1-tajriba. Tiosulfat kislotaning hosil bo`lishi. Probirkaga natriy tiosulfat (Na2S2O3) kristallaridan ozroq tashlab, ularni distillangan suvda eriting. So`ngra eritma ustiga HCI ning suyultirilgan eritmasidan 1 ml qo`ying. Bir ozdan so`ng eritmaning loyqalanishini va cho`kmaning hosil bo`lishini kuzating. Ajralayotgan gazni ehtiyotlik bilan hidlang. Reaksiya tenglamasini yozing.
7-tajriba. Sulfat kislota bilan natriy tiosulfatning o`zaro ta’siri. Probirkaga 1 ml suyultirilgan natriy tiosulfatning eritmasidan va 3-4 tomchi sulfat kislota eritmasidan quying. Nima cho`kmaga tushadi va qanday gaz ajralib chiqadi? Reaksiya tenglamalarini yozing. Oksidlovchi va qaytaruvchini aniqlang.
8-tajriba. Nitrat kislotaning oksidlovchilik xossasi. a) Ikkita probirka olib, ularning biriga lakmus, ikkinchisiga esa fuksin eritmasidan 1 ml qo`ying. Har ikkala probirkaga konsentrlangan nitrat kislota eritmasidan 3-4 tomchidan tomizib, chayqating. Fuksin va lakmusning rangsizlanishini kuzating.
Chinni kosachaga 1 g qizil fosfor solib, ustiga nitrat kislotaning suyultirilgan eritmasidan 15 ml qo`ying. Kosacha qizdirilganda ortofosfat kislota va azot (II)-oksid hosil bo`ladi. Reaksiya natijasida ortofosfat kislota hosil bo`lishini kuzating. Buning uchun kosachadagi eritma sovigach, undan 1 ml olib, probirkaga quying va ustiga 2-3 tomchi kumush nitrat eritmasidan
tomizib, chayqating. Sariq loyqa hosil bo`lishi eritmada fosfat anioni borligidan dalolat beradi.Tegishli reaksiya tenglamalarini yozing. Xuddi shu tajribani oltingugurt bilan ham o`tkazish mumkin. Bunda nitrat kislota oltingugurtni sulfat kislotagacha oksidlaydi.
9-tajriba. Nitrat kislotaning metallarga ta’siri. a) Ikkita probirka olib, ularning biriga ikki dona rux bo`lakchasidan, ikkinchisiga esa 4 dona qalay parchasidan soling. Har ikki probirkadagi metallar ustiga nitrat kislotaning konsentrlangan eritmasidan 2 ml dan quying. Reaksiya natijasida ajralib chiqayotgan gazning rangiga e’tibor bering. Reaksiya tenglamasini yozganda Zn(NO3)2 va H2SnO3 ning hosil bo`lishini nazarda tuting.
Do'stlaringiz bilan baham: |