Mustaqil ish
Mavzu: Xorijiy investitsiya ishtirokidagi qo’shma korxonalar faoliyati samaradorligini ta’minlash .
ST-83 guruh talabasi U.Xosiljonov
Mavzu: Xorijiy investitsiya ishtirokidagi qo’shma korxonalar faoliyati samaradorligini ta’minlash.
Reja:
1. Xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni rag`batlantirish.
2. O’zbekiston respublikasida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga berilgan imtiyozlar.
3.Qo`shma korxonalarni tashkil etishda xorijiy investitsiyalarni o`rni.
Mamlakatimizning jahon sivilizatsiyasiga keng ko’lamda integratsiyalashuvi, iqtisodiyotimizga sarmoyalarni olib kirilishi uchun huquqiy va tashkiliy sharoitlar yaratildi. O’zbekistonda «ochiq eshiklar» siyosati olib borilmoqda, xorijiy sarmoyadorlarning tadbirkorlik faoliyati bilan shugullanishlari uchun ishonchli huquqiy kafolatlar va keng iqtisodiy imkoniyatlar berilmoqda.
Xorijiy sarmoyalar uchun eng qulay tartiblar yaratilgan va ular muttasil takomillashtirib borilmoqda. Chet el sarmoyasi ishtirokida ishlab chiqarish korxonalari ochish jarayoni mumkin qadar osonlashtirilgan. Respublikada qabul qilingan qonunlar va qonun asosidagi xujjatlar, chet el firmalari va kompaniyalari O’zbekiston bozorlarida faol ishtirok etish uchun soliq sohasidagi imtiyozlar hamda rag’batlantirish choralarining siyosiy va tijorat sohasidagi xavf-xatarlardan kafolatlarning yaxlit tizimini, qulay qonuniy sharoitlarni yaratib berdi.
Sarmoyadorlarni jalb qilishni maqsad qilgan rivojlanayotgan davlatning ham, investitsiyalarni yo’naltirayotgan rivojlangan mamlakatlarning ham o’ziga xos strategik maqsadlari bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |