9-laboratoriya mashg’uloti mavzu: аluminuy sulfidi va gidroksidining sintezi


Download 16.53 Kb.
Sana09.01.2022
Hajmi16.53 Kb.
#263577
Bog'liq
2 5409303789377162715


9-LABORATORIYA MASHG’ULOTI

MAVZU: АLUMINUY SULFIDI VA GIDROKSIDINING SINTEZI

1 – tajriba. Alyuminiyning ishqorga munosabati

Probirkaga kichikroq alyuminiy bo‘lakchasidan solib, ustidan 5-6 tomchi 2 n o‘yuvchi natriy eritmasidan soling. Natriy tetragidroksodiakvoalyuminat Na[Al(OH)4(H2O2)] eritmasi hosil bo’lishi hamda vodorod ajralib chiqishini kuzating. Reaksiya tenglamalarini yozing.



Reaksiya tenglamasi: _____________________________________________

Xulosa: _________________________________________________________

2 – tajriba. Alyuminiy gidroksidning amfoterligi

Probirkaga 5-6 tomchi alyuminiyning eruvchan tuzi eritmasidan solib, ustidan 5-6 tomchi 2 n o‘yuvchi natriy eritmasidan quying. Oq iviq cho‘kma hosil bo’lishini kuzating. Cho‘kmani 2 ga bo’ling. Birinchisiga suyultirilgan HCl soling. Ikkinchisiga esa o‘yuvchi natriy eritmasidan mo’l miqdor soling. Har ikkala cho‘kmani erib ketishini kuzating. Reaksiya tenglamalarini yozing.



Reaksiya tenglamasi: _____________________________________________

Xulosa: _________________________________________________________

3 – tajriba. Alyuminiy tuzlarining gidrolizi

a) Probirkaga 5-6 tomchi alyuminiyning eruvchan tuzi eritmasidan solib, ustidan soda eritmasidan qo‘shing. Oq iviq cho‘kma hosil bo‘lib, gaz ajralib chiqishini kuzating. Gidroliz reaksiyalari tenglamalarini molekulyar va ionli shaklda yozing.

Reaksiya tenglamasi: _____________________________________________

Xulosa: _________________________________________________________

b) Probirkaga 5-6 tomchi alyuminiyning eruvchan tuzi (alyuminiy sulfat yoki alyuminiy nitrat) eritmasidan solib, ustidan 5-6 tomchi 2 n o‘yuvchi natriy eritmasidan (cho’kma hosil bo’lib, to’liq erib ketguncha) quying. Hosil bo’lgan natriy tetragidroksodiakvoalyuminat eritmasiga 5-6 tomchi suv va bir necha dona ammoniy xlorid kristallaridan solib aralashtiring. Aralashmani qaynaguncha qizdiring, cho’kma hosil bo’lishi hamda gaz ajralib chiqishini (hididan bilasiz yoki lakmus qog’ozi rangining ajralib chiqayotgan gaz eritmasi yordamida o’zgarishi orqali) kuzating. Reaksiya tenglamalarini yozing.

Reaksiya tenglamasi: _____________________________________________

Xulosa: _________________________________________________________
Download 16.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling