Metallar va metalmaslar. Metallarning fizik xossalari. Metallarning kimyoviy xossalari. Metallarning olinishi bo’yicha eksperementlar o’tkazish


Eritmadagi erigan moddalarning massa ulushini aniqlash. Foizli konsentratsiyaga doir eksperementlar o’tkazish


Download 141.03 Kb.
bet22/38
Sana17.06.2023
Hajmi141.03 Kb.
#1545314
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   38
Bog'liq
Experiment shp777

3.3 Eritmadagi erigan moddalarning massa ulushini aniqlash. Foizli konsentratsiyaga doir eksperementlar o’tkazish. H2SO4 eritmalarining zichlik jadvali bo‘yicha kislotaning dastlabki eritmasini protsent tarkibini toping. Agar jadvaldagi berilganlar ariometr ko‘rsatkichlari bilan aniq to‘g’ri kelmasa, u holda konsentratsiyani interpolyasiya usuli bilan aniqlang.
Aytaylik ariometr yordamida eritmaning zichligi 1,325 ga tengligi topilgan. Jadvalda 41,50 va 42,66 konsentratsiyalarga mos keladigan 1,320 va 1,330 zichliklar ko‘rsatilgan. Xususan konsentratsiyaning 1,16 ga o‘zgarishga zichlikning 1,330-1,320=0,010 ga mos keladi. Bizning eritma zichlik bo‘yicha 1,320 dan 0,005 ga teng kattalikda (1,325-1,320) farq qiladi.
Zichlik va protsent orasida, qisqa intervalda zichlikni konsentratsiyaga bog’liqligini to‘g’ri chiziqlik deb hisoblash mumkin.
0,010--------------1,16
0,005---------------x x=0,58
Xususan, dastlabki eritma 41,50+0,58=42,08% sulpfat kislota bo‘lgan.
Endi berilgan konsentratsiyadagi eritmani tayyorlash uchun qancha konsentratsiyadagi eritmani tayyorlash uchun qancha konsentratsiyalangan N2SO4 eritmasi va suv zarur bo‘lishini topamiz.
Hisoblash namunasi: 90,05% li sulpfat kislotadan 160 ml 12%-li sulpfat kislota kislota eritmasini tayyorlash talab qilinadi.
H2SO4 ning 12% li eritmasining zichligi jadvalda ko‘rsatilgan (jadvalga qarang). 11,60 va 12,99% konsentratsiya-larga mos keladi. Intergolyasiya usuli (metodi) bilan 12 % li eritmaning zichligini topamiz
1,39--------------0,01
0,4%---------------x x=0,003
shunday qilib (bu holda), zichlik 1,083 g/sm3 ga teng bo‘ladi. So‘ngra H2SO4 ning 12 % li eritmasining massasini hisoblaymiz.
m=150·1,083=162,45 g
162,45 g eritmada 162,45·0,12=19,49 g sulpfat kislota bor. Keyin N2SO4 ning konsentrlangan eritmasining miqdorini hisoblaymiz.
100 g eritmada 90,50 g H2SO4 bo‘lsa
x g eritmada 19,49 g H2SO4 bo‘lsa x=21,65 g
Jadvaldan H2SO4 ning 90,05% li eritmasining zichligi topilib, hajm hisoblanadi:
Eritma tayyorlash uchun zarur bo‘lgan suvning miqdori 160-11,9=138,1 ml H2O ga teng. demak sulpfat kislotaning 150 ml 12 ml eritmasining tayyorlash uchun H2SO4 ning 11,9 ml 90,05% li eritmasi olish kerak va unga 138,1 ml suv quyish kerak.
QATTIQ MODDA VA SUVDAN ERITMA TAYYORLASH. O‘qituvchidan individual tposhiriq oling: masalan, 150 ml MgSO4·7N2O ning 5 % li eritmasini tayyorlash. Tuproqqa mvofiq qattiq tuzning miqdorini hisoblang, tuz suvning 7 molekulasi bilan kristallanishini htsobga olgan holda MgSO4·7H2O tuzining hisoblangan miqdornii tortib oling va 75 ml suvda aralashtirib eriting. Tuzning erishidan keyin olingan (hosil qilingan) eritmani slindrga quying, umumiy hajmi 150 ml ga etguncha suv quying va eritmani aralashtiring. Eritmaning nisbiy zichligini aniqlang va topilgan qiymat bilan ma’lumotnomada berilganlari o‘rtasidagi farqning kattaligini aniqlang. Hisoblash namunasi: kristall soda Na2SO3·10H2O va suvdan 150 ml 8 % li eritmasini tayyorlang.
Ma’lumotnoma berilganlari bo‘yicha natriy karbonatning 8 % li eritmasining zichligi 1,082 ga teng. demak, eritmasining massasi 150·1,082=162,3 g teng. 162,3 g 8 % li eritmada Na2SO3 ning miqdori 162,3·0,08=12,98 g ga teng.
8 % li eritma uchun zarur bo‘lgan Na2SO3·10H2O miqdorini hisoblang.
Suvning miqdori 162,3-35,02=127,28 g (127,3 ml)ni tashkil etadi


Download 141.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling