2-tajriba. Ishqoriy metallarning suvga ta'siri.
A).Probirka hajmining 3-'4 qismigacha suv qo'yib, unga 2-3 tomchi fenolftalien qo’shing va probirkani shtativga tik holda o’rnating. Kerosin ichida saqlanayotgan natriydan pichoq bilan moshdek olib, filtr qog’oz orasiga olib arting va probirkadagi suvga tashlang. Probirka og'ziga varonka kiydiring, bir necha sekunddan keyin ajralib chiqayotgan gazni yondiring. Probirkadagi suvning rangi o’zgarishini kuzating. Reaksiya tenglamasini yozib, kuzatilgan hodisalarni izohlab bering.
B). Kristallizatorning yarimigacha suv solib, 2-3 tomchi fenolftalien qo'shing. Kaliyning moshdek bo’lagini pichoq bilan kesib olib, filtr qog’ozda tozalab kristallizatordagi suvga tashlang. Kaliy o’ziga xos binafsha alanga berib yonadi, reaksiya tenglamasini yozib, kuzatilgan hodisalarni izohlang.
3-tajriba. Mis metalining olinishi. Boshqa metallar bilan misni tuzlaridan siqib chiqarishi. Chinni kosada 2g mis kuporosining to’yingan eritmasini tayyorlang. Ekvivalent miqdorda rux kukunidan (yoki temir kukuni) tortib oling va kichik-kichik ulushlar bilan aralashtirib turib mis kuporosi eritmasiga soling. Kosachadagi aralashmani (t = 800C) metall eriguncha suv hammomida isiting. So'ngra eritmani to’kib tashlang. Cho'kma - misni oldin suyultirilgan xlorid kislota bilan yuving, so'ng dekantasiya yo’li bilan 2-3 marta suv bilan yuving. Cho'kmani filtr qogozga olib, suv bilan yuving va filtr qogoz orasida quriting. Hosil bo'lgan misning ozrog'ini stakanga, qolganini yaxshi yopiladigan bankaga solib olib qo'ying. Keyingi darsda ularning rangini solishtiring. Reaksiya tenglamasini yozing.
4-tajriba. Xrom (Ill)-oksidning olinishi va xossalari. (tajriba mo’rili shkafda o’tkaziladi).
a) Probirkaga maydalangan ammoniy bixromat tuzidan ozgina soling va uni shtativga qiyaroq qilib o’rnating. Probirkaning og’zi o’zingizdan va boshqa ishlayotganlardan panaroqda tursin. Reaksiya boshlanguncha tuzning yuqori qismini qizdiring. Reaksiya boshlangandan so’ng qizdirishni to’xtating. Kuzatilgan hodisani izohlab bering. Reaksiya tenglamasini yozing.
b) Hosil bo’lgan ko’k rangli xrom (III)-oksid kukuniga suv va suyultirilgan sulfat yoki nitrat kislota ta'sir ettiring. Xrom (III)-oksid suvda va suyultirilgan kislotalarda eriydimi?
Kaliy pirosulfatni chinni tigelga solib, gorelka alangasida suyuqlantiring va unga ozgina xrom (III)-oksid qo’shib batamom erib ketguncha qizdiring. Sovugandan so’ng hosil bo’lgan qotishmani suvda eriting. Bu qotishma ikkita eriydigan tuz-kaliy va xrom sulfatlardan tashkil topganligi sababli u batamom erib ketadi. Reaksiya tenglamasini yozing.
Do'stlaringiz bilan baham: |