Metallar va metalmaslar. Metallarning fizik xossalari. Metallarning kimyoviy xossalari. Metallarning olinishi bo’yicha eksperementlar o’tkazish
Oltingugurt, fosfor, uglerod, kremniy mavzulariga oid kimyoviy eksperementlar o’tkazish
Download 141.03 Kb.
|
Experiment shp777
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Fosforning allotropiyasi
1.3 Oltingugurt, fosfor, uglerod, kremniy mavzulariga oid kimyoviy eksperementlar o’tkazish. 1.Tajriba a) Oltingugurtni suyuqlantirish. Kiskichga maxkamlangan probirkani yarmigacha oltingugurt soling va chaykatib turib, extiyotlik bilan kizdiring. 113 o da sarik suyuqlikka aylanadi. 160 o dan yuqorida suyuqlik qorayib borib 200 oda to’q jigarrang tusga kiradi. Oltingugurt qizdirilganda bo’ladigan o’zgarishlarni izoxlang.
b) Qaynab turgan oltingugurtni stakandagi sovuq suvga jildiratib quying. Agar oltingururt alangalanib ketsa, quyib bo’lgandan so’ng probirka og’zini asbest bilan berkiting. Hosil bo’lgan massani suvdan olib uning plastik ekanligiga ishonch hosil qiling. 2. Probirkaga oltingugurtning bo’laklaridan 2-3 dona soling va unga 1 ml uglerod sulfid qo’shing. Chayqatib turib oltingugurtni eriting. Soat oynasiga hosil bulgan eritmadan bir necha tomchi tomizing. Uglerod sulfid bug’lanib ketgach, rombik oltingugurt kristallari hosil bo’lishini kuzating. Uglerod sulfid o’rniga benzol, toluol va xloroformdan foydalansa bo’ladi. 3. a) Probirkaga bir necha bo’lak temir (II)-sulfid soling va uning ustiga xlorid kislota eritmasidan yoki sulfat kislota eritmasidan 3-5 ml qo’ying. Vodorod sulfid hosil bo’lishini kuzating. Reaktsiya tenglamasini yozing. b) filtr qog’ozning ozgina joyini qurg’oshin nitrat eritmasi bilan xullang, va uni gaz o’tkazuvchi nayning og’ziga tuting. Filtr qog’ozning qorayishini kuzating. Reaktsiya tenglamasini yozing. v) gaz ajralib chiqa boshlagandan so’ng uni gaz o’tkazuvchi nayning og’zida yondiring. Vodorod sulfidning havo rang alanga berib yonishini kuzating. g) yonib turgan vodorod sulfid alangasi ustiga xullangan ko’k lakmus qog’oz tuting va lakmusning rangini o’zgarishini kuzating. Reaktsiya tenglamasini yozing. 4. a) Kaliy bixromatning 2-3 ml eritmasiga bir necha tomchi kontsentrlangan sulfat kislota va so’ngra bir necha tomchi vodorod sulfidli suv ko’shing. Eritma to’q sariq rangdan ko’k rangga kirishini va oltingugurt ajralib chiqishi tufayli, eritmaning loykalanishini kuzating. Reaktsiya tenglamasini yozing. b) kaliy permanganat eritmasiga suyultirilgan sulfat kislota eritmasidan va vodorod sulfidli suv qo’shing. Eritmaning rangsizlanishini va loykalanishini kuzating. Reaktsiya tenglamasini yozing. 1. Fosforning allotropiyasi a) Quruq probirkaga karbonat angidrid to’ldiring. Probirkaga qizil fosfordan no’xat kattaligida soling. Probirka og’zini paxta bilan berkitib, temir shtativ qisqichiga gorizontal holda mahkamlang. Shundan so’ng probirkaning qizil fosfor joylashgan qismini gaz alangasida ohista qizdiring. Probirkaning sovuq devorida oq fosfor dog’lari hosil bo’lishini kuzating. Probirka bir oz sovigach, uning og’zidagi paxtani qisqich yordamida olib stakandagi mis sulfat eritmasiga tashlang. Probirka devoriga yopishgan oq fosforni esa shisha tayoqcha yordamida qirib oling. Oq fosforni havoda o’z-o’zidan yonishini kuzating. Reaktsiya tenglamasini yozing. Tajriba natijasiga asoslanib, fosforning qaysi allotropik modifikatsiyasi ximiyaviy jihatdanaktivroq ekanligi haqida hulosa chiqaring. Download 141.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling