1. Xoja necha yil umr korgan?
Download 22.25 Kb.
|
1 2
Bog'liqxoja, ogahiy, ch.aytmatov
- Bu sahifa navigatsiya:
- MUHAMMAD RIZO OGAHIY
XOJA 1. Xoja necha yil umr korgan? J. 67 yil 2. Asl ismi nima? J. Poshshaxoja ibn Abdulvahhobxoja 3. Millatimiz tarixida kim sifatida alohida orin tutadi? J. Davlat va din arbobi , lirik va epik janrlarda ijod qilgan adib 4. Kimning avlodlaridan? J. Toshkentlik Zangi Ota 5. Qachon va qayerda tugildi? J. 1480 yilda Ashxobod yaqinidagi qadimgi Niso shahrida shayxulislom Abdulvahhobxoja oilasida 6. Birinchi murabbiysi kim? J. Otasi 7. 16 yoshida qayerda xizmat qildi? J. Temuriylar saroyida 8. Yana qanday vazifalarda ishlaydi? J. Nisoga tegishli Darun viloyatiga hokim, Karmana hokimi Jonibek Sulton hukumatida saroy mulozimi 9. 1529 yili qayerga qaysi faslda qanday lavozimda ishlaydi? J. Kuzda Hirotda shayhulislom vazifasida 10. Nechinchi yilda Balxda ishlaydi? J. 1534 yilda 11. Qachon vafot etadi? J. 1547 yilda Buxoroda 12. "Xojagon"silsilasiga kim asos solgan? J. Abduxoliq Gijduvoniy 13. Bu silsilada yana kimlar bor edi? J. Bahouddin Naqshband, Xoja Anhor Valiy, A.Jomiy 14. Hasanxoja Nisoriy kim? J. Xojaning ogli 15. Nisoriy qaysi asarida otasi haqida malumotlar qoldirgan? J. "Muzakkiri ahbob" 16. Kim Xojani "shahbozi balandparvoz" deb baholagan? J. Xojagi Kosoniy 17. Xoja qanday devon tartib qilgan? J. Turkcha va forscha 18. Xojaning Boburga yuborgan sherining 1chi misrasini ayting J. Kunduz aqvotim sening hajringda nolon kechadur 19. Aynan shu sherda radif qaysi? J. Kechadur 20. Shu sherda radif necha marta qollangan? J. 7 marta 21. Shu sherda nima " oson kechadur"? J. Na xush vaqt - u na xush soat 22. Radif qaysi baytlarda bular yoniga "voz kechmoq" manolari qoshilyapti? J. 3 4 baytlarda 23. Shu sherda oshiqning holi nimaga oxshatilyapti? J. Yoyilgan zulfga 24. "Yakson" sozining manosi? J. Bir xil 25. Xoja Ganjaviyning qaysi dostoniga nazira shaklida doston yozgan? J. Maxzan - ul asror 26. Shu naziraning nomini ayting J. Maqsad - ul atvor 27. Bu doston qachon va kimning nommiga bitilgan? J. Jonibek Sultonga 1514 1520 yillarda 28. Temur Sultonga bagishlangan asari qaysi J. Miftoh - ul adl 29. "Gulzor " asari kimga bagishlangan? J. Kistan Qaro Odilga 30. Xoja adabiyot tarixida kim sifatida qoldi? J. Hikoyalar muallifi 31. 1 chi Hikoyatda podshoh qayerga bormoqchi boladi? J. Haj safariga 32. Vazir bir zohid haqida aytayotganida osha zohid necha marta Ka'baga borganini aytadi? J. 20 marta 33. Zohid haj savoblarining orniga nima soraydi? J. Bir soat adl qilganining savobini 34. 2chi hikoyatda Iskandar Zulqarnayn qayerdan xiroj talab qiladi? J. Hamadondan 35. Hamadon begi kim edi? J. Doro 36. 3 chi hikoyatdagi g'azalda kimdek xalq ichida maosh qilsang deydi? J. Sulaymondek 37. G'azalda "Shaksiz, olur ul kishining manzili ....." qayer? J. Bogi jinon- Jannat bogi 38. 4chi hikoyatdagi xalqning odati nima edi? J. Har yili bir g'arib kishini topib ,podshoh qilishadi 39. 1 yil podshohlik qilgandan song xalq u podshohni nima qiladi? J. Kemaga solib, orolga oborib qoyishadi 40. Qal'a , bozor va evlar necha oyda mukammal boldi? J. 6 oyda MUHAMMAD RIZO OGAHIY 1.Ogahiy nimasi bilan Navoiydan keyingi o'rinda turadigan serqirra shoir hisoblanadi? J: ijodining ko'lami, she'riyatining ko'rkamligi va badiiy salmog'i bilan 2. Ogahiy tarixiy va badiiy asarlarni qaysi tildan ona tilimizga o'girgan? J: fors tilidan 3. Ogahiy qachon va qayerda tavallud topadi? J: 1809-yil 17-dekabrda Xiva yaqinidagi Qiyot qishlog'ida 4. Otasi kim? J: Erniyozbek mirob 5. Otasi vafot etgandan keyin, kimning qo'lida tarbiya topadi? J: amakisi Munisning qo'lida 6. Ogahiy maktab, madrasa tahsili davomida nimalarni puxta o'rgandi? J: arab va fors tillarini, tarix ilmini 7. Ogahiy 1829-yilda kim tomonidan mirob etib tayinlanadi? J: hukmdor Olloqulixon 8. Ogahiy 1839-yilda qaysi asarni davom ettiradi? J: Munis boshlab qo'ygan "Firdavs ul-iqbol" asari 9. Xiva xonligining nechanchi yilgacha bo'lgan tarixini yozib tugatadi? J: 1825 10. 1844-yilda qaysi asarini tamomlaydi? J: "Riyoz ud-davla" 11. Qachondan Ogahiy hayotida og'ir va musibatli davr boshlanadi? J: 1845-yildan 12. 1846-1855- yillarda yozilgan tarixiy asarlari qaysi? J: "Zubdat ul-tavorix" "Jome ul-voqeoti sultoniy" 13. Tarjimalarini sanang. Kaykovus "Qobusnoma" Nizomiy "Haft paykar" "Sa'diy Sheroziy "Guliston" Hiloliy "Shoh va gado" Jomiy" Yusuf va Zulayho" 14. XIX asrning oltmishinchi yillarda yozgan tarixiy asarlarini ayting. J:"Gulshani davlat" "Shohidi iqbol" 15.Ogahiyning asosiy she'riy merosi nimada to'plangan? J: "Ta'viz ul-oshiqin" devonida 16. "Oshiqlar tumori" ma'nosini beruvchi asar kimning talabi bilan tuzilgan? J: Feruz—Muhammad Rahimxon Soniy 17. "Ta'viz ul-oshiqin" da necha jabrdagi necha ming misra jam olgan? J: 20 dan ortiq janrdagi 20 ming misrali1 18. Ularnimg fors tilida bitilgani qanchani tashkil etadi? J: bir ming uch yuz misradan ortig'i 19. Ogahiyning tabiat tasviriga bag'ishlangan g'azallarida shoirning qanday ekanligi namoyon bo'ladi? J: peyzaj uztasi, o'tkir nigoh egasi 20. Fasl tarovati, go'zalligini berishda qaysi san'atlardan foydalanadi? J:tashbih, tashxis, sifatlash 21. Ogahiyning yujsak badiiy mahoratini, chinakam san'atkor shoir ekanligini tasdiqlaydigan g'azallari qaysi? J: "Yuzung ochkim,quyosh sadqang bo'lub..." "Mushkin qoshining hay'ati..." "Ey sho'x, ko'zi qoshinga olam gado..." 22. Bahor faslining beqiyos nazokatlari kuylanadigan g'azallari qaysi? J: "Baland aylab quyoshg'a poya navro'z" "Bahor ayyomi bo'lmish o'ylakim Bog'i Eram sahro" 23. "Obi hayvondek suzuk suv har taraf aylab ravon, Qildi sahrog'a tarovat o'zgacha paydo bahor" misralari qaysi g'azalda uchraydi? J: "O'yla yetkurdi jahong'a ziynat-u oro bahor" 24. "O'yla yetkurdi jahong'a..." g'azalida rayhonlarga nima Masihdek "toza jon" ato etadi? J: bahoriy yel 25. Ohorli yangi yil tilaklari qaysi g'azalida izhor etilgan? J: "Ilohi har kuning navro'z bo'lsin" 26. Shoirning ijtimoiy-iqtisodiy qarashlari devondagi qaysi janrlarda o'z aksini topgan? J: muxammas, musaddas, ruboiy, tarji'band, qasida 27. Tasavvufiy mazmunga yo'g'rilgan ijtimoiy-falsafiy ruhdagi asar qaysi? J: "Dahr uyi bunyodkim, suv uzradur, mahkam emas" tarji'bandida 28. Ogahiy dunyoni nimaga o'xshatadi? J: omonat dunyoga 29. Ogahiyning siyosat,va davlatga munosabati, huknodor fazilatlari, burch va vazifalari borasidagi mulohazalari aks etgan pandnoma asar qaysi? J: "Qasidayi nasihat" 30. Adabiyotimiz tarixida juda kam uchraydigan hodisalardan biri nima? J: musoviyat-tarafayn 31. Ogahiy kimlarning an'analarini davom ettirgan? J: Lutfiy, Navoiy, Fuzuliy, Bobur, Munis 32. "Baland aylab quyoshg'a poya navro'z" g'azali necha bayt? J: 9 33. Nechanchi baytda navro'z ayyomi jonlantiriladi va quyoshni baland qadr va martabaga yuksaltiradi? J: 1 va 2 34. Qaysi g'azalida Besutun tog'i uchraydi? J: "Ustina" 35. Ogahiyning qaysi g'azalida "sarsar to'dasi" uchraydi? J: "Qotig'roq kelmadi hargiz jahong'a ushbu qishdin qish.." 36. "Baland aylab quyoshg'a poya navro'z" g'azalida navro'z yurtga nima bilan kirib keladi? J: fayz, shodlik, aysh 37. 'Baland aylab quyoshg'a poya navro'z" g'azalining nechanchi baytida ko'klam go'zalligi islomiy tushunchalar orqali ochiladi? J: 4-bayt 38. "Ahli g'ino" nechanchi baytda? J: 5-bayt 39. "Ustina" g'azalida go'zalning xarakterini ochib beruvchi uch narsa nima? J: noz, ado, g'amza 40. "Noshod" qofiyasi "Ustina" g'azalining nechanchi baytida keltiriladi? J: maqtada 41. "Ustina" g'azalining nechanchi baytida Ogahiyning an'ana zaminida o'ziga xos yangilik, badiiy kashfiyotga erishish iste'dodi namoyon bo'ladi? J" 1-bayt 42. "Ustina" g'azalida qaysi so'z orqali oshiqning boshiga qora kunlar solishiga 43. Birinchi baytda nimaning vasfi keltiriladi? J: qosh va ko'z 44. Nechanchi baytda mubolag'a o'zining haddi a'losiga ko'tarilgan? J: 6-bayt 45. "Bir odamning ustiga shuncha ofatlar bo'lishi mumminmi?" degan faryod nechanchi baytda keltiriladi? J: 3-bayt 46. Bulbul kabi faryod qilish nechanchi baytda? J: 5-bayt 47. Farhod qanday obraz? J: ishq yo'lida cheksiz zahmatlar chekkan, g'am-alamlar tortgan, musibatlarga yo'liqqan obraz 48. "Sulaymon payg'ambar" nechanchi baytda keltirilgan? J: 8-baytda 49. "Qotig'roq kelmadi hargiz jahong'a ushbu qishdin..." g'azali necha bayt? J:7 50. Ushbu g'azalning nechanchi baytida lirik qahramonning qaddi xam bo'lgani aytilgan? J: 3-bayt 51. "Sangi shiddati" nechanchi baytda keltirilgan? J: 4-bayt 53. "Lirika" qaysi tildan olingan va qanday ma'no anglatadi? J: yunincha "lira"—musiqa asbobi 54. Lirik asarlarning o'ziga xos uch xususiyati qaysilar? J: 1. Lirik asarlar , asosan, she'riy shaklda yoziladi 2. Lirik asarlarda insonning ruhiy kechinmalari va holati qalamga olinadi 3. Ko'p hollarda poetik maqsad talabi bilan inversiyaga murojaat qilinadi 55. Nasrdagi nazm lar qaysi adiblar tomonidan yozilgan? J: Fitrat, G'afur G'ulom, Oybek, Mirtemir, Omon Muxtor, Omon Matjon 56. Boshqa xalqlar sh'riyatida qanday janrlarni uchratamiz? J: sonet, oda, elegiya, oktava, xokku 57. "Keltursa yuz baloni o'shal bevafo manga" g'azali muallifi kim? J: Bobur 58. "O'yla yetkurdi jahong'a oro bahor" g'azalida bahorning qaddini nima deb ta'riflaydi? J: ra'no 59. "Ustina" g'azalining nechanchi baytida shohga xos xususiyatlar aks etadi? J: 7-bayt 60. Lirikada tahlil qilish nimaga xizmat qiladi? J: uning san'at asari sifatidagi qimmatini, o'ziga xps badiiyatini, shoir mahoratini ochishning omili bo'lib xizmat qiladi Download 22.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling