Labaratoriya ishi-3-4 d-elementlar. 6- guruh elementlari. Uning birikmalari va xossalarini o’rganish
Download 15.99 Kb.
|
3-4 lab ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tajriba 4
Labaratoriya ishi-3-4 d-elementlar. 6- guruh elementlari. Uning birikmalari va xossalarini o’rganish. Tajriba 1 Xrom oksidining olinishi Chinni tigelga 2-3 g miqdorida ammoniy bixromat (NH4)2Cr2O7 tuzidan solib, ohistalik bilan qizdiring. Ammoniy bixromatning termik parchalanishi natijasida Cr2O3 va erkin azot hosil bo’ladi. Reaksiya tenglamasini yozing. Tajriba 2 Xrom gidroksidining olinishi Probirkaga xrom (III) sulfat eritmasidan quying, ustiga tomchilab ishqor eritmasidan qo’shing. Nima kuzatiladi? Hosil bo’lgan kulrang yashil cho’kmani ikkiga bo’lib, biriga kislota eritmasi va ikkinchisiga esa ishqor eritmasidan mulroq qo’shing. Xrom (III) gidroksidining amfoterligi haqida tushuncha bering. Sodir bo’lgan barcha reaksiyalar tenglamalarini yozing. Tajriba 3 Xrom (III) tuzlarida rang o’zgarishiga haroratning ta’siri. Probirkaga 1 ml xrom sulfat eritmasidan solib, uning rangini yozib quying. So’ngra eritmani plitkada qizdiring. Eritma rangining o’zgarishiga e’tibor bering va rang o’zgarishi haqida tushuntiring. Tajriba 4 Xromat ionining dixromat ioniga aylanishi. bixromat ionining xromat ioniga utishi. a) Probirkaga kaliy xromat eritmasidan ozgina olib, uning ustiga 2 n sulfat kislota eritmasidan quying. Sariq-xromat ionining qizgish sariq dixromat ioniga o’tishini kuzating. Reaksiya tenglamasini yozing. b) Probirkaga kaliy bixromat eritmasidan ozrok solib uning ustiga 2 n uyuvchi natriy eritmasidan ozgina qo’shing, qizgish-sariq dixromat ionining sariq xromat ioniga o’tishini kuzating. Reaksiya tenglamasini yozing. Tajriba 5 Olti valentli xrom birikmalarining oksidlovchi xossalari a) Probirkaga 2 -3 ml kaliy bixromat eritmasidan quyib, ozroq (3-5 tomchi) sulfat kislota hamda 2-3 ml natriy sulfit Na2SO3 eritmasidan qo’shing. Reaksiyada SO3-2 ionlari oksidlanib SO42- ionlariga aylanadi. Elektron tenglamalarini yozing. b) Probirkaga 2-3 ml kaliy bixromat eritmasidan quying, ozroq natriy nitrit eritmasidan qo’shing. Eritmani qizdiring. Eritmaning rangini o’zgarishini kuzating. Reaksiyaning tenglamasini yozing. v) Probirkaga K2Cr2O7 eritmasidan soling va 4-5 tomchi H2SO4 hamda 3-4 ml ammoniy sulfit yoki natriy sulfit eritmasidan soling. Nima kuzatiladi? Reaksiya tenglamasini yozing. Download 15.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling