1. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy xo‘jalik faoliyati bilan tanishish
Ta’sischilar: O’ktamov. A. 75%, O’ktamov.Sh. 25%
Download 221.91 Kb.
|
Mehrigiyo Feruz Yulduzi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.Asosiy vositalarning buxgalteriya xisobi.
Ta’sischilar: O’ktamov. A. 75%, O’ktamov.Sh. 25%
Korxonada hisob siyosati quyidagi tartibda o’rnatilgan: kompaniya yagona hisobot shaklida to'liq daromadlar to'g'risidagi hisobotni taqdim etadi; umidsiz qarzlarni baholash uchun hisobvaraqlarni to'lov shartlari bilan baholash usuli qo'llaniladi va zaxira hisobvarag'i orqali umidsiz hisobvaraqlar o'chiriladi; zaxiralarni uzliksiz hisobga olish tizimi va o'rtacha hisoblangan xarajatlar usuli qo'llaniladi; inventarizatsiya har oyning oxirgi kunida amalga oshiriladi; barcha asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni hisobga olish uchun xarajatlarni hisobga olish modeli qo'llaniladi; ishlab chiqarish uskunalarining amortizatsiyasi uchun ikki baravar kamayib boruvchi qoldiq usuli qo'llaniladi, uskunaning ishlash muddati 8 yil; transport vositalarining eskirishini hisoblash uchun ishlab chiqarish usuli qo'llaniladi, foydalanish muddati 750000 km; barcha asosiy vositalarning tugatish qiymati ularning boshlang’ich qiymatini 10 foizini tashkil qiladi; asosiy vositalar amortizatsiyasi ob'ekt foydalanishga topshirilgan oydan boshlanadi; uzoq muddatli debitorlik qarzi va uzoq muddatli qarz majburiyatlarining joriy qismini taqsimlash amalga oshiriladi. 2.Asosiy vositalarning buxgalteriya xisobi. Mazkur Buxgalteriya hisobining milliy standarti (BHMS) “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga asosan ishlab chiqilgan hamda O‘zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini normativ tartibga solish tizimining elementi hisoblanadi. 1. Mazkur standartning maqsadi mulk, xo‘jalik yuritish yoki tezkor boshqaruv huquqlari asosida xo‘jalik yurituvchi subyektga (bundan buyon matnda korxona deb yuritiladi) tegishli bo‘lgan asosiy vositalar hisobi uslubiyotini aniqlash hisoblanadi. 2. Asosiy vositalarni hisobga olishdagi asosiy qoidalar asosiy vositalarning aktiv sifatida tan olish paytini aniqlash, ularning mazkur aktivlarga nisbatan qo‘llanilishi shart bo‘lgan balans qiymatini va amortizatsiya hisoblash usullarini belgilash, shuningdek asosiy vositalarning balans qiymatidagi boshqa o‘zgarishlarni va ularning chiqib ketishidan moliyaviy natijalarni aniqlash va hisobga olish hisoblanadi. 3. Asosiy vositalar tarkibiga quyidagi mezonlarga bir vaqtning o‘zida javob beradigan moddiy aktivlar kiritiladi: a) bir yildan ortiq xizmat muddati; b) bir birlik (to‘plam) uchun qiymati O‘zbekiston Respublikasida (xarid paytida) belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdorining ellik baravaridan ortiq bo‘lgan buyumlar. Korxona rahbari hisobot yilida buyumlarni asosiy vositalar tarkibida hisobga olish uchun ular qiymatining eng kam chegarasini belgilash huquqiga ega. Xizmat muddati va qiymatidan qat’iy nazar, quyidagilar asosiy vositalar tarkibiga kiritilmaydi: a) maxsus asboblar va moslamalar (muayyan buyumlarni seriyalab va ommaviy ishlab chiqarish yoki yakka tartibdagi buyurtmani tayyorlash uchun mo‘ljallangan maqsadli vazifadagi asboblar va moslamalar); b) maxsus va sanitariya kiyimlari, maxsus poyabzal; v) ko‘rpa-to‘shaklar; g) kanselyariya ashyolari (kalkulyatorlar, stol jihozlari va hokazo); d) oshxona inventari, shuningdek oshxona choyshablari; e) barpo etish xarajatlari qurilish-montaj ishlarining tannarxiga kiritiladigan vaqtinchalik (notitul) inshooatlar, moslamalar va qurilmalar; j) foydalanish muddati bir yildan kam bo‘lgan almashtiriladigan uskunalar; z) ovlash qurollari (trallar, yoyma to‘rlar, to‘rlar, jihozlar, merejlar va hokazo). Asosiy vositalar tarkibida qonun hujjatlariga muvofiq korxona mulkiga topshirilgan yer uchastkalari ham hisobga olinadi. Ko‘p yillik ko‘chatlarga, yerni tubdan yaxshilashga, ijaraga olingan asosiy vositalar obyektlariga kapital qo‘yilmalar har yili butun ishlar majmui yakunlangan sanadan qat’iy nazar, hisobot yilida foydalanishga qabul qilingan asosiy vositalarga tegishli xarajatlar summasida asosiy vositalar tarkibiga kiritiladi. 4. Asosiy vositalarning buxgalteriya hisobi birligi bo‘lib inventar obyekti hisoblanadi. Asosiy vositalarning inventar obyekti sifatida barcha qurilmalari va jihozlariga ega bo‘lgan obyekt yoki muayyan mustaqil vazifalarni bajarish uchun mo‘ljallangan alohida konstruktiv asosdagi buyum yoxud butun bir yaxlitlikni ifodalovchi va muayyan ishlarni bajarish uchun mo‘ljallangan konstruktiv jamlangan buyumlarning alohida majmui tan olinadi. Konstruktiv jamlangan buyumlarning majmui — umumiy moslamalarga va jihozlarga, umumiy boshqaruvga ega, bir poydevorda qurilgan, natijada majmuaga kiruvchi har bir buyum o‘z vazifasini mustaqil ravishda emas, balki faqatgina majmua tarkibida bajara oladigan bir yoki turli maqsadlarga mo‘ljallangan bitta yoki bir nechta buyumlardir. Bitta asosiy vositada turlicha foydali foydalanish muddatiga ega bir nechta mustaqil obyektlar mavjud bo‘lganda, har bir bunday obyekt buxgalteriya hisobida alohida mustaqil inventar obyekt sifatida tan olinadi. Ikki yoki undan ortiq korxona mulki bo‘lgan asosiy vositalar har bir korxona tomonidan asosiy vositalar tarkibida uning umumiy mulkdagi ulushiga mutanosib tarzda aks ettiriladi. 6. Asosiy vositalar aktiv sifatida tan olinadi, agar: a) korxonaga kelgusida aktiv bilan bog‘liq iqtisodiy naf kelib tushishiga ishonch bo‘lsa;aktiv qiymatlarini aniq baholash mumkin bolsa b)aktiv qiymatlarini aniq baholash mumkin bolsa. Yuqoridagi jadval ma'lumotlari asosida biz Mehrigiyo Feruz Yulduzi MCHJ ning asosiy vositalarini texnik holatiga baho berishimiz mumkin bo'ladi. Ma'lumotlardan ko'rinadiki, korxonada yil oxirida asosiy vositalarning yaroqlilik darajasi yil boshiga nisbatan 0,10% ga kamaygan. Korxonada asosiy vositalarning texnik holati ijobiy tomonga o'zgargan bo'lsada, asosiy vositalarning umumiy texnik holati yetarli darajada deb baholay olmaymiz. Chunki, asosiy vositalarning teng yarmiga yaqini eskirganligi bu yaxshi natija emas. Shu sababli ham korxona ma'muriyati asosiy vosita larini yanada ko'proq qismini yangilab borish choralarini izlab topishi maqsadga muvofiq bo'ladi.
Download 221.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling