1. Xlormetan, brommetan va siklopropan aralashmasida jami atomlar miqdori 42 mol, jami galogen atomlari soni vodorod atomlari sonidan 9 marta kam. Aralashma natriy metali bilan ishlandi


Download 14.15 Kb.
Sana22.12.2021
Hajmi14.15 Kb.
#182391
Bog'liq
2 5388681396531235434


1-variant.

1.Xlormetan, brommetan va siklopropan aralashmasida jami atomlar miqdori 42 mol, jami galogen atomlari soni vodorod atomlari sonidan 9 marta kam. Aralashma natriy metali bilan ishlandi. Hosil bo`lgan aralashmaning vodorodga nisbatan zichligini aniqlang.

A)16 B)17 C)18 D)19

2.Siklopentan,siklopropan va vodoroddan iborat gazlar aralashmasi 70° C gacha (Pt ishtirokida) qizdirildi. Natijada hajm 10 % ga kamaydi. Harorat 350° C gacha ko`tarilganda hajm kamayib, M(o`r)=44g/mol bo`lgan gazlar aralashmasi hosil bo`ldi. Dastlabki aralashmadagi vodorodning hajmiy ulushini hisoblang.

A)30 % B)40 % C)50 % D)60 %

3.C5H11 tarkibli radikalning asosiy zanjirida 4 ta uglerod tutgan izomerlar sonini aniqlang.

A)6 B)3 C)5 D)4

4.3-etil pentanning dixlorli izomerlariga magniy metali ta`sir ettirib jami necha xil sikloalkan olish mumkin.

A)2 B)3 C)4 D)5

5.3-brom 2,2-dimetilpentanga Na metali ta`sir ettirib olingan alkan tarkibidagi ikkilamch uglerod atom(lar)i sonini aniqlang.

A)2 B)4 C)3 D)1

6.1,1-dimetil 2-etilsiklobutan olish uchun necha xil digalogenli alkanga Zn metali ta`sir ettirib olinadi.

A)1 B)2 C)3 D)4

7. Sikloalkanlarning to’rtinchi vakilida nechta C–H bog’i mavjud?

A) 6 B) 8 C) 10 D) 12

8.CH3-CH2-Cl bilan CH2=CH-Cl da xlorning reaksiyaga kirishish qobiliyati turlicha bo`lishini organik moddadalarning tuzilish nazariyasidagi quyidagi qoidalardan qaysi biri tushuntirib beradi.

A)molekulada atomlar tartibsiz joylashgan emas, balki ular bir-biri bilan valentliklariga muvofiq ravishda ma`lum izchillikda birikkan. Molekulada atomlarning bunday izchillikda birikishi kimyoviy tuzilish deyiladi

B)Moddalarning xossalari uning molekulasi tarkibida qanday atomlar va qancha miqdorda bo`lishigagina emas, balki ularning kimnyoviy tuzilishiga ham bog`liqdir

C)Berilgan moddaning xossalarini o`rganish natijasida uning molekulyar tuzilishini aniqlash, molekulasining tuzilishidan esa uning xossalarini oldindan aytib berish mumkin

D)Modda molekulasidagi atomlar va atomlar gruppasi o`zaro bir-biriga ta`sir etadi

9.Alkan sulfonilxlorid tarkibida sp3 va sp2 orbitallar ayirmasi 18 ga teng. Shu modda ortiqcha ishqorda eritilganda qanday Mr li sulfonat olinadi.

A)160 B)146 C)174 D)188

10.Metan kislorodda to`liq yondirilganda sp2 orbitallar 1,5 marta kamaydi (suv bug`lari kondensatlangan). Dastlabki aralashmadagi kislorodning hajmiy ulushini aniqlang.

A)0,75 B)0,4 C)0,6 D)0,8

11.1,12 litr (n.sh) alkanning xlorlanishidan hosil bo`lgan xlorli organic modda bitta molekulasida 36 ta sp3 gibrid orbital bor. Ajralib chiqqan gaz (n.sh.) 60 g 20 % li o`yuvchi natriy eritmasi bilan to`liq reaksiyaga kirishishi ma`lum bo`lsa, alkanni aniqlang.

A)etan B)pentan C)butan D)propan

12.Alkan va kisloroddan iborat aralashmaning zichligi DNe=1,44. Uglevodorod to`la yondirilib, maxsulot sovutilganda gazlar aralashmasining zichligi DHe=9. Alkanni aniqlang.

A)etan B)metan C)propan D)butan

13.Teng hajmdagi metan va suv bug`i 850° C da Ni katalizatori ishtirokida reaksiyaga kirishganda hajm 1,5 marta ortgan bo`lsa, reaksiya unumini toping.

A)90 B)75 C)60 D)50

14.Alkanlar kam miqdordagi kislorod bilan ta`sirlashib is gazi va suv hosil qiladi. 12 g alkandan 21 g is gazi olingan bo`lsa, sarflangan kislorod va hosil bo`lgan suvning massa farqlarini aniqlang.

A)9 B)13 C)12 D)8

15.6,72 l propanning yorug`lik ishtirokida xlor bilan reaksiyasi natijasida hosil bo`lgan alkilxlorid va HCl ning elektronlar nisbati 7:3 ga teng. Hosil bo`lgan HCl ni neytrallash uchun 40 % li (p=1,2 g/ml) NaOH eritmasidan qancha hajm (ml) kerak bo`ladi.

A)50 B)30 C)42 D)25

16.Alkan va unga nisbatan stexiometrik nisbatda olingan xlor aralshmasi reaksiyaga kirishganda alkilxlorid va HCl 1:2 mol nisbatda hosil bo`ladi. Alkilxloridning molyar massasi alkanning molyar massasidan 2,19 marta katta bo`lsa, alkanni aniqlang.

A)CH4 B)C2H6 C)C3H8 D)C4H10

17.C3H8 CH4 va CO2 dan iborat 67,2 litr aralashma yondirildi va 156,8 l (n.sh.) CO2 hosil bo`ldi. Agar dastlabki aralashmada metanning hajmiy ulushi CO2 ning hajmiy ulushidan 4 marta katta bo`lsa, metanning hajmini toping.

A)44,8 B)33,6 C)22,4 D)17,92

18.Benzolni siklogeksangacha gidrogenlanganda sarflangan vodorod massasi benzol massasining 6 % i ni tashkil qilsa, reaksiya unumini hisoblang.

A)42 B)80 C)78 D)84

19.67,2 l CH4 va C3H8 aralashmasi tarkibida 27 mol atom bo`lsa, aralashmadagi propanning hajmini hisoblang.

A)22,4 B)44,8 C)33,6 D)16,8

20.50 ml C3H6, C4H8, C4H10 aralashmasiga 485 ml kislorod qo`shib yondirildi. Olingan aralashmadagi ortib qolgan kislorod hajmi ajralgan CO2 hajmiga teng bo`lsa, hosil bo`lgan aralashmaning hajmini aniqlang. (Suv bug`i kondensatlanmagan )(C3H6:C4H8 1:2 mol nisbatda)

A)590 B)545 C)595 D)605

21.Butan AlCl3 katalizatorligida qizdirildi. Reaksiya muvozanat konstantasini anqlang.(unum 60%)

A)3 B)4 C)1,5 D)2

22.Alkanlar tarkibidagi elektronlar sonini hisoblash formulasini keltiring.

A)8n+2 B)8n-2 C)14n-2 D)10n-2

23.Bertolle usuli bo`yicha 8,96 l (n.sh.) metan olishda sarflanadigan misning ¾ qismi suyultirilgan nitrat kislotada, qolgan qismi konsentrlangan nitrat kislotada eritildi. Hosil bo`lgan gazlar shu reaksiyada hosil bo`lgan tuzning qizdirilishidan olingan gazlar bilan aralashtirildi. Bunda hosil bo`lgan gazlar aralashmasining o`rtacha molyar massasini aniqlang.

A)34,76 B)41,71 C)40 D)32,8

24.Metanning atsetilengacha parchalanish unumi 40 % ga teng bo`lsa, olingan aralashmaning M(o`r) qiymatini aniqlang.

A)22,4 B)15 C)12,64 D)11,42

25.Alkan yonishi natijasida hosil bo`lgan suvning massasi boshlang`ich alkan massasidan 1,5 marta ko`p bo`lsa, ushbu uglevodorodning jami izomerlaridagi birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi, to`rtlamchi C atomlari sonini aniqlang.

A)15 B)12 C)10 D)20

26.Trixloralkandagi xlorning mol ulushi 15/55. Moddaning struktur izomerlari soni qancha?

A)3 B)5 C)7 D)9

27.Sikloalkanlar havo bilan qanday hajmiy nisbatda ta`sirlashadi.

A)1:1,5n B)1:8n C)2:15n D)1:6,5n

28.Noma`lum alkanda kreking jarayoni C-C bog`i uzulishi hisobiga 100 % unum bilan amalga oshdi. Shu sharoitda M(o`r) qiymati 4 marta kamaygan bo`lsa alkanni aniqlang.

A)butan B)geksan C)oktan D)dekan

29.C2H3FCl2 ushbu freon qanday nomlanadi?

A)Freon-142 B)Freon-132 C)Freon-141 D)Freon-151



30.xCO+15H2=CnH2n+2+xH2O ushbu reaksiya tenglamasi bo`yicha qanday alkan sintez qlish mumkin?

A)butan B)pentan C)geksan D)geptan
Download 14.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling