omilidir. Hozirgi zamon bilish nazariyasida haqiqiy bilim va uning shakllari haqida turli fikrlar mavjud. Ob’ektiv haqiqat – bilimlarimizning inson insoniyatga bog‘liq bo‘lmagan mazmuni. Bizning bilimlarimizda doim yo muayyan odamga, yo muayyan ijtimoiy guruhga bog‘liq bo‘lgan unsur mavjud bo‘ladi. Binobarin, o‘z bilimlarimizda sub’ektiv unsurlarga bog‘liq bo‘lmagan va shu sababli ob’ektiv hisoblanadigan mazmunni qayd etishimiz lozim. Ob’ektiv haqiqat rivojlanib, ikki shakl: nisbiy va mutlaq haqiqat shakllarida amal qiladi. Mutlaq haqiqat – predmetni kelajakda to‘ldirilishi yoki unga aniqlik kiritilishi mumkin bo‘lmagan tarzda to‘la, mukammal bilishdir. Olam vaqt va makonda cheksizligi tufayli bunday bilimga amalda erishish mumkin emas. Haqiqat tushunchasini mutlaq haqiqat tushunchasi bilan tenglashtirib, biz unga erishib bo‘lmasligi, demak, umuman bilish mumkin emasligi haqida gapiramiz. Biroq fanning haqiqiy tarixi buning teskarisidan dalolat beradi: fan rivojlanadi, chunki u nisbiy va mutlaq bilimning birligi sifatida tushuniladigan haqiqatni bilishga qodir. Boshqacha aytganda, ob’ektiv haqiqat to‘la va mukammal ko‘rinishdagi mutlaq haqiqatdir. Ayrim hollarda, agar haqiqat vaqt o‘tishi bilan o‘zgarmasa, ya’ni vqat shart-sharoitlariga bog‘liq bo‘lmasa, u boqiy haqiqat deb ataladi. Nisbiy haqiqat – borliqni asosan to‘g‘ri aks ettirsa-da, obraz ob’ektga uncha mos emasligi bilan ajralib turadigan bilim. Nisbiy haqiqat to‘g‘ri, biroq noto‘liq, taxminiy, vaqt va joyning muayyan tarixiy shart-sharoitlari bilan cheklangan haqiqatdir. Download 17.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling