1. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy xo‘jalik faoliyati bilan tanishish
Download 221.91 Kb.
|
Mehrigiyo Feruz Yulduzi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Injener-texnik
- 4.Moliyaviy qo’yilmalarning buxgalteriya xisobi
4.Moliyaviy qo’yilmalarning buxgalteriya xisobi. Moliyaviy qo’yilma bu korxonaning qimmatli qog’ozlarni sotib olish uchun qilgan xarajatlari, ya’ni pul mablag’larini qo’shma korxonalar, aksioner jamiyatlari, shirkatlarning asosiy vositalari, nomoddiy va boshqa aktivlariga qo’shish shuningdek boshqa korxona va tashkilotlarga qarz berish tarzida berilgan debitor qarzlardir. Muddatiga qarab moliyaviy qo’yilmalar qisqa muddatli va uzoq muddatli bo’ladi. Bundan tashqari, moliyaviy qo’yilmalarni u yoki bu kategoriyaga o’tkazish qimmatli qog’ozlarni sotib olish maqsadiga bog’liq. Masalan, bir yil ichida undan foyda olish va qaytadan sotish maqsadida sotib olingan, qaytarish muddati bir yildan ortiq bo’lgan, aksiya yoki obligatsiyalar qisqa muddatli qo’yilmalarga kiradi. Moliyaviy qo’yilmalar sodir bo’lganligini tasdiqlovchi hujjatlar bo’lib olingan aksiyalar, turli sertifikatlar, obligatsiyalar, amalga oshirilgan qo’yilmalar summasiga berilgan guvohnomalar, qarz berish bo’yicha shartnomalar hisoblanadi. Korxonaning amalga oshirgan qo’yilmalariga bo’lgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlari olinmagan moliyaviy qo’yilmalar mablag’lari alohida hisobga olinadi. Qimmatli qog’ozlar sotilganligini tasdiqlovchi hujjatlarga obligatsiyalar va berilgan qarzlarni qaytarilganini tasdiqlovchi oldi – sotdi dalolatnomasi, to’lov topshiriqlari kiradi. Moliyaviy qo’yilmalar hisobi 5800 – «Qisqa muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlar» va 0600 – «Uzoq muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlar» yuritiladi. Uzoq muddatli investitsiyalar hisobini ko’rib chiqamiz. 0600 – «Uzoq muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlar» aktiv, pulli, debet saldosiga ega bo’lib, u oy boshiga bo’lgan moliyaviy qo’yilmalar summasini ko’rsatadi. Bu schyotning debetida: qimmatli qog’ozlarni sotib olish, boshqa korxonalarga qilingan qo’yilmalar, berilgan qarzlar summasi bo’yicha sodir bo’lgan muomalalar aks ettiriladi. Krediti bo’yicha – qimmatli qog’ozlarni qaytarish, sotish, qaytarilgan qarz summalar bo’yicha sodir bo’lgan muomalalar aks ettiriladi. 0600–«Uzoq muddatli moliyaviy qo’yilmalarni hisobga oluvchi schyotlar» bo’yicha quyidagi: 0610 - «Qimmatli qog’ozlar; 0620-«Shu’ba xo’jalik jamiyatlariga investitsyalar»; 0630 - «Qaram xo’jalik jamiyatlariga investitsiyalar»; 0640 - «Chet el kapitali mavjud bo’lgan korxonalarga investitsiyalar»; 0690 - «Boshqa uzoq muddatli investitsiyalar» schyotlar ochilishi mumkin. Aktivlarni investitsiyalarga o’tkazish tartibi va ularning turlari: 12 -Moliyaviy investitsiyalar hisobi», 8-Konsolidallashgan moliyaviy hisobotlar va shu’ba xo’jalik jamiyatlariga investitsiyalar» va 14 - «Qo’shma faoliyatda qatnashish ulushini moliyaviy hisobotda aks ettirish» buxgalteriya hisobi Milliy andazalari bilan tartibga solinadi. 0610-Qimmatli qog’ozlar» schyotida davlat va mahalliy foizli zayom obligatsiyalari va shunga o’xshagan qimmatli qog’ozlarga qo’yilgan mavjud uzoq muddatli qo’yilmalar harakati hisobga olinadi. 0620-«Shu’ba xo’jalik jamiyatlariga investitsyalar», 0630-«Qaram xo’jalik jamiyatlariga investitsiyalar» va 0640 - «Chet el kapitali mavjud bo’lgan korxonalarga investitsiyalar» schyotlarida shu’ba, qo’shma, uyushgan va qaram korxonalarga qo’yilgan mavjud uzoq muddatli qo’yilmalar hamda ularning harakati hisobga olinadi. 0690-«Boshqa uzoq muddatli investitsiyalar» schyotida kelajakda foyda olish maqsadida davlat korxonalari yoki xayriya, ekologik jamiyatlariga qo’yilgan uzoq muddatli investitsiyalar hisobga olinadi. Bu schyotlarning debeti 5110-«Hisob – kitob schyoti» 9220-«Boshqa aktivlarning chiqib ketishi», 5210-«Mamlakat ichidagi valuta schyotlari» va qimmatli qog’ozlar sotib olish, boshqa korxonalarga qo’yilgan investitsiya, berilgan qarzlar qaysi mablag’lar hisobidan amalga oshirilishiga qarab, boshqa schyotlarning krediti bilan korrespondentlanadi. Yuqorida keltirilgan schyotlar bo’yicha analitik hisob dastlabki hujjatlarga asosan qo’yilmalar, qimmatli qog’ozlar turlari, qarzdor korxonalar bo’yicha yuritiladi. Qimmatli qog’ozlar bozorining mavjudligi, fond birjalarida qimmatli qog’ozlarni oldi – sotdi muomalalarini amalga oshirilishi aksiya obligatsiyalarni nominal qiymatidan ortiq yoki kam baholarda sotib olinishini nazarda tutadi. Aksiyalar ularni sotib olish bilan bog’liq bo’lgan haqiqiy xarajatlar summasida qabul qilinadi va hisobga olinadi. Fond birjasida aksiyalar kursini oshishi va kamayishiga va aksiyalar bo’yicha olinadigan dividendga qarab aksiyalarni sotish qiymati bilan nominal qiymati orasidagi farq yoki potensial foyda olishga yoki zarar qilishga olib keladi. Qisqa muddatli moliyaviy qo’yilmalarni hisobga olish uchun 5800-«Qisqa muddatli investitsiyalar» schyotidan foydalaniladi. Bu schyot aktiv bo’lib, debet qoldig’i oy boshiga qolgan bir yilgacha muddatga sotib olingan qimmatli qog’ozlar yoki berilgan qarzlar summasini aks ettiradi. Debet oboroti hisobot oyida sotib olingan qimmatli qog’ozlar, berilgan qisqa muddatli kreditlar va depozitga berilgan summani ko’rsatadi. Kredit oborotida sotilgan aksiyalar, qaytarilgan obligatsiyalar yoki zayomlar va depozit summalar aks ettiriladi. Ko’rsatib o’tilgan qo’yilmalar hisobi qo’yilmalar turlari bo’yicha quyidagi: 5810-«Qimmatli qog’ozlar»; 5830-«Berilgan qisqa muddatli qarzlar» va 5890-«Boshqa joriy investitsiyalar» schyotlarda yuritiladi. Bu schyotlar bo’yicha muomalalar hujjatlari uzoq muddatli moliyaviy qo’yilmalarga o’xshagan, ularning analitik hisobining tuzilishi va yuritilishi ham shunday. Boshqa korxonalarga asosiy vositalarni qo’yish yo’li bilan uzoq va qisqa muddatli qo’yilmalar qilinsa, 9210-«Asosiy vositalarning chiqib ketishi» schyoti kreditlanib 0600 va 5800–schyotlarning tegishli schyotlari debetlanadi, agar nomoddiy va boshqa aktivlar qo’yilma qilinsa, 9220-«Boshqa aktivlarning chiqib ketishi» schyoti kreditlanadi. Aksiyalar sotib olinsa, boshqa korxonalarning ustav kapitaliga moliyaviy qo’yilmalar o’tkazilsa, 5110, 5210 – schyotlari kreditlanib, 0600 va 5800 – schyotlarning tegishli schyotlari debetlanadi. Sotilgan yoki qaytarilgan va o’tkazib berilgan qimmatli qog’ozlarning balans qiymatiga 9220 – schyot debetlanib 0600 va 5800 – schyotlarning tegishli schyotlari kreditlanadi. Depozit qo’yilmalar va berilgan qarzlarning qaytarilishi 5110 va 5210 – schyotlarning debeti va 0600 va 5800– schyotlarning tegishli schyotlarini kreditida aks ettiriladi. Aksiyalar bo’yicha olinadigan dividendlar hisoblanganda 4840-«Olinadigan dividendlar» schyoti debetlanib 9520-«Dividendlar ko’rinishidagi daromadlar» schyoti kreditlanadi. Obligatsiyalar bo’yicha foizlar hisoblansa, 4830-«Olinadigan foizlar» schyoti debetlanib 9530-«Foizlarko’rinishidagi daromadlar» schyoti kreditlanadi. Ushbu dividend va foizlar olinsa, 5110 «Hisob-kitob schyoti» debetlanib 4840 va 4830 – schyotlari kreditlanadi.Korxonaning aktividagi aksioner jamiyatlaridan sotib olingan aksiya va obligatsiyalari turli sabablarga ko’ra sotilishi mumkin: aksiyalar rejadagi foydani keltirmasligi; aksiya va obligatsiyalarni faqat uzoq vaqt ichida foyda olish uchun emas, balki ularni keyinchalik sotish yo’li bilan foyda olish maqsadida sotib olinishi.Qimmatli qog’ozlarni sotish va sotishdan olingan natijani aniqlash uchun 9220-«Boshqa aktivlarning chiqib ketishi» schyotidan foydalaniladi. Bu schyotga xo’jalik muomalalarini yozish nomoddiy aktivlarni sotish hisobiga o’xshagan. Sotilgan yoki qaytarilgan qimmatli qog’ozlarning balans qiymatiga 9220 -schyoti debetlanib 0600 va 5800 - schyotlarning tegishli schyotlari kreditlanadi. Ushbu qiymatliklarni sotishdan foyda olinsa, 9220 - schyoti debetlanib, 9320 «Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda» schyoti kreditlanadi. Zarar qilinsa -9430-«Boshqa operatsion xarajatlar» schyoti debetlanib, 9220 -schyoti kreditlanadi. Qimmatli qog’ozlarni sotishdan olingan tushumga 5110 yoki 5210- schyoti debetlanib 9220 -schyoti kreditlanadi. Download 221.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling