Metallar va metalmaslar. Metallarning fizik xossalari. Metallarning kimyoviy xossalari. Metallarning olinishi bo’yicha eksperementlar o’tkazish


-tajriba: Misning koordinatsion birikmalari


Download 141.03 Kb.
bet38/38
Sana17.06.2023
Hajmi141.03 Kb.
#1545314
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
Bog'liq
Experiment shp777

1-tajriba: Misning koordinatsion birikmalari.
A) Mis tiosulfat koordinatsion birikmasining olinishi. Oldingi tajribada olingan mis iodid cho’kmasiga natriy tiosulfatning 2 n eritmasidan cho’kma erib ketguncha tomchilatib quying. Natijada mis tiosulfat koordinatsion birikmasining erimtasi hosil bo’ladi.
Cu2I2 + 2Na2S2O3 = 2 [CuS2O3] Na + 2NaI
B) Mis tetroammiakatining hosil bo’lishi. Probirkaga mis (II) – sulfatning 1 n eritmasidan 2 – 3 tomchi va ammiakning 25% li eritmasidan 2 – 3 tomchi tomizing. Havo rang mis (II) – gidroksisulfat cho’kmaga tushadi:
2CuSO4 + 2NH4OH + [Cu2 (OH)2] SO4 + (NH4)2 SO4
Ammiak tomizishni cho’kma eriguncha davom ettiring. Cho’kma erishi natijasida misning ko’k tusli ikki valentli kompleks birikmasi hosil bo’ladi.
[Cu (OH)2] SO4 = 8NH4OH = [Cu (NH3)4] SO4 + + [Cu (NH3)4] (OH)2 + 8H2O
2 – tajriba. Kumushning koordinatsion birikmalari.
A) Kumushning ammiakli koordinatsion birikmasihu tuzining olinishi. To’rtinchi tajribada olingan kumush galogenidlar cho’kmasining har biriga bir tomchidan ammiakning 25 % li eritmasidan qo’shing. Hammasida erish tezligi bir xilmi? Kumush galogenidlarini ammiak bilan hosil qilgan kompleks birikmalarning eruvchanligiga qarab tartibli joylashtiring. Kumushning koordinatsion soni 2 ga tengligini nazarda tutib, kumush galogenid bilan ammiak eritmasi o’rtasida bo’ladigan reaktsiyaning molekulyar va ionli tenglamasini yozing.
Eruvchanlik ko’paytmasi qiymatidan kumush galogenidlarning eruvchanligi har xilligini tushuntiring.
B) Kumushning ammiakli kompleks asosining olinishi. Birinchi tajribada olingan kumush oksid cho’kmasiga ammoniy gidroksidning 2 n eritmasidan cho’kma erib ketguncha ehtiyotlik bilan tomizing. Kumushning asosli kompleksi eritmasi hosil bo’ladi. Bu birikmaning barqarorligini kumush gidroksid bilan solishtiring.
Reaktsiya tenglamasini yozing.
V) Kumushning tiosulfat kompleksining olinishi. Probirkaga 3 tomchi kumush nitrat eritmasidan tomizib, uning ustiga 1 n tiosulfat eritmasidan tomchilatib qo’shing.
Kumush tiosulfat hosil bo’lishidan cho’kma tushishini va mo’l natriy tiosulfatda erib ketishini kuzating.
Kumush nitrat bilan natriy tiosulfatning hosil bо‘lish va uning ortiqcha cho’ktiruvchida erish reaktsiyasi tenglamalarini yozing.



1


2


3


4


Download 141.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling