1. Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblarining yangilangan klassifikatori ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2017-yil 1-noyabrdan boshlab amalga kiritilsin


Download 66.17 Kb.
bet1/4
Sana28.10.2023
Hajmi66.17 Kb.
#1729438
  1   2   3   4
Bog'liq
795 04.10.2017




O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatorini yanada takomillashtirish to‘g‘risida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Prezidentining 2020-yil 31-dekabrdagi PQ-4939-sonli “Malakalarni baholash tizimini tubdan takomillashtirish va mehnat bozorini malakali kadrlar bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2021-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Bozor iqtisodiyoti va zamonaviy korporativ boshqaruvning zamonaviy uslublari talablariga muvofiq ishchilar kasblari va xizmatchilar lavozimlarini tasniflashning normativ bazasini yanada takomillashtirish, uning oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida yangi formatsiyadagi kadrlar tayyorlash tizimi bilan o‘zaro bog‘liqligini, shuningdek kasb-hunar ta’limi shakllari va dasturlarining turlichaligini hisobga olgan holda kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblarining yangilangan klassifikatori ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2017-yil 1-noyabrdan boshlab amalga kiritilsin.
2. Belgilansinki:
kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishchi kasblari bo‘yicha davlat tashkilotlariga, shuningdek ustav kapitalida davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan tashkilotlarga ishga qabul qilishga, ularga bajariladigan ishlarining turiga va tarifikatsiya natijasiga ko‘ra kamida uchinchi malakaviy razryad beriladi;
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 19-iyundagi 164-son qarori bilan tasdiqlangan Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatoriga muvofiq xodimlarning mehnat daftarchalari va tashkilotlarning mehnatga oid muayyan hujjatlaridagi 2017-yil 1-noyabrgacha amalga oshirilgan yozuvlar o‘z kuchini saqlaydi.
3.O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga vazirliklar, idoralar, tashkilotlar va ilmiy markazlarning asoslangan takliflaridan kelib chiqib, shuningdek mehnat bozorida yangi kasblar va lavozimlar paydo bo‘lishini hisobga olib Klassifikatorga belgilangan tartibda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqi berilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi Markazi, 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab, kasb-hunar kollejlarida ishchi kasblari bo‘yicha tayyorlanadigan mutaxassislarning malakasi kamida uchinchi malakaviy razryadga muvofiqligi ta’minlansin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Xalq ta’limi vazirligi va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda:
mazkur qaror bilan tasdiqlangan Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatori asosida Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori va O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassisliklar va kasblar klassifikatori muntazam ravishda muvofiqlashtirilishi va ularga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilishi ta’minlansin;
Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori va O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassisliklar va kasblar klassifikatori xalqaro standart ta’lim klassifikatsiyasi (MSKO-2011)ga muvofiqlashtirilsin;
6. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari uch oy muddatda xizmatchilarning lavozimlari va ishchilar kasblari tarmoq tarif-malaka ma’lumotnomalariga ushbu qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalarni kiritsinlar va ma’lumotnomaning bir nusxasini (qog‘ozda hamda elektron shaklda), ma’lumotlar bazasini shakllantirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga yuborsinlar.
7. Vazirlar Mahkamasining “Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatorini tasdiqlash to‘g‘risida” 2015-yil 19-iyuldagi 164-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 6-son, 48-modda) 2017-yil 1-noyabrdan boshlab o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A.Qo‘chqorov, bandlik va mehnat munosabatlari vaziri A.A. Xaitov hamda oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I.U. Majidov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 4-oktabr,
795-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 4-oktabrdagi 795-son qaroriga
ILOVA
Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari

Download 66.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling