Фосфор ва унинг бирикмалари. 1-tajriba
Download 22.53 Kb.
|
Фосфор ва унинг бирикмалари
Фосфор ва унинг бирикмалари. 1-tajriba. Qizil fosforning sublimatsiyalanishi (tajriba mo‘rili shkafda o‘tkaziladi) 1.Probirkaga ozgina qizil fosfor soling; 2. probirka og‘zini paxta bilan berkiting; 3.Uni shtativga gorizontal holda o‘rnating; 4. ohista qizdiring; 5. Qizil fosfor bug‘lanib, probirkaning sovuq joylarida oq fosfor qirovi hosil bo‘lishini kuzating.
(Tajriba mo‘rili shkafda o‘tkaziladi) 1.Chinni tigelga 15-20 tomchi 4 n xlorid kislotadan tomizing; 2. ustiga pinset bilan 2-3 dona kalsiy fosfid kristallaridan soling; 3. Tajribada ajralib chiqayotgan gazning yonishini kuzating; 4.Reaksiya tenglamalarini yozing. 3-tajriba. Meta- va ortofosfat kislotalarining olinishi (tajriba mo‘rili shkafda o‘tkaziladi) a) fosfat angidrid. Metafosfat kislotaning olinishi. 1.Asbestlangan to‘r ustiga qo‘yilgan chinni kosachaga 0,4-0,5 g qizil fosfor soling; 2.Kosacha tepasiga to‘rdan tahminan yarim santimetr masofada quruq voronkani to‘nkarib o‘rnating; 3. Fosforni qizdirilgan shisha tayoqcha bilan o‘t oldiring; 4. Voronka devoriga qorsimon oq kristall modda hosil bo‘lishini kuzating; 5. Reaksiya tenglamasini yozing. 6.Hosil bo‘lgan fosfat angidridini toza kimyoviy stakanga suv bilan yuvib tushiring; 7. probirkaga ozgina oling; 8. kuchsiz kislotali muhitga kelguncha (lakmus qog‘ozi bilan sinab) soda bilan neytrallang; 9.kumush nitrat eritmasidan tomchilatib qo‘shing; 10. Oq cho‘kma hosil bo‘lishini kuzating; 11.Reaksiya tenglamasini yozing; 4-tajriba. Fosfat ionlariga xos reaksiyalar a)1. probirkaga 5-7 tomchi natriy gidrofosfat eritmasidan soling; 2. ustiga kumush nitrat eritmasidan tomchilatib quying; 3. sariq rangli cho‘kma - bo‘lishini kuzating; 4.Reaksiyalar tenglamasini yozing; b) 1. probirkaga 5-7 tomchi ammoniy molibdat eritmasidan soling; 2 suyultirilgan 5-7 tomchi nitrat kislotadan qo‘shing; 3. ortofosfat kislota eritmasidan yoki uning tuzi eritmasidan qo‘shing; 4. Sariq kristall cho‘kma-ammoniy fosforomolibdat hosil bo‘lishini kuzating. 5. ikkita probirka oling; 6. birinchisiga 5-8 tomchi natriy metafosfat eritmasidan; 7. ikkinchisiga shuncha natriy pirofosfat eritmasidan quying; 8. Har ikkala probirkaga 8-10 tomchidan kumush nitrat eritmasidan tomizng; 10. Probirkalarda oq cho‘kmalar- va hosil bo‘lishini kuzating. 11.Reaksiyalar tenglamasini yozing.
a) bariy gidrofosfatning olinishi. 1.Probirkaga 6-8 tomchi bariy xlorid eritmasidan soling; 2. ustiga 4-5 tomchi natriy gidrofosfat eritmasidan tomizing; 3. Probirkani chayqating; 4. hosil bo‘lgan cho‘kmaning rangiga e’tibor bering; 5. reaksiya tenglamasini molekulyar va ionli shaklda yozing; b) temir va alyuminiy fosfatlarini hosil qilish. 1.Ikkita probirka olng; 2 birinchisiga 6-8 tomchi temir (III) xlorid eritmasidan, 3.ikkinchisiga esa alyuminiy sulfat eritmasidan quying. 4.Har bir probirkaga 3-4 tomchidan natriy asetat va natriy gidrofosfat eritmalaridan tomizing; 5. hosil bo‘lgan cho‘kmalarning rangiga e’tibor bering. 6. reaksiyalarni molekulyar va ionli shaklda yozing. 6-tajriba. Ortofosfat kislota tuzlarining parchalanishi a) natriy digidrofosfatning parchalanishi. 1.Ikkita quruq probirka oling; 2. har biriga 3-4 dona natriy digidrofosfat kristallaridan soling; 3. Probirkalarning birini tekshirishga qoldiring; 4. ikkinchisini shtativga vertikal holda o‘rnating; 5. 5-6 daqiqa qizdiring; 6. sovigandan so‘ng, har ikkala probirkaga 1 ml chamasi distillangan suvdan quying; 7.Har bir probirkaga 3-4 tomchidan kumush nitrat eritmasidan tomizing; 8.Hosil bo‘lgan cho‘kmaning rangiga e’tibor bering; 9.Reaksiya tenglamalarini ionli shaklda yozing; 7-tajriba. Fosfat kislota tuzlarining gidrolizi 1.3 ta probirka oling; 2. birinchisiga 6-8 tomchi natriy digidrofosfat eritmasidan, 3.ikkinchisiga esa natriy fosfat eritmasidan quying; 4. har birini ko‘k va qizil lakmus qog‘ozlari bilan sinab ko‘ring; Download 22.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling