1. Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblarining yangilangan klassifikatori ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2017-yil 1-noyabrdan boshlab amalga kiritilsin
Download 66.17 Kb.
|
795 04.10.2017
8. 2-bo‘lim xizmatchilar lavozimlarining tartib raqamlarini ularning ortib borishi tartibida, alifbo bo‘yicha xizmatchilarning lavozimlari nomlarini va ularga muvofiq bo‘lgan MMSK kodlarini, xodimlarning toifalari kodlarini, ta’limning eng past darajasini, shuningdek O‘MKTMTYMK hamda Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori (keyingi o‘rinlarda OTYMK deb ataladi) bo‘yicha kodlarni o‘z ichiga oladi. 2-bo‘limning jadvali quyidagi shaklga ega:
9. MMSK kasblari va yo‘nalishlari kodlari Xalqaro mehnat tashkilotining Mashg‘ulotlarning xalqaro standart klassifikatori ISCO-88 ga muvofiqdir va to‘rtta raqamdan iborat bo‘ladi: birinchi raqam o‘zida yiriklashtirilgan guruhni ifodalaydi; ikkinchi raqam kichik guruhni ifodalaydi; uchinchi raqam tarkibli guruhni ifodalaydi; to‘rtinchi raqam bazaviy guruhni ifodalaydi. Masalan:
10. Ishchilar kasblari malaka razryadlarining diapazoni (MRD) belgilangan tartibda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan ishlab chiqilgan Ishchilar kasblarining yagona tarif-malaka yo‘riqnomalariga hamda tarmoq tarif-malaka yo‘riqnomalari ishchilarning kasblari bo‘yicha ularning murakkabligiga ko‘ra (mehnat sharoitlarini hisobga olmasdan) ishchilar kasblari bo‘yicha ishlarning eng kam va eng yuqori razryadlarini “1” dan “8” gacha oraliqda belgilaydi, bunda: “1” razryad — xodimdan past malakani talab qiladigan eng oddiy ishlarni, “8” razryad esa — ishchidan eng yuqori kasbiy malakani va tajribani talab qiladigan alohida murakkab va noyob ish turlarini ifodalaydi. Aksariyat hollarda ishchining eng yuqori malaka razryadi oltinchi razryaddan oshmaydi. Ayrim ishchi kasblari bo‘yicha malakaviy razryadlari diapazoni aniqlanmaydi (tegishli ustunda “--” belgi bilan belgilanadi). 11. O‘MKTMTYMK va OTYMK bo‘yicha kodlar Ta’limning xalqaro standart klassifikatsiyasiga asoslangan va yettita raqamdan iborat: birinchi raqam ta’lim dasturining darajasi kodini belgilaydi: “3” kodi — o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi, “5” va “5A” kodlari — tegishli ravishda “bakalavr” va “magistr” akademik darajalari uchun; “2” va “1” kodlari — tegishli ravishda, shu jumladan, ishlab chiqarishda (“2”) va maxsus kasbiy tayyorgarlikni talab etmaydigan (“1”) qisqa muddatli kasb tayyorgarligi darajasi uchun; ikkinchi raqam — bilimlar sohasi kodi; uchinchi raqam — ta’lim sohasi kodi; to‘rtinchi va beshinchi raqamlar — ta’lim yo‘nalishi kodi; oltinchi va yettinchi raqamlar — mutaxassisliklar kodi (OTYMKda ko‘rsatilmagan mutaxassisliklar kodlari “00” raqamlari bilan belgilanadi). Masalan:
XALIKK-2017 da ko‘rsatilgan har bir kasb yoki lavozimga OTYMK va O‘MKTMTYMK bo‘yicha bir yoki bir necha kodlar muvofiq bo‘lishi mumkin. 2-bo‘limda xizmatchilarning ayrim lavozimlari bo‘yicha, “OTYMK va O‘MKTMTYMK bo‘yicha kod” ustunida “5Axxxxxx” kodi ko‘rsatilgan, u Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatorlariga muvofiq “Magistr” darajasini anglatadi. Izoh: “xxxxxx” belgilari 0 dan 9 gacha bo‘lgan istalgan sonni bildiradi. “O‘MKTMTYMK, OTYMK bo‘yicha kod” ustunida “-” belgisi ko‘rsatilgan holatlarda ma’lumoti yo‘nalishiga nisbatan talablar qo‘yilmaydi. 12. Xodimlarning xizmatchilar lavozimlariga tegishli toifalari quyidagi qisqartmalar bilan belgilangan: B — boshqaruv xodimlari; M — mutaxassislar; T — texnik xodimlar; X — xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar; I — ishlab chiqarish xodimlari. 13. Ma’lumotining eng past darajasi quyidagi qisqartmalar bilan belgilangan: O/M — oliy ma’lumotli, u “bakalavr” va “magistr” darajalarini o‘z ichiga oladi; O‘MKHT — o‘rta maxsus, kasb-hunarga doir ma’lumotli; TQ — ma’lumoti darajasiga talab qo‘yilmaydi. 3-bob. XALIKK-2017ni qo‘llanish xususiyatlari 14. Xizmatchilarning ayrim lavozimlari bajariladigan funksiyalarga ko‘ra boshqaruv va ishlab chiqarish xodimlariga tegishli bo‘lishi mumkin. Agar davlat va xo‘jalik boshqaruvi organi tuzilmasida ishlab chiqarish bo‘linmalari ajratib ko‘rsatilmagan bo‘lsa, u holda xodimlarning “Mutaxassislar” toifasiga kiritilgan lavozimlar boshqaruv xodimlariga tenglashtiriladi, tegishli normativ-huquqiy hujjatlarda istisno shaklida ko‘rsatilgan ayrim lavozimlardan tashqari. 15. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning normativdagi sonini aniqlashda texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning ayrim lavozimlari va kasblari ishlab chiqarish xodimlari jumlasiga kiritilishi mumkin, agar ushbu lavozimlar va kasblar mazkur davlat va xo‘jalik boshqaruvi organining ishlab chiqarish bo‘linmalari shtatlar tuzilmasiga kiritilgan bo‘lsa. 16. Xizmatchilarning ayrim lavozimlari va ishchilarning kasblari bo‘yicha XALIKK-2017 da ko‘rsatilmaganlar belgilanishi mumkin: a) hosila lavozimlar va kasblar, shu jumladan: ishchilar kasblari bo‘yicha — “katta” va “yordamchi”; xizmatchilar lavozimlari bo‘yicha — o‘rinbosar, yordamchi, birinchi, ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi, beshinchi, bosh, yetakchi, katta, kichik, oliy ma’lumotli, o‘rta maxsus ma’lumotli, kasb-hunarga doir ma’lumotli, smenali, brigadali, viloyat, tuman, uchastka, kon va hokazo. Xizmatchilarning ayrim lavozimlari bo‘yicha hosila lavozimlar bir lavozim doirasida tashkilot rahbari tomonidan belgilanadi. Hosila lavozimni (kasbni) belgilashda xodimlarning lavozim vazifalarini bajarishdagi mustaqilligi darajasi, uning qabul qilinadigan qarorlarning to‘g‘riligi yuzasidan javobgarligi, tashabbuskorligi, mehnatining samaradorligi va sifati, shuningdek amaliy faoliyati tajribasi hisobga olinadi. Hosila lavozimlarga va kasblarga XALIKK-2017 da ko‘rsatilgan lavozimlar va kasblar bo‘yicha faoliyat mazmuni xususiyatlarini aniqlashtirish yo‘li bilan hosil qilingan lavozimlar va kasblar ham kiritiladi. Ushbu holatda uning asosida ushbu hosila lavozim (kasb) hosil qilingan XALIKK-2017 da ko‘rsatilgan lavozim (kasb) klassifikatsiya obyekti hisoblanadi; b) lavozimning malaka toifalari: oliy, birinchi, ikkinchi, uchinchi. Xizmatchilarning lavozimlari bo‘yicha malaka toifalari, qoidaga ko‘ra, qonunchilikda belgilangan tartibda o‘tkaziladigan attestatsiya natijalari bo‘yicha belgilanadi; v) klassliligi va klass darajalari. Ular bo‘yicha klasslilik va klass darajalari belgilanadigan lavozimlar ro‘yxati, shuningdek ularni belgilash tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi. 17. 2-bo‘limning “Lavozimning nomi” ustunida xizmatchilarning ayrim lavozimlari bo‘yicha takrorlanadigan (ekvivalent) nom ko‘rsatilgan. Masalan:
Download 66.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling