Tuzlarning eruvchanligiga temperaturaning ta`siri Ishdan maqsad: Tuzlarning eruvchanligiga temperaturaning ta`sirini o’rganish.
Kerakli jixozlar: probirka, NaNo3, NaCl, Ca(CH3COO)2
Tayanch iboralari: to`yingan eritma, to`yinmagan eritma, o`ta to`yingan eritma.
Nazariy qism: Temperaturaning ortishi bilan modda eruvchanligining har xil o`zgarishidan, ko`pincha amalda, aralash uzlarni bir biridan ajratishda, shuningdek, iflis moddalarni qayta kristallash yo`li bilan tozalashda foydalaniladi. Agar tempertura oshishi bilan eruvchanlik ortsa, u xolda to`yingan eritma sovitilganda, erigan moddalarning kristallari ajralib chiqadi. Kristallar ajralib olingandan keyin qolgan va tarkibida qo`shimchalari bo`lgan to`yingan eritma bosh eritma deyiladi. Tempertura sekin pasaytirilganda tarkibiga bish eritma kirgan yirik kristallar xosil bo`ladi. Bir oz boshqa aralashmali bo`lgan bosh eritmani kristallarga birikishi bilan ular yiriklashadi. Agar eritma tez sovitilsa, qo`shimchalardan xoli, toza va mayday kristallar xosil bo`ladi.
5.2 Qiziqarli kimyoga doir kimyoviy eksperementlar o’tkazish. . 5-tajriba. Nitrat kislotaning metallarga ta’siri. a) Ikkita probirka olib, ularning biriga ikki dona rux bo`lakchasidan, ikkinchisiga esa 4 dona qalay parchasidan soling. Har ikki probirkadagi metallar ustiga nitrat kislotaning konsentrlangan eritmasidan 2 ml dan quying. Reaksiya natijasida ajralib chiqayotgan gazning rangiga e’tibor bering. Reaksiya tenglamasini yozganda Zn(NO3)2 va H2SnO3 ning hosil bo`lishini nazarda tuting.
6-tajriba. Sulfat kislotaning qiyin eruvchan tuzlari. Uchta probirka olib, ularning har biriga 1 ml dan sulfat kislotaning suyultirilgan eritmasidan , ikkinchi probirkaga qo`rg`oshin nitrat tuzi eritmasidan va uchinchi probirkaga stronsiy nitrat eritmasidan 1 ml qo`ying. Cho`kmalarning hosil bo`lishini kuzating. Cho`kmalarni suvda juda yomon erishiga e’tibor qiling. Reaksiyaning molekulyar va ionli tenglamalarini yozing.
Do'stlaringiz bilan baham: |