Metallar va metalmaslar. Metallarning fizik xossalari. Metallarning kimyoviy xossalari. Metallarning olinishi bo’yicha eksperementlar o’tkazish


Download 141.03 Kb.
bet1/38
Sana17.06.2023
Hajmi141.03 Kb.
#1545314
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Bog'liq
Experiment shp777


1.1 Metallar va metalmaslar. Metallarning fizik xossalari. Metallarning kimyoviy xossalari. Metallarning olinishi bo’yicha eksperementlar o’tkazish D.I. Mendellev davriy sistemasidagi elementlarning 85 tasini metallar tashkil qiladi. Metallarning 12 tasi S-elementlar 32 tasi d- elementlar, 28 tasi F- elementlar va qolgani R- elementlardir. Simobdan tashqari hamma elementlar oddiy temperaturada qattiq moddalardir. Metallarning o’ziga xos belgilari bor.

  1. Metallar o’ziga xos yaltiroqlikka ega, chunki ular yorig’lik nurini spektrning ko’zga ko’rinuvchi sohasida qaytarish xususiyatiga ega.

  2. Metallar issiqlik va elektr tokini yaxshi o’tkazadi. Temperatura ortishi bilan ularning elektr o’tkazuvchanligi pasayadi (qarshiligi temperatura oshishi bilin ortadi).

  3. Ko’pchilik metallar odatdagi sharoitda kristall holatda bo’lib, cho’ziluvchan va yassilanuvchan xossaga ega.

  4. Metallar elektromusbat elementlardir, ya’ni ularning oksidlari suv bilan birikib, ko’pincha asos hosil qiladi. Metallar zichligiga ko’ra shartli ravishda 2 guruxga bo’linadi: d<52 g/sm3 gacha bo’lgani engil metallar, d>52 g/sm3 dan ortiqlari og’ir metallar. Eng engil metall Li, d=0,53 g\sm3, eng og’ir metall esa osmiy- Os d=22,61g\sm3. Engil metallar oson suyuqlanadi (tseziyning suyuqlanish temperaturasi 28,50C), og’ir metallarning ko’pchiligi qiyin suyuqlanadi. (volframning suyuqlanish temperaturasi 33950C)

Har qanday nodir bo’lmagan metall o’zidan ko’ra nodirroq metallni o’sha metall tuzi (eritmasidan) tarkibidan siqib chiqaradi. Masalan, nodirmas metall-temir o’zidan ko’ra nodirroq metall-misni tuzlari tarkibidan siqib chiqaradi:
Fe+CuSO4-→Cu+FeSO4
Buxossagaasoslanib, turlimetallarniN.NBeketovningquyidagiqatorigajoylashmumkin: Li, K, Ca, Na, Mg, Al, Mn, Zn, Cd, Ni, Sn, Pb, H2, Cu, Ag, Hg, Au
Bu qatorda chopdan o’nga o’tgan sari metallning «nodirligi» ortadi. Bu qator metallarning kuchlanish qatori deb yuritiladi.

Download 141.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling