1. Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblarining yangilangan klassifikatori ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2017-yil 1-noyabrdan boshlab amalga kiritilsin
Download 66.17 Kb.
|
795 04.10.2017
KLASSIFIKATORI
1-bob. Umumiy qoidalar 1. Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblarining ushbu klassifikatori (keyingi o‘rinlarda XALIKK-2017 deb ataladi) xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblarini tizimlashtirish, ishchilarning malaka razryadlari diapazonini va xizmatchilarning lavozimlari toifalarini belgilash, shuningdek ta’limning yo‘nalishi va darajasiga qo‘yiladigan talablarni aniqlash uchun mo‘ljallangan. XALIKK-2017 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 19-iyundagi 164-son qarori bilan tasdiqlangan Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatori o‘rniga ishlab chiqilgan. 2. Ushbu XALIKK-2017 dan: turli huquqiy shakldagi tashkilotlarning mehnat shartnomalari va shtat jadvallarini tuzishda, xodimlarning mehnat daftarchalariga yozuvlarni kiritishda, mehnat shartnomalari bo‘yicha buyruqlarni rasmiylashtirishda, lavozimlar va kasblarni xodimlarning tegishli toifalariga kiritishda, pensiyaga doir imtiyozlar huquqini aniqlashda xizmatchilarning lavozimlari va ishchilarning kasblari nomlarini standartlashtirish va birxillashtirish; xodimlarning malaka toifasini hisobga olgan holda kadrlarni samarali ravishda joy-joyiga qo‘yish; ishlab chiqarish va boshqaruvning hozirgi darajasidan va rivojlanishi istiqbollaridan kelib chiqib, zamonaviy bozor iqtisodiyoti talablariga javob beradigan, yangicha fikrlaydigan kadrlarni aniq maqsadni ko‘zlab tayyorlash; turli tashkiliy-huquqiy shakllardagi tashkilotlarda kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha o‘quv dasturlarini tuzish; mehnatni hisobga olish, tahlil qilish va uning statistikasini yuritish; xodimlar bilan ishlashni tashkil etish sohasida axborotni qayta ishlash; band aholini faoliyat (mashg‘ulot) turlari bo‘yicha taqsimlash; xalqaro darajada ijtimoiy-mehnat sohasidagi statistika ma’lumotlarini taqqoslash uchun foydalaniladi. Klassifikator, shuningdek, tarmoq tarif-malaka ma’lumotnomalarini belgilangan tartibda ishlab chiqish uchun asos bo‘ladi. 3. Ishchilar kasblari va xizmatchilar lavozimlari XALIKK-2017 ning tasniflash obyektlari hisoblanadi. 4. Ushbu XALIKK-2017: xizmatchilar lavozimlari va ishchilar kasblari nomlaridan foydalanish yuzasidan — xodimlarning mehnat daftarchalariga yozuvlarni qayd etishda, mehnat shartnomalari tuzishda, buyruqlarni rasmiylashtirishda, xizmatchilarning lavozimlarini xodimlar toifalariga kiritishda majburiy hisoblanadi; ishga qabul qilishda xodimlar ma’lumotining eng past darajasi, ishchilar kasblari bo‘yicha malaka razryadlarini belgilash yuzasidan — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tashkil etilgan davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarida (keyingi o‘rinlarda davlat tashkilotlari deb ataladi), xo‘jalik boshqaruvi organlarida, shuningdek ustav kapitalida davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan tashkilotlarda qo‘llanilishi majburiy hisoblanadi, boshqa tashkilotlar uchun esa — tavsiya xususiyatiga ega. ta’lim yo‘nalishi yuzasidan — barcha tashkilotlar uchun tavsiya xususiyatiga ega. 5. XALIKK-2017da tegishli tariflar bilan birgalikda quyidagi asosiy atamalardan foydalaniladi: a) xizmatchi lavozimi — xodimning funksional vazifalari, lavozim huquqlari va javobgarlik xususiyati bilan belgilanadigan uning xizmat mavqeyi; b) ishchi kasbi — kasbga o‘qish yoki amaliyot natijasida egallangan jami bilimlar va ko‘nikmalar bilan belgilanadigan ishchining mehnat faoliyati turi; v) xizmatchilar — tashkilotda hujjatlarni tayyorlash va rasmiylashtirishni, hisob va nazoratni, boshqaruv funksiyalarini, shuningdek xo‘jalik xizmatini amalga oshiradigan lavozimni egallagan mutaxassislar; g) mutaxassislar — ishlab chiqarish va ma’muriy jarayonlarni rejalashtiruvchi, loyihalashtiruvchi va nazorat qiluvchi, murakkab texnikaga xizmat ko‘rsatuvchi, hujjatlarni ishlab chiquvchi, xodimlarni boshqaruvchi, tashkilot faoliyati jarayonlarini, shu jumladan, ularga farmoyish beruvchi vakolatlar berilmagan holda tartibga soluvchi, ta’lim beruvchi va sog‘lomlashtiruvchi, ijodiy va ilmiy faoliyatni, shu jumladan, boshqa o‘ziga xos funksiyalarni amalga oshiruvchi xodimlar. Mutaxassislar boshqaruv va ishlab chiqarish xodimlariga tegishli bo‘lishi, farmoyish berish va ijro etish funksiyalarini bajarishlari mumkin; d) ishchilar — mehnat quroli yordamida mehnat jarayonida ishlov berilishi kerak bo‘lgan materiallarga (mehnat predmetiga) ta’sir ko‘rsatadigan, asosan jismoniy mehnat bilan shug‘ullanadigan, mahsulot yaratadigan, mashinalarni kuzatadigan, sozlaydigan va saqlaydigan, mehnat predmetlari joyini o‘zgartiradigan, mehnatning normal sharoitlarini saqlab turadigan, tovarlar va xizmatlarning ishlab chiqarish texnologiyasi bilan belgilanadigan boshqa funksiyalarni bajaradigan xodimlar; e) xodimlar toifasi — xizmatchining mehnati mazmunining tavsiflari va ko‘rsatkichlari tizimi: boshqaruv xodimlari — boshqaruv funksiyalarini amalga oshiruvchi, xodimlarga rahbarlik qiluvchi, zarur qarorlarni ishlab chiquvchi va qabul qiluvchi, tashkilot faoliyatini rejalashtiruvchi, nazorat qiluvchi va jarayonlarni tartibga soluvchi, zarur qarorlar qabul qilish uchun ma’lumotlar tayyorlovchi xodimlar. Boshqaruv xodimlari tashkilotning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlar va vazifalarga erishishi uchun zarur tashkiliy-texnik shartlarni, yuklangan funksiyalar va ishlab chiqarish dasturlari bajarilishini ta’minlaydilar. Boshqaruv xodimlari rahbarlarga va boshqaruv xodimlari mutaxassislariga bo‘linadi; ishlab chiqarish xodimlari — tashkilotning asosiy mahsulotlari (xizmatlari)ni ishlab chiqarish, shuningdek ishlab chiqarish dasturida belgilangan qo‘shimcha mahsulotlar (xizmatlar)ni ishlab chiqarish jarayonida bevosita qatnashadigan xodimlari. Ishlab chiqarish xodimlari tarkibiga ishlab chiqarish jarayonida bevosita qatnashadigan mutaxassislar ham kiradi; texnik xodimlar — funksiyasiga boshqaruv xodimlari faoliyatiga texnik xizmat ko‘rsatish hamda ishlab chiqarish va texnologik jarayonlarni ta’minlash ishlarini bajarish (nashr etish, ko‘paytirish va arxiv ishlarini bajarish, kutubxona ishi, hujjatlarni yetkazib berish, kompyuter texnikasiga xizmat ko‘rsatish, idora, kotiblik ishlarini va boshqa ishlarni bajarish) kiradigan xodimlar; xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar — funksiyasiga binolar va hududlarga texnik xizmat va xo‘jalik xizmati ko‘rsatish, ularni qo‘riqlash, boshqaruv xodimlariga transport xizmati ko‘rsatish, tashkilotning boshqaruv va ishlab chiqarish xodimlariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha boshqa ishlar, shu jumladan, ijtimoiy-maishiy xizmat ko‘rsatish kiradigan xodimlar. Xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarga mutaxassislar va ishchilar toifasiga mansub bo‘lmagan aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish xodimlari ham kiradi; j) xodim ma’lumotining eng past darajasiga qo‘yiladigan talablar — “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq xizmatchi yoki ishchi kasbi bo‘yicha ishga kirishda, qoidaga ko‘ra, bajariladigan ishlar va funksional vazifalarning o‘ziga xosligidan kelib chiqib talab qilinadigan ma’lumotning eng past darajasi. Ishga qabul qilishda ma’lumot yo‘nalishiga qo‘yiladigan talablar qonun hujjatlari talablari hisobga olingan holda davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari va tashkilotlar tomonidan belgilanishi mumkin; z) ishchilarning malakaviy razryadlari diapazoni — ishchi tomonidan bajariladigan faoliyatning aniq turiga xos bo‘lgan ishlarning eng past razryadidan eng yuqori razryadigacha bo‘lgan oraliq. Tarif razryadlarining diapazonida belgilangan aniq tarif razryadlari ishning murakkabligini va uning uchun talab etiladigan ishchi malakasini belgilaydi; i) ta’lim yo‘nalishi — ta’lim muassasasida bitiruvchi tomonidan tegishli darajadagi ta’lim dasturi bo‘yicha egallangan va ular tomonidan kasbiy yoki lavozim faoliyatining muayyan turi bajarilishini ta’minlaydigan bazaviy va fundamental bilimlar, o‘quv va ko‘nikmalar yig‘indisi. 2-bob. XALIKK-2017ning tuzilmasi 6. Ushbu XALIKK-2017 quyidagi bo‘limlardan iborat: 1-bo‘lim — “Ishchilarning asosiy kasblari tasnifi” — Ishlar va ishchi kasblari yagona tarif-malaka ma’lumotnomasiga muvofiq ishchilar kasblarining, shuningdek huquq va majburiyatlari ushbu XALIKK-2017ga 1-ilovaga* muvofiq iqtisodiyot tarmoqlarida kasblar tarkibini tartibga soluvchi ustavlar, maxsus ilovalar va tegishli qarorlarda nazarda tutilgan ishchilar kasblarining nomlarini o‘z ichiga oladi; 2-bo‘lim — “Xizmatchilarning asosiy lavozimlari tasnifi” — iqtisodiyotda va ushbu XALIKK-2017ga 2-ilovada* ko‘rsatilgan tashkilotlarning tashkiliy-tarkibiy sxemalarida qo‘llaniladigan faoliyat nomlarini o‘z ichiga oladi. * 1 — 2-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan. 7. 1-bo‘lim ishchilar kasblarining tartib raqamlarini ularning ortib borishi tartibida, alifbo bo‘yicha ishchilar kasblari nomlarini va O‘zbekiston Respublikasi Mashg‘ulotlarning milliy standart klassifikatori bo‘yicha ularga muvofiq kodlarni (keyingi o‘rinlarda MMSK deb ataladi), malakaviy razryadlari diapazonlarini (keyingi o‘rinlarda MRD deb ataladi), O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi mutaxassisliklarini tayyorlash yo‘nalishlari, kasblar va mutaxassisliklar klassifikatori (keyingi o‘rinlarda O‘MKTMTYMK deb ataladi) bo‘yicha kodlarni o‘z ichiga oladi. 1-bo‘limning jadvali quyidagi shaklga ega:
Download 66.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling