1. Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblarining yangilangan klassifikatori ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2017-yil 1-noyabrdan boshlab amalga kiritilsin
Download 66.17 Kb.
|
795 04.10.2017
Ushbu holatda tashkilotlarning mehnat shartnomalarini va shtat jadvallarini tuzishda, xodimlarning mehnat daftarchalariga yozuvlarni kiritishda, mehnat munosabatlari bo‘yicha buyruqlarni rasmiylashtirishda, lavozimlar va xodimlarning tegishli toifalariga kiritishda, pensiya imtiyozlariga bo‘lgan huquqni aniqlashda lavozimning to‘g‘ri nomi ham asosiy, ham takrorlanadigan (ekvivalent) nom hisoblanadi. 18. Ishga qabul qilishda talab qilinadigan ma’lumotning eng past darajasini belgilashda: oliy ta’lim muassasalarini “bakalavr” va “magistr” darajasi bilan tamomlagan shaxslar oliy ma’lumotli xodimlar jumlasiga kiritiladi; akademik litseylarni va kasb-hunar kollejlarini, texnikumlarni, kasb-hunar-texnika, tibbiyot, pedagogika yoki boshqa bilim yurtlarini tamomlagan shaxslar o‘rta maxsus kasb-hunar ma’lumotiga ega xodimlar jumlasiga kiritiladi. 19. Ayrim holatlarda klassifikatorda belgilangan ma’lumotning eng past darajasiga yoki yo‘nalishiga ega bo‘lmagan, lekin yetarli darajada amaliy tajribaga ega bo‘lgan, o‘zlariga yuklangan lavozim vazifalarini to‘liq hajmda va sifatli bajaradigan xodimlar ma’lumotning tegishli darajasini yoxud ma’lumotning boshqa yo‘nalishini talab qiladigan lavozimga qabul qilinishi mumkin, agar qonunchilikda boshqa tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa. 20. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan ayrim ishchi kasblariga avval o‘rnatilgan tartibda qabul qilingan huquqiy hujjatlarga muvofiq korxonalarda qo‘llanayotgan ishlarning razryadlari 1-bo‘limning “MRD” ustunida ko‘rsatilgandan yuqoriroq o‘rnatilgan bo‘lsa, avval o‘rnatilgan ishchi kasblarining malakaviy razryad diapazonlari saqlab qolinadi. 4-bob. XALIKK-2017ga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish 21. XALIKK-2017ga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish (aktuallashtirish) vazirliklar, idoralar, tashkilotlar, shuningdek fuqarolar (keyingi o‘rinlarda foydalanuvchilar deb ataladi) takliflari asosida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. XALIKK-2017ni aktuallashtirish uchun foydalanuvchilar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi nomiga quyidagi ma’lumotlar ilova qilingan buyurtmanomani yuboradilar: a) XALIKK-2017ga kiritish yoki XALIKK-2017 dan chiqarib tashlash uchun tavsiya etilayotgan lavozimlar va kasblarning nomi; b) kiritish uchun tavsiya etilayotgan har qaysi kasb va lavozim bo‘yicha: tarif-malaka tavsifnomalarining yoki faoliyat mazmunining tavsifi; XALIKK-2017da ko‘rsatilgan kodlar, shu jumladan MMSK, O‘MKTMTYKM va OTYMK bo‘yicha kodlar, ishchilar kasblari uchun — razryadlar diapazoni va xizmatchilar lavozimlari uchun — xodimlarning toifasi; v) har qaysi kasb yoki lavozimni XALIKK-2017 ga kiritishning yoki XALIKK-2017 dan chiqarib tashlashning zarurligi asoslangan tushuntirish xati. 22. XALIKK-2017 aktuallashtirish bo‘yicha berilgan buyurtmanomalar O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan kundan boshlab 3 oy mobaynida, ekspertlarni jalb etgan holda ko‘rib chiqiladi. Tavsiya etilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar qabul qilingan taqdirda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi XALIKK-2017 ga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida belgilangan tartibda buyruq chiqaradi, rad etilgan taqdirda esa — foydalanuvchiga asoslangan rad etish xatini yuboradi. XALIKK-2017ga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining tegishli buyrug‘i O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab kuchga kiradi. 23. Agar xodimlarning mehnat daftarchalarida yoki tashkilotning mehnat munosabatlarini belgilovchi mahalliy hujjatlarida XALIKK-2017 da mavjud bo‘lmagan kasblar va lavozimlar ko‘rsatilgan bo‘lsa yoki biror-bir belgilari bo‘yicha XALIKK-2017 da ko‘rsatilgan kasblar va lavozimlarga muvofiq bo‘lmagan kasblar va lavozimlar ko‘rsatilgan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ushbu kasblar va lavozimlarning XALIKK-2017 da ko‘rsatilganlarga o‘xshashligini belgilashi mumkin. Ushbu holatda XALIKK-2017 ga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish talab qilinmaydi. 5-bob. Normativ havolalar 24. XALIKK-2017 doirasida quyidagi normativ havolalardan foydalaniladi: O`z DSt 6.01.2:2007. O‘zbekiston Respublikasining texnik-iqtisodiy va ijtimoiy axborotlarni tasniflash va kodlashtirish yagona tizimi. Klassifikatorlarni ishlab chiqish va yuritish tartibi; O‘z DT 008:2000. O‘zbekiston Respublikasining mashg‘ulotlar milliy standart klassifikatori; Oliy ta’lim davlat ta’lim standarti. Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori; O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassisliklar va kasblar tasniflagichi; Mashg‘ulotlarning Xalqaro Standart Klassifikatori (MXSK-88); Ta’limning Xalqaro Standart Klassifikatsiyasi (TXSK), YUNESKO, 1997-yil. (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.10.2017-y., 09/17/795/0080; 18.12.2018-y., 09/18/1025/2338-son; 13.12.2019-y., 10/19/3202/4154-son; 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son) Download 66.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling