Laborotoriya etil yodid sintezi
Download 15.5 Kb.
|
GALOGENLASH
18-LABOROTORIYA ETIL YODID SINTEZI Reaktivlar: 1. Etil spirt 17 ml, 2. Yod 32 g 3. Qizil fosfor 3,1 g. Kaltsiy xlorid, natriy bisulfit. Etil yodid olish uchun spirtning fosfor (III)-yodid bilan reaktsiyasidan foydalaniladi. U o‘z navbatida reaktsiya jarayonida qizil fosfor va yodning o‘zaro ta‘siridan hosil bo‘ladi: 100 ml hajmli yumaloq tubli kolbaga hisobda ko‘rsatilgan fosfor va spirtni soling. Kolbani asta chayqatib turib, moddalar aralasha boshlagach, maydalangan yod qo‘shing. Aralashma qizib ketsa, soviting. Kolbaga qaytar sovitgich ulab, aralashmani suv hammomida 2 soatcha qizdiring. So‘ngra aralashmani sovitib, kolbaga bukik nay orqali to‘g‘ri sovitgich ulang. Hosil bo‘lgan etil yodidni reaktsion kolbani qaynoq suv hammomiga joylashtirib haydang. Haydash oxirida qaynoq suv hammomini elektr plita bilan almashtirsa bo‘ladi. Haydalgan suyuqlikda etil yodid bilan birga (Tqayn =72°S), ozgina spirt ((Tqayn = 78°S) va yod bo‘ladi. Shundan suyuqlik jigarrang-qizg‘ish rangga.ega bo‘lib qoladi. Suyuqlikni ajratgich voronkaga ko‘chirib, ozgina suv qo‘shib, ikki marta jadal chayqatsangiz spirt suvga o‘tib ketadi. Yoddan qutilish uchun shu muhitga bisulfit natriy eritmasidan bir necha tomchi qo‘shing. Etil yodidni suvdan ajrating, toblangan kaltsiy xlorid bilan suv yuqidan quriting. Vyurts kolbasiga solib, tozalash uchun haydang. Tqayn =72°S, unumi 30 - 32 g. Sintez davomida yana qanday ikkilamchi mahsulotlar hosil bo‘lishi mumkin? Ularning reaktsiya tenglamalarini tuzing. Download 15.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling