Elektrolitik dissotsilanish


Download 80.49 Kb.
Sana03.01.2023
Hajmi80.49 Kb.
#1076528
Bog'liq
dissotsiya


ELEKTROLITIK DISSOTSILANISH
1. Elektrolitlar eritmalarining elektr o‘tkazuvchanligi
Ishning bajarilishi.
YOg‘och taxtachaga maxkamlangan ko‘mir elektrodlarni 50 ml li stakanchaga tushiring (30-rasm) va ketma-ket ulangan lampani reostat orqali elektr zanjiriga ulang. Vilkani shtepselga tiqing. Elektrodlar tushirilgan stakanga 20-30 ml distillangan suv quying. Lampa yonadimi? Suv elektr tokini o‘tkazadimi? Suvli stakanga 4-5 mikroshpatel maydalangan shakar soling. SHakar eritmasi elektr tokini o‘tkazadimi? Quruq stakanga osh tuzi kristallaridan soling. Tuz stakan tubini to‘liq to‘ldirsin. Tuz ustiga elektrodlarni tegizing. Kuruk tuz elektr tokini utkazadimi? YUvgichdan 20 – 50 ml distillangan suv kuying. Nima kuzatiladi? Elektrodlarni distillangan suvli stakanda yuving.Nima uchun tuz eruvchanlikka ega ekanligini tushuntiring, holbuki, tuz alohida olinganida elektr tokini o‘tkazmaydi. 4 ta 50 ml li stakan olib, har biriga 20-30 ml birinchisiga 0,1n xlorid kislota, ikkinchisiga o‘yuvchi natriy, uchinchisiga sirka kislota va to‘rtinchisiga esa ammoniy gidroksid eritmasidan solib elektrodlarni stakanlarga tushirib eritmalarning elektr o‘tkazuvchanligini sinab ko‘ring. Stakanlardagi eritma sinab ko‘rilgandan keyin, elektrodlarni distillangan suv bilan yaxshilab yuving. Tajriba paytida lampa kanday yonishini kuzating. Tekshirish natijalariga asoslanib kislota va asoslarning elektr o‘tkazuvchanligiga qarab xulosa chiqaring. Keyingi ikki eritma ya’ni sirka kislota va ammoniy gidroksid eritmalari elektr lampasini kuchsiz ( qizartirib) yoritishini sababini tushuntiring.



30-rasm. Elektrolitik dissotsiatsiya.


Ionli jarayonlar (ion almashinish reaksiyalari)

Elektrolitlar eritmasida reaksiyalar molekulalar orasida bormasdan , elektrolitning ionlari orasida boradi. Bunday reaksiyalar ion almashinish reaksiyalari deyiladi va reaksiya natijasida qarama-qarshi ishorali ionlar o‘zaro birikib, yangi moddalarning molekulalari hosil bo‘ladi. Bunda asosiy shart yangi modda qiyin eruvchan yoki kuchsiz elektrolit bo‘lishi kerak. Dastlabki moddalarning eritmalaridagi ionlar qiyin eriydigan yoki kam dissotsilanadigan yangi modda hosil qila olmasa, bunday eritmalarni aralashtirganimizda reaksiya bormaydi. Eritmalarda elektrolitlar orasida boradigan reaksiyalar odatda ionli tenglamalar bilan ifodalanadi. Ionli tenglamalarni molekulyar tenglamalardan afzalligi, ularda reaksiyalarning tub ma’nosi aks etadi.


Qiyin eriydigan (qattiq va gazsimon) moddalar hamda eruvchan kuchsiz elektrolitlar ionli tenglamasida molekula ko‘rinishida yoziladi. YAxshi eriydigan kuchli elektrolitlar esa ionlar ko‘rinishida yoziladi.
Ionli tenglamalarni quyidagi tartibda yozish tavsiya etiladi:
1. Reaksiyaning molekulyar sxemasi yoziladi.
2. Reaksiyaning borishiga sabab bo‘lgan moddani aniqlab, uning formulasini tenglamaning o‘ng tomoniga yoziladi.
3. SHu moddani xosil qilgan ionlarni ham aniqlanadi. Agar bu ionlar dastlabki moddalar eritmasida bo‘lsa, ularning simvoli tenglik ishorasidan chapga yoziladi. Ionlar faqat reaksiya jarayonida cho‘kmadan yoki oz dissotsilanuvchi moddadan hosil bo‘lsa, u xolda o‘sha moddaning formulasi yoziladi.
4. Reaksiya natijasida eritmada xosil bo‘lgan ionlarni tenglamaning o‘ng tomonida ko‘rsatiladi.
5. Reaksiyaning chap va o‘ng tomonlariga koeffitsentlar tanlanadi.
Masalan:
SaCl2 + K2CO3 = CaCO3 + 2kcl
Ca2+ + 2Cl- + 2K+ + CO32- = CaCO3 + 2K+ + 2Cl-
K+ va Cl- ionlari (KSl kuchli elektrolit) birikib molekula xosil qilmasdan, eritmada erkin holda qoladi. Sodir bo‘ladigan ionli tenglama reaksiyasi quyidagicha yoziladi:
Ca2+ + CO3 2-= CaCO3 yoki
H2S + Pb(NO3)2 = PbS + 2HNO3
H2S kuchsiz elektrolit
H2S + Pb2+ = PbS + 2H+ va xakozo
a) Kam eriydigan asoslar olish
2 ta probirkaga temir (III) xlorid eritmasidan 2-3 tomchi tomizing. Ulardan biriga bir necha tomchi o‘yuvchi natriy, ikkinchisiga esa bariy gidroksid eritmalaridan qo‘shing. Temir gidroksidi cho‘kmasining rangini aniqlang. Har ikkala xolda qaysi ionlarning o‘zaro birikishi sodir bo‘ladi? Laboratoriyada mavjud eritmalardan foydalanib, kam eriydigan mis va magniy gidroksidlarini xosil qiling. Tajriba uchun tegishli eritmalardan 3-4 tomchidan ko‘p olmang. Tegishli reaksiya tenglamalarini molekulyar va ionli xolda yozing.
b) Kam eriydigan kislotalar olish
Bir probirkaga 2-3 tomchi natriy silikat, ikkinchisiga esa shuncha xajm ammoniy molibdat eritmalaridan tomizing. Ikkala probirkaga ham, tegishli kislotalarning cho‘kmalari hosil bo‘lguncha xlorid kislotadan bir necha tomchi quying. Reaksiyalarning molekulyar va ionli tenglamalarini yozing.
v) Kuchsiz asoslarni xosil bo‘lishi.
Bir probirkaga 3-4 tomchi ammoniy xlorid eritmasidan, ikkinchisiga esa shuncha miqdorda ammoniy sulfat quying. Ikkala probirkaga ham bir necha tomchi o‘yuvchi natriy eritmasidan tomizing va salgina qizdiring, hidiga qarab qanday gaz ajralib chiqayotganligini aniqlang. Kuchsiz ammoniy gidroksidning hosil bo‘lish reaksiyalarining molekulyar va ionli tenglamalarini yozing.
g) Kuchsiz kislotalar hosil bo‘lishi.
Ikkita probirkaga 2-3 tomchi soda eritmasidan quying. Biriga bir necha tomchi xlorid kislota, ikkinchisiga esa sirka kislotasidan tomizing. Nima kuzatiladi? Kuchsiz karbonat kislotasining hosil bo‘lish reaksiyalarining molekulyar va ionli tenglamalarini hamda uning karbonat angidrid va suvga parchalanishini yozing.
d) Qiyin eruvchan tuzlar hosil bo‘lishi.
Ikkita probirkaga 2-3 tomchidan qo‘rg‘oshin tuzi eritmasidan quying. Birinchisiga bir necha tomchi 2n li sulfat kislota, ikkinchisiga natriy sulfat eritmalaridan tomizing. Birinchi va ikkinchi hollarda nima cho‘kmaga tushadi. Laboratoriyada mavjud bo‘lgan reaktivlardan foydalanib qiyin eruvchan: qo‘rg‘oshin yodid, kumush xlorid, bariy xromat va kalsiy karbonat tuzlarini hosil qiling. Reaksiyalarning molekulyar va ionli tenglamalrini yozing.
Download 80.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling