Qimmatli qog‘ozlar tushunchasi va uning turlari


Download 389.24 Kb.
Sana10.02.2023
Hajmi389.24 Kb.
#1185132
Bog'liq
Lapasov Shaxram (Investitsiya)

Fan:”Investitsiya va inovatsiyalar” Mavzu:Tijorat banklarining qimmatli qog’ozlar bozorini rivojlantirishdagi o’rni

O’qituvchi: Ro’ziboya.N O’quvchi: Lapasov.Sh

Qimmatli qog‘ozlar tushunchasi va uning turlari

Qimmatli qog‘oz – o‘zi bilan bog‘liq mulkiy huquqlarni aks ettiradigan hujjatdir, u daromad manbai bo‘lib xizmat qiladi, bozorda muomalada yuritilishi va oldi-sotdi vositasi bo‘lishi mumkin. Jahon amaliyotida qimmatli qog‘ozlarning har xil turlari ishlatilmoqda.

Qimmatli qog‘ozlar bozori va uning ishtirokchilari.

  • Fond birjasi - qimmatli qog‘ozlar bilan oldi-sotdisi o‘tkaziladigan joy.
  • Fond birjasidagi qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni shartli ravishda 3 turga bo‘lish mumkin:
  • · brokerlik operatsiyalari;
  • · dillerlik operatsiyalari;
  • · market-meykerlik.
  • Brokerlik operatsiyalari – mijozning topshirig‘iga asosan va uning pul mablag‘lari evaziga amalga oshiriladigan operatsiyalar.
  • Dillerlik operatsiyalari – tashkilot o‘z nomidan va o‘z pul mablag‘i evaziga amalga oshiriladigan operatsiyalar.

REPO operatsiyalari

  • REPO operatsiyasi – bu qimmatli qog‘ozlarni keyinchalik yuqoriroq bahoda sotish (sotib olish) majburiyati bilan sotib olish (sotish). REPO shartnomasining birinchi qismida sotuvchi kreditlanadi va ikkinchi qismida pul mablag‘lari egasiga ortig‘i bilan qaytariladi. Qimmatli qog‘ozlar egaligini huquqiy berish ma’lum vaqtga kreditni ta’minlangan qiladi va riskni kamaytiradi.

Professionallar fond bozorida faoliyat ko‘rsatish jarayonida turli «o‘yinlarni» qo‘llaydilar.
«Ayiqlar» o‘yini – daromad olish maqsadida qimmatli qog‘ozning bozor narxini pasaytirishga qaratilgan jarayon. Professional ma’lum qimmatli qog‘ozning bozor narxini pasayishini oldindan sezgan holda uni ma’lum muddatga qarzga olib turadi. Qarzga olingan qimmatli qog‘ozning narxi pasaymasdan payt poylab darrov sotib yuboriladi.
«Buqa» - qimmatli qog‘ozlarni naqd pulga sotib oladi va ularni qimmatroq narxda sotish maqsadida bozor narxining ko‘tarilishini poylab turadi.

Depozitar faoliyat

bu qimmatli qog‘ozlar sertifikatlarini saqlash bo‘yicha xizmat ko‘rsatish yoki qimmatli qog‘oz huquqini o‘tkazish va hisobini yuritish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish. Depozitariya xizmatidan foydalanuvchi tomon deponent deyiladi. Deponent nomiga qimmatli qog‘ozlar xarakatining hisobini yurituvchi depo schyoti ochiladi. Qimmatli qog‘ozlar bilan banklararo operatsiyalarni amalga oshirish uchun banklar bir-birlarida depo («loro» va «nostro») schyotlari ochiladi. Depozitar va mijoz o‘rtasida ochiq yoki yopiq saqlash yo‘llari aks ettirilgan shartnoma to‘zilgan bo‘lishi mumkin. 


Qimmatli qog‘ozlar qadrsizlanishi bo‘yicha rezervlarni shakllantirish va boshqarish tartibi.

Qog‘ozning bozor narxi o‘zgarish xarakteri

Qadrsizlanish bo‘yicha rezerv tashkil qilish tartibi

Rezervlarni birlamchi tashkil qilinishi

Qimmatli qog‘ozlarning balans tannarxidan past bo‘lgan bozor narxi

Pasaytirish narxi miqdorida rezerv tashkil qilinadi (balans tannarxi va qayta baholash narxi o‘rtasidagi farq)

Rezervlarni boshqarish

A) rezerv tashkil qilishda qo‘llaniladigan bozor narxi bazaviy narxdan oshib ketdi

Mablag‘larning foyda schyotiga butunlay o‘tkazilguniga qadar rezerv kamaytirib borladi

B) rezerv tashkil qilish uchun qo‘llanilgan bozor narxi bazaviy narxdan tushib ketdi.

Narx tushganda rezervga qo‘shimcha kiritiladi.

TRAST OPERATSIYALARI

  • Trast-ingliz tilida “ishonch” degan ma’noni bildiradi. Bank jismoniy va yuridik shaxslardan pul mablag‘larini ma’lum bir muddatga jalb qilib, shu muddat ichida ishonch olingan mablag‘ni yuqori foyda olib keladigan operatsiyalarga joylashtiradi. Trast operatsiyalari bank ishida va banklarning sanoat va iqtisodiyotning boshqa sohalari bilan aloqalarida katta rol o‘ynaydi.

Birja savdolarida turgan davlat aksiya paketlarining soxalar bo’yicha tasqimoti

Birja savdolarida turgan davlat aksiya paketlarining xududlar bo’yicha taqsimoti


Download 389.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling