1. Xoja necha yil umr korgan?


Download 22.25 Kb.
bet1/2
Sana26.06.2023
Hajmi22.25 Kb.
#1654996
  1   2
Bog'liq
xoja, ogahiy, ch.aytmatov


XOJA

1. Xoja necha yil umr korgan?


J. 67 yil
2. Asl ismi nima?
J. Poshshaxoja ibn Abdulvahhobxoja
3. Millatimiz tarixida kim sifatida alohida orin tutadi?
J. Davlat va din arbobi , lirik va epik janrlarda ijod qilgan adib
4. Kimning avlodlaridan?
J. Toshkentlik Zangi Ota
5. Qachon va qayerda tugildi?
J. 1480 yilda Ashxobod yaqinidagi qadimgi Niso shahrida shayxulislom Abdulvahhobxoja oilasida
6. Birinchi murabbiysi kim?
J. Otasi
7. 16 yoshida qayerda xizmat qildi?
J. Temuriylar saroyida
8. Yana qanday vazifalarda ishlaydi?
J. Nisoga tegishli Darun viloyatiga hokim, Karmana hokimi Jonibek Sulton hukumatida saroy mulozimi
9. 1529 yili qayerga qaysi faslda qanday lavozimda ishlaydi?
J. Kuzda Hirotda shayhulislom vazifasida
10. Nechinchi yilda Balxda ishlaydi?
J. 1534 yilda
11. Qachon vafot etadi?
J. 1547 yilda Buxoroda
12. "Xojagon"silsilasiga kim asos solgan?
J. Abduxoliq Gijduvoniy
13. Bu silsilada yana kimlar bor edi?
J. Bahouddin Naqshband, Xoja Anhor Valiy, A.Jomiy
14. Hasanxoja Nisoriy kim?
J. Xojaning ogli
15. Nisoriy qaysi asarida otasi haqida malumotlar qoldirgan?
J. "Muzakkiri ahbob"
16. Kim Xojani "shahbozi balandparvoz" deb baholagan?
J. Xojagi Kosoniy
17. Xoja qanday devon tartib qilgan?
J. Turkcha va forscha
18. Xojaning Boburga yuborgan sherining 1chi misrasini ayting
J. Kunduz aqvotim sening hajringda nolon kechadur
19. Aynan shu sherda radif qaysi?
J. Kechadur
20. Shu sherda radif necha marta qollangan?
J. 7 marta
21. Shu sherda nima " oson kechadur"?
J. Na xush vaqt - u na xush soat
22. Radif qaysi baytlarda bular yoniga "voz kechmoq" manolari qoshilyapti?
J. 3 4 baytlarda
23. Shu sherda oshiqning holi nimaga oxshatilyapti?
J. Yoyilgan zulfga
24. "Yakson" sozining manosi?
J. Bir xil
25. Xoja Ganjaviyning qaysi dostoniga nazira shaklida doston yozgan?
J. Maxzan - ul asror
26. Shu naziraning nomini ayting
J. Maqsad - ul atvor
27. Bu doston qachon va kimning nommiga bitilgan?
J. Jonibek Sultonga 1514 1520 yillarda
28. Temur Sultonga bagishlangan asari qaysi
J. Miftoh - ul adl
29. "Gulzor " asari kimga bagishlangan?
J. Kistan Qaro Odilga
30. Xoja adabiyot tarixida kim sifatida qoldi?
J. Hikoyalar muallifi
31. 1 chi Hikoyatda podshoh qayerga bormoqchi boladi?
J. Haj safariga
32. Vazir bir zohid haqida aytayotganida osha zohid necha marta Ka'baga borganini aytadi?
J. 20 marta
33. Zohid haj savoblarining orniga nima soraydi?
J. Bir soat adl qilganining savobini
34. 2chi hikoyatda Iskandar Zulqarnayn qayerdan xiroj talab qiladi?
J. Hamadondan
35. Hamadon begi kim edi?
J. Doro
36. 3 chi hikoyatdagi g'azalda kimdek xalq ichida maosh qilsang deydi?
J. Sulaymondek
37. G'azalda "Shaksiz, olur ul kishining manzili ....." qayer?
J. Bogi jinon- Jannat bogi
38. 4chi hikoyatdagi xalqning odati nima edi?
J. Har yili bir g'arib kishini topib ,podshoh qilishadi
39. 1 yil podshohlik qilgandan song xalq u podshohni nima qiladi?
J. Kemaga solib, orolga oborib qoyishadi
40. Qal'a , bozor va evlar necha oyda mukammal boldi?
J. 6 oyda


MUHAMMAD RIZO OGAHIY

1.Ogahiy nimasi bilan Navoiydan keyingi o'rinda turadigan serqirra shoir hisoblanadi?


J: ijodining ko'lami, she'riyatining ko'rkamligi va badiiy salmog'i bilan
2. Ogahiy tarixiy va badiiy asarlarni qaysi tildan ona tilimizga o'girgan?
J: fors tilidan
3. Ogahiy qachon va qayerda tavallud topadi?
J: 1809-yil 17-dekabrda Xiva yaqinidagi Qiyot qishlog'ida
4. Otasi kim?
J: Erniyozbek mirob
5. Otasi vafot etgandan keyin, kimning qo'lida tarbiya topadi?
J: amakisi Munisning qo'lida
6. Ogahiy maktab, madrasa tahsili davomida nimalarni puxta o'rgandi?
J: arab va fors tillarini, tarix ilmini
7. Ogahiy 1829-yilda kim tomonidan mirob etib tayinlanadi?
J: hukmdor Olloqulixon
8. Ogahiy 1839-yilda qaysi asarni davom ettiradi?
J: Munis boshlab qo'ygan "Firdavs ul-iqbol" asari
9. Xiva xonligining nechanchi yilgacha bo'lgan tarixini yozib tugatadi?
J: 1825
10. 1844-yilda qaysi asarini tamomlaydi?
J: "Riyoz ud-davla"
11. Qachondan Ogahiy hayotida og'ir va musibatli davr boshlanadi?
J: 1845-yildan
12. 1846-1855- yillarda yozilgan tarixiy asarlari qaysi?
J: "Zubdat ul-tavorix"
"Jome ul-voqeoti sultoniy"
13. Tarjimalarini sanang.
Kaykovus "Qobusnoma"
Nizomiy "Haft paykar"
"Sa'diy Sheroziy "Guliston"
Hiloliy "Shoh va gado"
Jomiy" Yusuf va Zulayho"
14. XIX asrning oltmishinchi yillarda yozgan tarixiy asarlarini ayting.
J:"Gulshani davlat"
"Shohidi iqbol"
15.Ogahiyning asosiy she'riy merosi nimada to'plangan?
J: "Ta'viz ul-oshiqin" devonida
16. "Oshiqlar tumori" ma'nosini beruvchi asar kimning talabi bilan tuzilgan?
J: Feruz—Muhammad Rahimxon Soniy
17. "Ta'viz ul-oshiqin" da necha jabrdagi necha ming misra jam olgan?
J: 20 dan ortiq janrdagi 20 ming misrali1
18. Ularnimg fors tilida bitilgani qanchani tashkil etadi?
J: bir ming uch yuz misradan ortig'i
19. Ogahiyning tabiat tasviriga bag'ishlangan g'azallarida shoirning qanday ekanligi namoyon bo'ladi?
J: peyzaj uztasi, o'tkir nigoh egasi
20. Fasl tarovati, go'zalligini berishda qaysi san'atlardan foydalanadi?
J:tashbih, tashxis, sifatlash
21. Ogahiyning yujsak badiiy mahoratini, chinakam san'atkor shoir ekanligini tasdiqlaydigan g'azallari qaysi?
J: "Yuzung ochkim,quyosh sadqang bo'lub..."
"Mushkin qoshining hay'ati..."
"Ey sho'x, ko'zi qoshinga olam gado..."
22. Bahor faslining beqiyos nazokatlari kuylanadigan g'azallari qaysi?
J: "Baland aylab quyoshg'a poya navro'z"
"Bahor ayyomi bo'lmish o'ylakim Bog'i Eram sahro"
23. "Obi hayvondek suzuk suv har taraf aylab ravon,
Qildi sahrog'a tarovat o'zgacha paydo bahor" misralari qaysi g'azalda uchraydi?
J: "O'yla yetkurdi jahong'a ziynat-u oro bahor"
24. "O'yla yetkurdi jahong'a..." g'azalida rayhonlarga nima Masihdek "toza jon" ato etadi?
J: bahoriy yel
25. Ohorli yangi yil tilaklari qaysi g'azalida izhor etilgan?
J: "Ilohi har kuning navro'z bo'lsin"
26. Shoirning ijtimoiy-iqtisodiy qarashlari devondagi qaysi janrlarda o'z aksini topgan?
J: muxammas, musaddas, ruboiy, tarji'band, qasida
27. Tasavvufiy mazmunga yo'g'rilgan ijtimoiy-falsafiy ruhdagi asar qaysi?
J: "Dahr uyi bunyodkim, suv uzradur, mahkam emas" tarji'bandida
28. Ogahiy dunyoni nimaga o'xshatadi?
J: omonat dunyoga
29. Ogahiyning siyosat,va davlatga munosabati, huknodor fazilatlari, burch va vazifalari borasidagi mulohazalari aks etgan pandnoma asar qaysi?
J: "Qasidayi nasihat"
30. Adabiyotimiz tarixida juda kam uchraydigan hodisalardan biri nima?
J: musoviyat-tarafayn
31. Ogahiy kimlarning an'analarini davom ettirgan?
J: Lutfiy, Navoiy, Fuzuliy, Bobur, Munis
32. "Baland aylab quyoshg'a poya navro'z" g'azali necha bayt?
J: 9
33. Nechanchi baytda navro'z ayyomi jonlantiriladi va quyoshni baland qadr va martabaga yuksaltiradi?
J: 1 va 2
34. Qaysi g'azalida Besutun tog'i uchraydi?
J: "Ustina"
35. Ogahiyning qaysi g'azalida "sarsar to'dasi" uchraydi?
J: "Qotig'roq kelmadi hargiz jahong'a ushbu qishdin qish.."
36. "Baland aylab quyoshg'a poya navro'z" g'azalida navro'z yurtga nima bilan kirib keladi?
J: fayz, shodlik, aysh
37. 'Baland aylab quyoshg'a poya navro'z" g'azalining nechanchi baytida ko'klam go'zalligi islomiy tushunchalar orqali ochiladi?
J: 4-bayt
38. "Ahli g'ino" nechanchi baytda?
J: 5-bayt
39. "Ustina" g'azalida go'zalning xarakterini ochib beruvchi uch narsa nima?
J: noz, ado, g'amza
40. "Noshod" qofiyasi "Ustina" g'azalining nechanchi baytida keltiriladi?
J: maqtada
41. "Ustina" g'azalining nechanchi baytida Ogahiyning an'ana zaminida o'ziga xos yangilik, badiiy kashfiyotga erishish iste'dodi namoyon bo'ladi?
J" 1-bayt
42. "Ustina" g'azalida qaysi so'z orqali oshiqning boshiga qora kunlar solishiga
43. Birinchi baytda nimaning vasfi keltiriladi?
J: qosh va ko'z
44. Nechanchi baytda mubolag'a o'zining haddi a'losiga ko'tarilgan?
J: 6-bayt
45. "Bir odamning ustiga shuncha ofatlar bo'lishi mumminmi?" degan faryod nechanchi baytda keltiriladi?
J: 3-bayt
46. Bulbul kabi faryod qilish nechanchi baytda?
J: 5-bayt
47. Farhod qanday obraz?
J: ishq yo'lida cheksiz zahmatlar chekkan, g'am-alamlar tortgan, musibatlarga yo'liqqan obraz
48. "Sulaymon payg'ambar" nechanchi baytda keltirilgan?
J: 8-baytda
49. "Qotig'roq kelmadi hargiz jahong'a ushbu qishdin..." g'azali necha bayt?
J:7
50. Ushbu g'azalning nechanchi baytida lirik qahramonning qaddi xam bo'lgani aytilgan?
J: 3-bayt
51. "Sangi shiddati" nechanchi baytda keltirilgan?
J: 4-bayt
53. "Lirika" qaysi tildan olingan va qanday ma'no anglatadi?
J: yunincha "lira"—musiqa asbobi
54. Lirik asarlarning o'ziga xos uch xususiyati qaysilar?
J: 1. Lirik asarlar , asosan, she'riy shaklda yoziladi
2. Lirik asarlarda insonning ruhiy kechinmalari va holati qalamga olinadi
3. Ko'p hollarda poetik maqsad talabi bilan inversiyaga murojaat qilinadi
55. Nasrdagi nazm lar qaysi adiblar tomonidan yozilgan?
J: Fitrat, G'afur G'ulom, Oybek, Mirtemir, Omon Muxtor, Omon Matjon
56. Boshqa xalqlar sh'riyatida qanday janrlarni uchratamiz?
J: sonet, oda, elegiya, oktava, xokku
57. "Keltursa yuz baloni o'shal bevafo manga" g'azali muallifi kim?
J: Bobur
58. "O'yla yetkurdi jahong'a oro bahor" g'azalida bahorning qaddini nima deb ta'riflaydi?
J: ra'no
59. "Ustina" g'azalining nechanchi baytida shohga xos xususiyatlar aks etadi?
J: 7-bayt
60. Lirikada tahlil qilish nimaga xizmat qiladi?
J: uning san'at asari sifatidagi qimmatini, o'ziga xps badiiyatini, shoir mahoratini ochishning omili bo'lib xizmat qiladi



Download 22.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling