Metallar va metalmaslar. Metallarning fizik xossalari. Metallarning kimyoviy xossalari. Metallarning olinishi bo’yicha eksperementlar o’tkazish


Download 141.03 Kb.
bet14/38
Sana17.06.2023
Hajmi141.03 Kb.
#1545314
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   38
Bog'liq
Experiment shp777

Ishning bajarilishi:
Kolbaga tekshiriladigan suvdan 100 ml solinadi. Uning ustiga 5 ml bufer eritma (ammiakli aralashma) va 5-7 tomchi indikator (qora yoki ko‘k xromogen) tomiziladi. So‘ngra darhol trilon B eritmasi bilan aralashtirilib turilgan holda titrlanadi. Titrlash qizil binafsha rang hosil bo‘lguncha ya’ni ekvivalent nuqtasigacha davom ettiriladi. Agar titrlashga 10 ml dan ko‘p trilon B sarflansa, olingan suvda Ca2+ va Mg2+ ionlarining birgalikdagi miqdori 5 mol/l dan ortiq ekanligini ko‘rsatadi. U holda tekshiriladigan suvdan kamgina olib uni ustiga 100 ml distillangan suv quyib boshqadan titrlanadi.
Suvning tarkibida mis, rux, marganes ionlari hamda ko‘p miqdorda karbonatli va gidrokarbonatli tuzlar bo‘lsa umumiy qattiqlikini aniqlashga halaqit beradi. Agar titrlangan ekvivalent nuqtada rangning o‘zgarishi aniq ravshan bo‘lmasa bu suv tarkibida rux va mis ionlari borligidan dalolat beradi. Ularni yo‘qotish uchun tekshiriladigan suvga 1-2 ml Na2S eritmasidan qo‘shib yuqorida aytilganidek titrlanadi. Agar tekshiriladigan suvga bufer eritma va indikator qo‘shilgan eritma sekinlik bilan rangsizlanib kulrang holatga o‘tsa, suvda marganes ioni bor bo‘ladi. U xolda tekshiriladigan suvga avval 5 tomchi gidroksilaminxlorid eritmasidan tomiziladi va so‘ngra reaktivlar qo‘shib yuqorida aytilganidek titrlanadi. Agar titrlash qiyin bo‘lsa, cho‘zilib ketsa, ekvivalent nuqtada aniq rang hosil bo‘lmasa, rang beqaror, tez o‘zgaruvchan bo‘lsa, bu holat tekshiriladigan suvning ishqoriylik darajasining yuqoriligini ko‘rsatadi. Ishqoriylikni yo‘qotish uchun tekshiriladigan suvga 0,1 mol/l konsentrasiyali xlorid kislota eritmasidan ozgina qo‘shiladi, so‘ngra eritmaga 5 minut mobaynida havo puflab turiladi. SHundan so‘ng bufer eritma va indikator qo‘shib turiladi
2.4 Qiziqarli kimyoga doir kimyoviy eksperementlar o’tkazish. 5-tajriba. Nitrat kislotaning metallarga ta’siri. a) Ikkita probirka olib, ularning biriga ikki dona rux bo`lakchasidan, ikkinchisiga esa 4 dona qalay parchasidan soling. Har ikki probirkadagi metallar ustiga nitrat kislotaning konsentrlangan eritmasidan 2 ml dan quying. Reaksiya natijasida ajralib chiqayotgan gazning rangiga e’tibor bering. Reaksiya tenglamasini yozganda Zn(NO3)2 va H2SnO3 ning hosil bo`lishini nazarda tuting.


Download 141.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling