1. Y. T. Toshpo’latov yaratgan k-1 preparati qanday maqsadda ishlatiladi?
Download 18.1 Kb.
|
7 sinf to'liq test
Test kislorodgacha 1.Y.T.Toshpo’latov yaratgan K-1 preparati qanday maqsadda ishlatiladi? A)Paxta zararkunandalariga qarshi B)Paxta sellulozasini olishda C)Metal yuzasi bilan ishqalanishini kamaytiruvchi modda D)Polimer moddalarni sintezlashda 2. Shtativdagi qaysi moslamadan tubi yassi va konussimon kolbalar, stakanlar, chinni kosachalarda moddalarni qizdirishda foydalaniladi? A) Qum yoki suv hammomi B) Asbest to’rli taglik C) Halqali tutqich D) O’zak 3. Propargil spirit hosilalari va geterosiklik birikmalarni o’rgangan olim? A)Y.T.Toshpo’latov B)A.G’.Mahsumov C)N.A.Parpiyev D)A.A.Abduvohobov 4. Qaysi gaz yonmaydi, lekin yonishga yordam beradi? A) Kislorod B) Vodorod C) Karbonat angidird D) Azot 5. Atomlarning muayyan turi bu…. A)molekula B)modda C)kimyoviy birikma D)kimyoviy element 6. Oqsillarning kimyoviy tuzilishi va ularning organizmga ta`siri to`g`risida ilmiy maktab yaratgan, feramon tutqichlarini yaratgan olim kim? A) Sh.I. Solihov B) A.A Abduvahobov C) A.G` Mahsumov D) H.U. Usmonov 7. Quyidagi qaysi metall kerosin ichida saqlanadi? A)rux B)natriy C)kadmiy D)qalay 8. Alanganing qaysi qismi chetlari xira eng issiq bo’ladi? A) Yuqori B) O’rta C) Pastki D) Chetki 9. .Laborotoriyada ortib qolgan Na metali nima qilinadi? A) Suvda eritiladi B) Kerosin ostida saqlanadi C) Yondiriladi D) Spirtda eritiladi 10. Kimyo fanining pedmeti nima? A) Tabiiy moddalar B) Sintetik moddalar C) Jismlar D) Tabiiy va sintetik moddalar 11. Yonish va oksidlanish jarayonlari haqidagi nazariya kimga tegishli? A) Lomonosov B) Dalton C) Shtal D) Lavuazye 12. Element atomi massasini uglerod 12 izatopi atomi massasining 1/12 (o‘n ikkidan bir) qismidan necha marta og‘irligini ko‘rsatuvchi kattalik nima deyiladi? A) Nisbiy molekulyar massa B) Nisbiy atom massa C)Molyar massa D) Absolut massa 13. Yer yuzasining foydali qazilmalar olinadigan qismining 90 foizini tashkil etadigan elementlarning necha foizini metallar tashkil etadi? A) 60 B) 40 C) 20 D) 80 14. O’z tajribalariga asoslanib atomistik nazariya asoslarini bayon etgan olim kim? A)Ar Roziy B) Lavuazye C)Demokrit D) Dalton 15. Metallarning yaltiroqligi, plastikligi, elektr o`tkazishi nima bilan bog`liq? A)Kristall panjaradagi protonlarga B)Kristall panjaradagi erkin elektronlarga C) Kristall panjaradagi metalga D) Kristall panjaradagi nuklonlarga 16. Qaysi olim yuqori darajada toza molibden olishning termik usulini yaratgan? A) N.R Yusupbekov B) T.M Mirkomilov C) N.A Parpiyev D) H.U. Usmonov 17. Moddalar kimyoviy xossalarini o`zida saqlovchi eng kichik zarracha nima deb ataladi? A) Molekula B) Atom C) Ion D) Yadro 18. Qaysi kristall panjara yuqori suyuqlanish harorati va yuqori qattiqlikka ega bo`ladi? A) Metall B) Ion C) Atom D) Molekulyar 19. Simob to’kilgan joyga qaysi modda sepiladi? A) Suv B) Oltingugurt C) Qum D) Sulfat kislota 20. Paxta selullozasi olishning jahon standartlariga javob beradigan tizimlari ishlab chiqqan olim kim? A) Sh.I. Solihov B) O.S. Sodiqov C) A.A Abduvahobov D) H.U. Usmonov 21. Sof modda butun hajmi bo‘yicha bir xil tarkib va xossaga ega bo‘lsa bunday modda qanday nomlanadi? A) Gomogen B) Geterogen C) To’yingan D) To’yinmagan 22. Bir stakan suvda a) 1 choy qoshiq tuz eritilsa b) 1 osh qoshiq tuz eritilsa suv necha gradusda muzlaydi? A) -4; -2 B) -2; -4 C) 0; -2 D) 0; -4 23. Cho‘kib qolgan qattiq moddadan suyuq moddani qaysi usul bilan ajratib olinadi? A) Ajratish voronkasi B) Filtrlash C) Distillash D)Dekantatsiya 24. Filrat nima? A) Filtrdan qolgan cho’kma B) Tayyorlangan filtr qog’oz C) Filtrdan o’tgan tiniq eritma D) Filtrdan o’tmagan tiniq eritma 25. Oltingugurt va uglerodning allatropik shakllari soni qanday nisbatda bo’ladi? A) 1:1 B) 4:3 C) 1:2 D) 3:4 26. Qaysi agregat holat mexanik mustahkamlikka, aniq hajm va shaklga ega? A) Qattiq B) Suyuq C) Gaz D) Plazma 27. Oltingugurt atomining nisbiy molekulyar massasi nechiga teng? A) 32g/mol B) 5,312*10-23g C)32 D) 16 g/mol 28. Qattiq holatdan to‘g‘ridan to‘g‘ri gaz holatiga o‘tish hodisasi qanday nomlanadi? A) Diffuziya B) Sublimatlanish C) Allatropiya D) Ekvivalent 29. Molekulalarning o`lchami qanday qiymatga ega bo`adi? A) 30 angstrm B) 0,3 nm C) 3*10-8 m D) 3 angstrm 30. Birikma tarkibiy qismlari qanchadan iborat ekanligini aniqlash nima deb ataladi? A) Sifat analizi B) Miqdor sintezi C) Sifat sintezi D) Miqdor analizi 31. Qaysi agregat holat o’z shakliga ega emas, lekin aniq hajmiy o’lchamga ega? A) Qattiq B) Suyuq C) Gaz D) Plazma 32. Bir element atomlaridan turli oddiy moddalar hosil bo‘lishi nima deb ataladi? A) Ekvivalent B) Sublimatlanish C) Allatropiya D) Diffuziya 33. Valentlik so`zining ma`nosi nima? A) Teng qiymat B) Kuchi bor C) Bo’linmas D) Zaryadlangan 34. Sublimatlanish xossasiga ega bo’lgan birikmalarni toping? 1)yod 2)muz 3)naftalin 4)oshtuzi A) 1, 4 B) 2, 3 C) 1, 3 D) 2, 4 35. Suvda eruvchan turli xildagi tuzlarni suvdan ajratib olish uchun qaysi usuldan foydalaniladi? A) Bug’latish B) Filtrlash C) Distillash D) Tindirish 36. Karrali nisbatlar qonuni muallifi kim? A) Prust B) Avagadro C) Dalton D) Lomonosov 37. “Bir xil sharoitda o‘zaro teng hajmdagi turli xildagi gazlarda molekulalar soni teng bo‘ladi” ushbu ta’rif qaysi qonunga tegishli? A) Karrali nisbatlar qonuni B) Massa saqlanish qonuni C) Tarkibning doimiylik qonuni D) Avagadro qonuni 38.Quyidagilarning qaysilari kimyoviy hodisa hisoblanmaydi? 1)mis idishning havoda qorayishi; 2)suvning muzlashi; 3)kislotaga asos ta’sir etishi; 4)qumni sement bilan; aralashtirish; 5)havoni sovutib kislorod olish; 6)metallning havoda oksidlanishi A)1,3,6 B)1,3,5 C)2,4,5 D)2,4,6 39. Quyidagi fikrlarning qaysilari to’g’ri? 1) fizik jarayonlarda molekula ham, atomlar ham saqlanib qoladi; 2) fizik jarayonlarda molekula saqlanmaydi, atomlar saqlanadi; 3)kimyoviy jarayonlarda molekulasa qlanmaydi, atomlar saqlanadi; 4)kimyoviy jarayonlarda molekula ham, atomlar ham saqlanmaydi. A)1,3 B)2,4 C)2,3 D)1,4 40. Suv necha gradusda ( oC) maksimal zichlikka ega bo’ladi? A) 0 B) +4 C) -4 D) +20 41. 1772-1789-yillarda qaysi olim yopiq idishda olib borilgan tajribalarda umumiy massa o‘zgarmasligini kuzatgan? A) Lomonosov B) Lavuazye C) Dalton D) Prust 42. Avagadro qonuni faqat qanday holatdagi moddalarga ta’sir etadi? A) Gaz B) Suyuq C) Qattiq D) Plazma 43. Quyidagi fikrlarning qaysilarida kimyoviy element haqida fikr yuritilayotganini aniqlang. 1)Temirda magnitga tortilish xususiyati mavjud; 2)Xlorofil tarkibida magniy mavjud; 3)Fransiy, galliy va seziy oddiy sharoitda qattiq; 4)qalqonsimon bez tarkibida yod mavjud; 5)ftorning nisbiy elektromanfiyligi eng katta qiymatga ega A)1,2,3 B)2,4,5 C)2,3,4 D)1,2,4 44. Kimyoviy reaksiyalarning kimyoviy formulalar yordamida ifodalanishi nima deb ataladi? A) Kimyoviy belgi B) Kimyoviy indeks C) Kimyoviy tenglama D) Kimyoviy birikma 45. “Har qanday kimyoviy sof modda olinish usuli va joyidan qat’i nazar doimiy tarkibga ega bo‘ladi” ushbu tar’rifga mos keluvchi qonunni yaratgan olim kim? A) Lomonosov B) Dalton C) Prust D) Lavuazye 46. Yurak tarkibida qancha (%) suv bor? A) 83 B) 95 C) 80 D) 25 47. Qora rangli oksidni aniqlang. A) Cu2O B) CuO C) HgO D) Al2O3 48. Qizil temirtosh va magneziya tarkibidagi allatropik shaklga ega bo’lgan elementlarning umumiy soni nechta? A) 3 B) 2 C) 5 D) 4 49. 3 xil agregat holatda boladigan oksidlar qanday nomlanadi? A) Asosli B) Kislotali C) Amfoter D) Befarq 50. Quyidagilar orasidan a) suyuq b) qattiq c) gaz agregat holatdagi galogenlarni aniqlang. 1. Ftor; 2.Brom; 3. Xlor; 4. Yod A) a-4, b-2, c-1 B) a-2, b-3, c-4 C) a-2, b-4, c-3 D) a-2, b-1, c-3 51. Atom kristall panjaraga ega bo’lgan moddani aniqlang. A) Olmos B) Qattiq xlor C) Brom D) Marganes 52. Quruqlik o’simliklari tanasining qancha (%) qismi suvdan iborat? A) 50-75% B) 20-25% C) 95-98% D) 95-99% 53. So’ndirilmagan ohak murakkab moddalarning qaysi sinfiga mansub? A) Asos B) Kislota C) Oksid D) Tuz 54. Barcha anorganik moddalar tarkibiga ko‘ra qanday guruhlarga bo’linadi? A) Metallar va metallmaslar B) Oddiy va Murakkab C) Elektrolit va noelektrolit D) To’yingan va to’yinmagan 55. Suyuq agregat holatdagi metallni aniqlang. A) Brom B) Oltin C) Qo’rg’oshin D) Simob 56. Karbonat angidridning havoda tashkil etgan miqdori (%) ning son qiymatidan 100 martta ko’p miqdorda atom tutgan murakkab modda ultrabinafsha nurlarni to‘liq o‘tkazish xususiyatiga egaligi uchun tibbiyotda ultrabinafsha nur bilan ishlovchi asboblarda qo’llaniladi. Ushbu nomalum moddaning tarkibidagi elektronlar sonini hisoblang. A) 22 B) 32 C) 30 D) 23 57. Fosfornig kislorodda yonishi natijasida hosil bo’lgan murakkab modda, perxlorat kislota bilan ta’sirlashishi natijasida nomalum oksid hosil bo’ldi. Shu oksidning massasi «quruq muz» ning massasidan necha martta ortiq? A) 2,86 B) 4 C) 4,25 D) 4,16 58. Qanday asoslar terini o’yish xossasiga ega? A) Suvda eriydigan B) Suvda erimaydigan C) Amfoter D) Barcha asoslar terini o’yadi 59. Yashil va qo’ng’ir rangli asoslar tarkibida atomlar nisbatini aniqlang. A) 1:1 B) 5:7 C) 3:5 D) 7:5 60. Natriy metalining suv bilan reaksiyasidan hosil bo’lgan alanganing rangi qaysi indikatorning ishqoriy eritmada hosil qiladigan rangi bilan bir xil? A) Lakmus B) Fenolftalein C) Metilzarg’aldog’i D) Universal 61. Kaustik soda bilan suvdagi bir jinsli eritmasi «ohakli suv» deb nomlanadigan moddaning atomlari soni qanday nisbatda bo’ladi? A) 1:1 B) 5:3 C) 0,6:1 D) 2:3 62. Nitrat kislota suvdan necha barobar og’ir? A) 2 B) 3 C) 1 D) 1,5 63. Konsentrlangan sovuq nitrat kislota qanday idishlarda saqlanmaydi? A) Temir B) Mis C) Aluminiy D) Xrom 64. Borat kislota necha negizli? A) 1 B) 2 C) 3 D)4 65. Nitrat kislota quyidagi qaysi metall bilan ta’sirlashadi? A)Oltin B)Kumush C)Rodiy D)Platina 66. Lakmus kislota eritmasida qanday rangga o’zgaradi? A)Qizil B) Rangsiz C) Sariq D) Pushti 67. Qaysi asos 1 l suvda 20°C 1,56 g miqdorda eriydi? A) NaOH B) Ca(OH)2 C) KOH D) Zn(OH)2 68. Selluloza ishlab chiqarishda foydalaniladigan kislotani aniqlang. A)H2SO4 B)HNO3 C) HCl D) H3PO4 69. Respublikamizning qaysi konlaridan marmar qazib olinadi? A) Xo‘jaikon, Tubokat B) Nurota va G‘ozg‘on C) , Borsakelmas , Oqqala D) Qoraqat, Jetitov 70. Qizil qon tuzi va sariq qon tuzi tarkibidagi atomlar yig’indisini aniqlang. A) 30 B)28 C) 33 D) 32 71. Inson organizmi umumiy massasining qancha (%) qismini tuz tashkil etadi? A) 5,5% B) 5% C) 4,5% D) 4,8% 72. Al2O3 ning ekvivalentini hisoblang. A) 22 B) 27 C) 17 D) 9 73. Ortoborat kislotaning ekvivalentini aniqlang. A) 22 B)21,67 C) 18 D)20,67 Download 18.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling