Mavzu: tuproq tuzilishini aniqlash
Download 95.91 Kb.
|
AMALIY MASHG kxa
- Bu sahifa navigatsiya:
- Umimiy ma’lumot
- Ishni bajarish tartibi
AMALIY MASHG’ULOT № 1 MAVZU: TUPROQ TUZILISHINI ANIQLASH Ishdan maqsad: Turli qatlamdan olingan tuproq namunalarining tuzilishini o’rganish. Kerakli jihozlar:Turli qatlamlardan olingan tuproq naminalari, ko’zlari turli kattalikda bo’lgan elaklar, texnik tarozi va toshlar. Umimiy ma’lumot: Zarrachalari donodor ( diametri 1-10 mm), suv bilan tezda yo’vilib ketmaydigan va tarkibida chang elementlari kam bo’lgan tuproqlar donodor tuproqlar deyiladi.Bunday tuproqlar tezda qotib qolmaydi, zarrachalar orqali suvni yaxshi o’tkazadi, namni uzoq saqlaydi va suvni kam bug’lantiradi.Shuning bilan birga ularda chirindi va oziqa moddalari etarli bo’ladi. Tarkibida chirindi moddalari kam,chang zarrachalari ko’p bo’lsa,donodor bo’lmagan tuproq deyladi.Donodor bo’lmagan tuproq yog’ingarchilik sababli zichlashadi va unda qatqaloq hosil bo’ladi,kapilyar yo’llari orqali suv tezda bug’lanib ketadi va qurib qoladi. Sug’oriladigan suv bilan tezda to’yinadi. Ularda havo juda kam bo’ladi yoki havo kam bo’lib nam etishmaydi. Ishni bajarish tartibi; Tuproq qatlami elementlarini o’rganishda ma’lum miqdordagi quruq tuproq na’munasidan olib elaklarda elanadi va tuproq zarrachalari bir- biridan ajratiladi. Odatda 2500 g tuproq olib, uni qo’l bilan sekin uvoqlanadi, so’ngra ko’zlari 10,7,5,3,2,1,0,5 va 0,25 mmli elaklardan o’tkazilib qatlam elementlari alohida – alohida tarozida tortiladi va ularning nisbiy miqdori foiz bilan ifodalanadi. Masalan, 2500 g tuproq elanganda diametri 10 mm dan yirik elementi 125 g bo’lsa, uning foiz miqdori quydagicha hisoblanadi. Qolgan elakchalardagi tuproqninig qatlamlarining elementlari foizi ham shunday aniqlanadi. Topshiriq: Tuproqning 0-20 va 21-40 sm qalinligidan namunalar olib uning donodorligini aniqlang va quyidagi jadvalni ma’lumotlar bilan to’ldiring. Tuproq donodorligi, % hisobida
Download 95.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling